Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-06-13 09:03:01 O‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashda ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi?

Hukumat qarori(20.06.2017 №393)ga ko‘ra quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:

kechki (smenali) ta’limdan sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga hamda kechki (smenali) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.2K viewsedited  06:03
Ochish/sharhlash
2023-06-13 08:30:35 ​​ NODAVLAT (XUSUSIY) OLIYGOHLAR BO‘YICHA BATAFSIL

Litsenziyaga ega nodavlat oliygohlar 84 taga yetdi

HEMIS dasturiga kiritilgan nodavlat oliygoh talabalariga diplom berilmaydi

Hemis dasturi asosida faoliyat olib borayotgan nodavlat oliygohlar ro'yxati

Litsenziyaga ega bo'lmagan nodavlat oliygohlaridan xushyor bo'ling!

Nodavlat oliygohi o'z talabasining "perevod" qilishiga qarshilik qilishi mumkinmi?

Nodavlat oliygohlar diplomi tan olinmaydimi?

Nodavlat oliygohi keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi o'zgarmoqda

Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish vaqtincha to'xtatildi

Nodavlat oliygohlar uchun tekshiruv boshlandi

Andijonda yangi nodavlat oliygohi ochilishi kutilmoqda

Ayrim davlat oliygohlari xususiylashtirilmoqda

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
5.5K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-06-12 21:27:19 Talaba xotin-qizlar uchun soliq imtiyozi kengaytiriladi – prezident

Endilikda istalgan fuqaro OTMda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab bersa, buning uchun daromad solig‘idan ozod etiladi. Ya’ni bu imtiyoz faqat talabaning ota-onasi yoki eriga nisbatan qo‘llanishi haqidagi qoida bekor qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qat’i nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Hozirda bu imtiyoz faqat farzandi va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlargagina taalluqli.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.9K viewsedited  18:27
Ochish/sharhlash
2023-06-12 14:38:01 #TOP1000

Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlar roʻyxati

Ushbu ro'yxat 2022-yil uchun hisoblanib, har yili dunyo reytingida o'zgarishlar bo'lib turadi.

TOP-1000 talik oliygohni bitirgan talabalarning diplomlari O'zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.7K views11:38
Ochish/sharhlash
2023-06-12 14:06:32
"OSIYO XALQARO UNIVERSITETI”da yangi o’quv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavr bosqichidagi yo‘nalishlar:

• Davolash ishi
• Farmatsevtika
• Stomatologiya
• Iqtisodiyot
• Moliya va Moliya Texnologiyalari
• Tarix
• Jismoniy madaniyat
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar
• Konchilik ishi
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
• Pedagogika va psixologiya
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti

Magistratura yo‘nalishlari:
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Boshlang’ich ta’lim

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

Batafsil ma'lumot: +998-55-305-00-09

Ro’yxatdan o’tish uchun: https://qabul.oxu.uz/

Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram - @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74-uy (Mo’ljal: Avtovokzal, Xo’jalik sudi to’g’risida)
9.6K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-06-12 10:17:31
Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin

Abituriyentlar test natijalari maʼlum bo‘lganidan so‘ng yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda yangi o‘quv yiliga oid o‘zgarishlarga bag‘ishlangan suhbatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov maʼlum qildi.

Keyingi o‘quv yillaridan abituriyentlarga hujjat topshirayotganda emas, imtihonga kirib, test natijalari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri mazkur tartib ustida ish boshlanganini aytdi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.6K views07:17
Ochish/sharhlash
2023-06-12 10:01:37
Abuturentlar va perevodchilar diqqatiga! — 2023-2024-o'quv yili uchun QABUL BOSHLANDI!!!

BIZ BILAN BIRGALIKDA TALABA BO'LING!

Ta’lim yo’nalishlari:
Pedagogika va Psixologiya
Filologiya va tillarni o’qitish ( o'zbek, ingliz, rus, koreys)
Biologiya
Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)
Moliya
Soliq va soliqqa tortish
IT va sun'iy intellekt
Tarix
Turizm
Jismoniy yo‘nalishlar
Defektologiya
Falsafa
Xalqaro munosabatlar
Milliy g'oya va Huquq ta'limi
Arxitektura va dizayn
Bug'alteriya hisobi
Bank ishi va audit
Matematika va informatika
Geodeziya va kadastr
Neft va gaz
Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
Elektr energetikasi (tarmoqlar  bo‘yicha)

Tibbiyot yo'nalishlari:
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya
Pediatriya

2-kurs va 3-kursga o’qishni ko’chirish imkoniyati ham mavjud

Onlayn hujjat topshirish:
@Qabulbulim

Batafsil ma’lumot uchun:
77-006-32-37
94-665-05-33
8.8K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:55:02
Rasman: 2023-yilda texnikumni bitirganlar oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida 2-kursdan qabul qilinadi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

Asos: Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko'ra, o‘tgan yildan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Yuqoridagi ikkala hujjat ham hozir kuchida turibdi, bekor bo‘lgani yo‘q.

Ammo, bu tartib texnikumni bitirgan hammaga tegishli emas!

Barcha semestr baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.4K viewsedited  16:55
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:31:18 Мазкур июнь ойида педагогларнинг отпускнойлари тушиши кутилмоқда

Хабарингиз бор, шу ойда ўқитувчиларнинг отпускной пуллари чиқишни бошлайди! Эндиликда, хар бир ўқитувчи қанча пул олишини олдиндан ҳисоблаб кўриши мумкин.

Бунинг учун сиз @Oylik_hisobchibot га кириб, Меҳнат таътили бўлимини танлайсиз ва ҳисоблаб кўрасиз.

Отпускнойингизни ҳисоблаб кўриши учун босинг
@Oylik_hisobchibot
6.4K views16:31
Ochish/sharhlash
2023-06-10 19:57:35
OVOZLI CHAT

O'qishni ko'chirish masalasida ovozli chat!

Ertaga ya'ni 11-iyun soat 20:30da "@Nodavlattalim" telegram kanalida (@Talimgaoid_perevod) kanalimiz bilan hamkorlikda o'qishni ko'chirish hamda nodavlat oliygohlar faoliyati bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tadi.

Ovozli chatda:

O'qishni ko'chirishga doir yangiliklar;
Ichki va tashqi "perevod";
Nodavlat oliygohlar faoliyati;
Nodavlat oliygohlarda o'qishni ko'chirish tartibi;
va boshqa masalalar haqida suhbatlashiladi.

Ishtirokchilar:
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Ta'limga oid (perevod)

Ovozli chatda qatnashish uchun havola:
https://t.me/nodavlattalim?livestream

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.4K views16:57
Ochish/sharhlash