Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-07-15 14:18:44
"Perevod" arizasini yozishda ayrim xususiy oliygohlar chiqmayapti?

Xabaringiz bor bugundan xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishni ko'chirish uchun ariza topshirish boshlandi.

Biroq Respublikasida faoliyat yuritayotgan ayrim nodavlat oliygohlar saytda chiqmayapti.

Litsenziyaga ega nodavlat oliygohlar 80 dan ortiq bo'lsa ham saytda 55 ta nodavlat (xususiy) oliygoh shakllangan.

Demak, yo vazirlik nodavlat oliygohlar sonini aniq bilmaydi, yoki sayt doimgidek kamchiliklarga to'la!

Saytda chiqmayotgan oliygohda tahsil olayotgan talabalarga kamchilik bartaraf etilgunga qadar shoshmay turishlarini tavsiya qilamiz.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.8K viewsedited  11:18
Ochish/sharhlash
2023-07-15 11:16:16
Oʻqishini koʻchirish bo'yicha vazirlik rasmoy bayonoti

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.6K views08:16
Ochish/sharhlash
2023-07-15 10:07:36
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan);
O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan;

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlar uchun bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirish mumkin.

Izoh: O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
7.4K views07:07
Ochish/sharhlash
2023-07-15 06:27:08 Rasman: "perevod" uchun arizalar qabuli boshlandilekin sayt ishlamayapti

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz

Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
Xorijda o‘qiyotgan talaba;
Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
7.6K views03:27
Ochish/sharhlash
2023-07-05 09:36:02 Abituriyentlar uchun xushxabar! — 5 yillik staj ayrim yo'nalishlar uchun bekor qilindi

Pedagogika;
Maktabgacha taʼlim;
Tarix;
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqisiga hujjat topshirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etilmaydi.

5 yillik staj talab etiladigan yo’nalishlarning aniq ro’yxati:

boshlang‘ich ta’lim;
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
musiqa ta’limi;
jismoniy madaniyat;
texnologik ta’lim.

Ushbu tartib Respublikasida faoliyat yuritayotgan litsenziyaga ega barcha nodavlat oliygohlar uchun ham amal qiladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
4.2K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-07-05 09:15:58
#engyaxshisibizda
Xorij davlatida o’qiyotgan barcha  talabalar diqqatiga

Davlat yoki nodavlat Oliy ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirish (perevod) istagida bo’lgan talabalar uchun:

"FUTURE STARS JAMOASI"
Sizga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi;

Transcript hujjatlarini yetkazib berish yoki yangilab berish
Aloqa xati olgan talabalarga aloqa xatida ko’rsatilgan  (6ta ) hujjatlarni to’liq shaklda yetkazish.
2019-2023 o’qib akademik ta'til olgan talabalarga transcript hujjatlarini yetkazib berish
Barcha xizmatlar 2 tomonlama shartnoma va ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.

2-3 kurs talabalari ham o’qishni ko’chirishlari (perevod) mumkin.

Batafsil ma'lumotlar uchun:

+998973009903 Yozish
. +998883009903 Yozish

Telegram
| @Futurestars_company
4.4K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-07-04 12:46:27 Bakalavriat ta‘lim bosqichi uchun qabul kvotalari (ta’lim shakllari kesimida)

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (yuklab olish);

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (yuklab olish);

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (yuklab olish);

Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (yuklab olish);

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.3K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:53:35 #Qabul_2023

Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.3K views08:53
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:39:32
#Qabul_2023

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Alohida iqtidor talab etiladigan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.6K views08:39
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:33:07
Rasman: Nodavlat oliygohlar uchun 1000 ta davlat granti ajratildi

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
4.7K views08:33
Ochish/sharhlash