Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-08 12:37:07
Bakalavriatga qabul qilish tartibida o'zgarishlar bo'lmoqda

Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:

davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);

oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;

davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.6K viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:22:21 Minimal kirish ballari oshiriladi.

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).

75.6 balldan kam ball olgan abituriyent kvota to'lmasa ham o'qishga tavsiya etilmagan hisoblanadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.0K viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash
2024-05-07 07:55:01
Toshkent texnologiyalar universiteti sud ishi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Sud hujjatlariga ko'ra, TTU taftish tartibidagi shikoyatini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazish rad etilgan.

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6p2Ht0NvxW/?igsh=MXBmazhqbzd5cHZ2ZA==

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.4K views04:55
Ochish/sharhlash
2024-05-05 15:03:07 Endi o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin.

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6le0x8Mt7q/?igsh=MWd6cDZzZzE0djRqdw==

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.2K views12:03
Ochish/sharhlash
2024-05-04 19:38:52
5 yil mehnat staji bor oʻrta maxsus darajadagi ayol-qizlarimiz diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.

Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.7K views16:38
Ochish/sharhlash
2024-05-02 15:39:38
Qirg‘izistonda yuk mashinasi 29 nafar bolani urib ketdi

Qirgʻizistondagi bayram vaqtida tepalikda turgan yuk mashinasi harakatlanib ketib 29 nafar maktab oʻquvchisini bosib ketgan. Ommaviy tadbirda jarohatlangan 18 nafar bola shifoxonada.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.7K viewsedited  12:39
Ochish/sharhlash
2024-04-30 09:55:20 "Davolash ishi" yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ushbu yoʻnalish kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili boʻyicha 15 ta oliygoh mavjud.

1. Andijon davlat tibbiyot instituti
Grant - 169.10 ball | Kontrakt - 153.10 ball

2. Buxoro davlat tibbiyot instituti
Grant - 167.30 ball | Kontrakt - 146.60 ball

3. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Grant - 167.50 ball | Kontrakt - 147.50 ball

4. Guliston davlat universiteti
Grant - 153.80 ball | Kontrakt - 140.30 ball

5. Jizzax davlat pedagogika instituti
Grant - 161.20 ball | Kontrakt - 146.40 ball

6. Namangan davlat universiteti
Grant - 164.90 ball | Kontrakt - 145.70 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
Grant - 154.00 ball | Kontrakt - 142.40 ball

8. Qarshi davlat universiteti
Grant - 163.70 | Kontrakt - 141.90 ball

9. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
Grant - 151.10 ball | Kontrakt - 138.80 ball

10. Toshkent davlat stomatologiya instituti
Grant - 172.10 ball | Kontrakt - 154.10 ball

11. Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti
Grant - 175.40 ball | Kontrakt - 159.10 ball

12. Toshken tibbiyot akademiyasi
Grant - 180.50 ball | Kontrakt - 161.30 ball

13. Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Grant - 157.10 ball | Kontrakt - 143.50 ball

14. Toshken tibbiyot akademiyasi Urgancha filiali
Grant - 162.10 ball | Kontrakt - 139.10 ball

15. Samarqand davlat tibbiyot instituti
Grant - 169.50 ball | Kontrakt - 156.70 ball

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
14.1K views06:55
Ochish/sharhlash
2024-04-21 12:02:33
Hozirgi kunda bakalavr diplomiga ega yosh kadr uchun qancha maosh to'lashadi?

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.5K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2024-04-18 19:19:14 "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ushbu yoʻnalish kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili boʻyicha 19 ta oliygoh mavjud.

1. Andijon davlat pedagogika instituti
Grant - 138.60 ball | Kontrakt - 108.00 ball

2. Buxoro davlat pedagogika instituti
Grant - 140.60 ball | Kontrakt - 120.50 ball

3. Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Grant - 148.00 ball | Kontrakt - 111.30 ball

4. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Grant - 124.70 ball | Kontrakt - 108.20 ball

5. Farg‘ona davlat universiteti
Grant - 146.90 ball | Kontrakt - 114.40 ball

6. Guliston davlat pedagogika instituti
Grant - 131.30 ball | Kontrakt - 111.20 ball

7. Jizzax davlat pedagogika universiteti
Grant - 136.40 ball | Kontrakt - 114.70 ball

8. Namangan davlat pedagogika instituti
Grant - 134.30 | Kontrakt -108.40 ball

9. Navoiy davlat pedagogika instituti
Grant - 139.30 ball | Kontrakt - 114.80 ball

10. Nukus davlat pedagogika instituti
Grant - 129.10 ball | Kontrakt - 106.10 ball

11. Qarshi davlat universiteti
Grant - 126.00 ball | Kontrakt - 110.20 ball

12. Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Grant - 137.30 ball | Kontrakt - 113.30 ball

13. Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali
Grant - 140.60 ball | Kontrakt - 115.40 ball

14. Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
Grant - 150.00 ball | Kontrakt - 126.20 ball

15. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Grant - 130.00 ball | Kontrakt - 111.30 ball

16. Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Grant - 139.80 ball | Kontrakt - 109.20 ball

17. Termiz davlat pedagogika instituti
Grant - 126.00 ball | Kontrakt - 110.20 ball

18. Toshkent davlat pedagogika universiteti
Grant - 153.50 ball | Kontrakt - 124.90 ball

19. Urganch davlat pedagogika instituti
Grant - 143.00 ball | Kontrakt - 123.40 ball

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjabobbot orqali bilishingiz mumkin!

Maktabgacha ta'lim o'tish ballari: https://t.me/nodavlattalim/1222

Safimizga qo'shiling
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
10.3K views16:19
Ochish/sharhlash
2023-09-08 10:52:17
#to‘lov_kontrakt

Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:

@Talim_Live
12.8K views07:52
Ochish/sharhlash