Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-06-06 15:21:12 Namanganda talaba yigit daryoda cho‘kib ketgani aytilmoqda Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi Norin daryosiga cho‘milishga kelib, cho‘kib ketgani aytilmoqda. Hozirda FVV yigitni suvdan qidirishmoqda. Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar: …
8.4K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-06-06 13:36:12 Namanganda talaba yigit daryoda cho‘kib ketgani aytilmoqda

Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi Norin daryosiga cho‘milishga kelib, cho‘kib ketgani aytilmoqda. Hozirda FVV yigitni suvdan qidirishmoqda.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.6K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2023-06-06 08:30:31
#Qabul_2023

SAVOL: Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (“zaochniy”)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritsangiz?

JAVOB: yo‘q, bu noto‘g‘ri talqin.
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (RO‘YXAT). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.

Asos: https://lex.uz/uz/docs/-6079561

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.2K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-06-05 18:10:52
#Qabul_2023

Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkin?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, -sini kunduzgi, -sini kechki, -sini sirtqi, -masofaviy.

Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.4K views15:10
Ochish/sharhlash
2023-06-05 17:54:42
Kimda shunaqasi bo‘lgan

@Talim_Live
5.5K views14:54
Ochish/sharhlash
2023-06-03 21:31:01 ​​ Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 660.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"
nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (660.000 so'mni) tashkil etadi.

Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
11.3K views18:31
Ochish/sharhlash
2023-06-03 12:55:09 #Qabul_2023

Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.6K viewsedited  09:55
Ochish/sharhlash
2023-06-03 09:16:01 ​​​​ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha baholash mezonlari bu yil qanday bo'ladi?

O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 20-25-avgust oralig'ida bo‘lib o‘tadi.

2023-yilda baholash mezoni quydagicha bo'ladi:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2023/2024 oʻquv yilida o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar uchun 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

— Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi.
Batafsil ma'lumot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
7.5K views06:16
Ochish/sharhlash
2023-06-03 09:01:32
Abuturentlar va perevodchilar diqqatiga! — 2023-2024-o'quv yili uchun QABUL BOSHLANDI!!!

BIZ BILAN BIRGALIKDA TALABA BO'LING!

Ta’lim yo’nalishlari:
Pedagogika va Psixologiya
Filologiya va tillarni o’qitish ( o'zbek, ingliz, rus, koreys)
Biologiya
Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)
Moliya
Soliq va soliqqa tortish
IT va sun'iy intellekt
Tarix
Turizm
Jismoniy yo‘nalishlar
Defektologiya
Falsafa
Xalqaro munosabatlar
Milliy g'oya va Huquq ta'limi
Arxitektura va dizayn
Bug'alteriya hisobi
Bank ishi va audit
Matematika va informatika
Geodeziya va kadastr
Neft va gaz
Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
Elektr energetikasi (tarmoqlar  bo‘yicha)

Tibbiyot yo'nalishlari:
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya
Pediatriya

2-kurs va 3-kursga o’qishni ko’chirish imkoniyati ham mavjud

Onlayn hujjat topshirish:
@qabulcenteri

Batafsil ma’lumot uchun:
94-665-05-33
95-260-60-03
7.5K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-06-02 13:48:23 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
va qayta tiklangan talabalar uchun

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.6K viewsedited  10:48
Ochish/sharhlash