Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: 'perevod' uchun arizalar qabuli boshlandi – lekin sayt | Ta'lim Live

Rasman: "perevod" uchun arizalar qabuli boshlandilekin sayt ishlamayapti

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz

Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
Xorijda o‘qiyotgan talaba;
Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal