Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-11-17 17:58:01 SUPER O'YIN efir boshlandi, Instagramga o'tvolamiz!

INSTAGRAM sahifaga ulanish
15.1K views14:58
Ochish/sharhlash
2023-11-17 15:13:51
1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

Joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilmoqda, yaʼni:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming soʻm;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming soʻm;
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming soʻm;
bazaviy hisoblash miqdori 3% miqdorda (7% emas!) oʻzgarib, 340 ming soʻm etib belgilanmoqda.

Endi asosiy joyini aytadigan boʻlsam, bilasiz kontrakt summalari BHMga bogʻlangan. BHM oshdi degani bu katta ehtimol bilan kontrakt summalari ham oshadi degani. Lekin yakuniy qarorni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aytadi.

Aytgancha, narx-navo, kontrakt oshadigan boʻlsa, oʻylaymanki, stipendiyalar ham oshirilishi kerak. Har yili kontrakt, pensiya miqdorlari oshadi, stipendiya esa oʻzgarmaydi. Buni ham bir oʻylab koʻrish kerak menimcha...

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
20.1K views12:13
Ochish/sharhlash
2023-11-16 08:23:03
So'rovnoma: Oliy ta’limdagi mutaxassislar eski zamon uslubidan chiqa olishmayapti

Oliy ta’limdagi darslar sifati talabga javob beradimi?
Talabalar oliy ta’limdagi darslar sifatiga 5 balldan necha ball beradi?

Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Siz bu savollarga qanday javob bergan bo'lardingiz?


TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
20.5K viewsedited  05:23
Ochish/sharhlash
2023-11-15 16:41:29
Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Davlat bayrog‘i va konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy yugurish musobaqalari sabab quyidagi vaqtlarda ayrim ko‘chalar yopiladi.

2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:
Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;

2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:
Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
25.8K views13:41
Ochish/sharhlash
2023-11-15 15:32:48 Bugun ham Instagram sahifamizda jonli efirda soat 19:00 da, sovg'alar uchun ID raqam olgan ishtirokchilar ichidan eng omadli 12 nafarini random tizimi orqali tanlab olamiz va g'olib deb e'lon qilamiz.

Instagramdagi jonli efirni o'tkazib yubormaslik uchun pastdagi havolani bosib, obuna bo'lishni unutmang.

INSTAGRAM sahifaga ulanish

Aytgancha, @talabatanlov kanaliga kirib yutganlar haqida ma'lumot va sovg'alar haqiqatda berilayotgani isbotlarini ko'rib borishingiz mumkin.
16.5K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-11-15 14:26:10
Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qaror loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish;

Xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish;

universitetni 2025-yilgacha xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining Good health and well-being yo‘nalishi bo‘yicha birinchi 200 talikdagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;

Universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari universitet kengashining taqdimnomasiga ko‘ra sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
17.1K views11:26
Ochish/sharhlash
2023-11-15 07:20:05
Qo‘shni Qozog‘istonda talabalar qancha stipendiya oladi?

Qozog‘istonda shu o‘quv yili uchun:

oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun — 41.898 tenge (1 mln 108 ming so‘m);
texnik va kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari uchun — 32.681 tenge (864 ming so‘m);
magistratura talabalari uchun — 94.024 tenge (2 mln 486 ming so‘m) stipendiya belgilangan.

Qozog'istonda talabalar biz bilan solishtirganda ancha boy.

O'zbekistonda stipendiya miqdori

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
18.6K views04:20
Ochish/sharhlash
2023-11-15 06:38:37
SOVRIN JAMG'ARMASI 18 MILLION BO'LGAN "ROBOFEST 2023" MUSOBAQASI

Hurmatli O'zbekistonlik robototexnika ishqibozlari! Sizlarni 1-dekabr kuni go'zal Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan Respublika robototexnika tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu noyob tadbir bo'lib, unda siz o'z mahoratingizni namoyish qilishingiz va uchta qiziqarli toifada raqobatlashishingiz mumkin:

Musobaqa toifalari:
1) Estafeta
2) MiniSumo 10x10
3) Roborace

G'oliblarga pul mukofotlari (har bir toifa uchun):
1-o'rin – 3.000.000 so'm;
2-o'rin – 2.000.000 so'm;
3-o'rin – 1.000.000 so'm.

Ishtirok etish O‘zbekistonning barcha hududlari uchun ochiq. Ushbu musoboqada 9-yoshdan 20-yoshgacha bo‘lgan barcha qatnashishi mumkin.

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish

Tanlov nizomini yuklab olish

Qoʻshimcha maʼlumot: +998934730331

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
17.3K viewsedited  03:38
Ochish/sharhlash
2023-11-14 16:53:52
Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi:

9 x 1 = 09 9 x 6 = 54
9 x 2 = 18 9 x 7 = 63
9 x 3 = 27 9 x 8 = 72
9 x 4 = 36 9 x 9 = 81
9 x 5 = 45 9 x 10 = 91

Toʻsatdan zalda tartibsizlik paydo boʻldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani notoʻgʻri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha oʻquvchilari uni masxara qilishdi.

Eynshteyn hamma jim boʻlishini kutdi va shunday dedi: Toʻqqizta savolni toʻgʻri tahlil qilgan boʻlsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni notoʻgʻri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli boʻlsa ham, odamlar koʻziga uning eng kichik xatosi koʻrinadi va koʻpchilik bundan «zavqlanadi».

Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam – hech narsa qilmaydigan odamdir.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
24.9K views13:53
Ochish/sharhlash
2023-11-14 16:40:12 20 daqiqada jonli efirni boshlaymiz!

INSTAGRAM sahifaga ulanish

TELEGRAM sahifaga ulanish

Telegramda ham jonli efir qilishga qaror qildik, faqat Instagramdagi efirni ulab qo'yamiz.
18.9K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash