Get Mystery Box with random crypto!

1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiril | Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

Joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilmoqda, yaʼni:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming soʻm;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming soʻm;
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming soʻm;
bazaviy hisoblash miqdori 3% miqdorda (7% emas!) oʻzgarib, 340 ming soʻm etib belgilanmoqda.

Endi asosiy joyini aytadigan boʻlsam, bilasiz kontrakt summalari BHMga bogʻlangan. BHM oshdi degani bu katta ehtimol bilan kontrakt summalari ham oshadi degani. Lekin yakuniy qarorni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aytadi.

Aytgancha, narx-navo, kontrakt oshadigan boʻlsa, oʻylaymanki, stipendiyalar ham oshirilishi kerak. Har yili kontrakt, pensiya miqdorlari oshadi, stipendiya esa oʻzgarmaydi. Buni ham bir oʻylab koʻrish kerak menimcha...

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling