Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot univers | Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qaror loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish;

Xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish;

universitetni 2025-yilgacha xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining Good health and well-being yo‘nalishi bo‘yicha birinchi 200 talikdagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;

Universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari universitet kengashining taqdimnomasiga ko‘ra sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling