Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-11-10 14:14:07 Afsuski vakillarimiz Jahon chempionatini 3:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlashdi.

Keyingi raqib Kanada bilan o‘yin 13-noyabr kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
17.6K views11:14
Ochish/sharhlash
2023-11-10 12:10:33
Indoneziyada futbol bo'yicha U-17 o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati start oldi!

Ushbu turnida 24 jamoa 6 guruhga bo'lingan holda o'zaro 3 o'yin o'tkazadi. Guruhdan 1-2 o'rinlar to'g'ridan-to'g'ri pley-offga yo'l olsa, 6 guruhdan 4 ta eng yaxshi 3-o'rin egalari ham guruhdan chiqadi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ushbu turnirda B guruhida Ispaniya, Kanada va Mali terma jamoalari bilan birgalikda o'rin egallagan. Ayni damda jamoamiz Mali U-17 jamoasi bilan bahs olib bormoqda!

U-17 Jahon Chempionati | 1-tur
Mali U-17 0:0 O'zbekiston U-17

Ushbu o'yin TV orqali translyatsiya qilinmaydi. Shu sababli o'yinni kanalimiz orqali jonli efirga tomosha qilishingiz mumkin.

Jonli efirga ulanish

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
15.7K views09:10
Ochish/sharhlash
2023-11-09 12:51:20
Respublikamizdagi 14 ta OTM Osiyoning eng kuchli TOP-1000 talik universitetlar qatoridan joy oldi!

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududidan 14 ta oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talikdagi Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25 ta davlatdan 856 ta (148 ta ilk marta) oliygoh ishtirok etdi.

Qaysi oliygoh nechanchi o‘rindaligini yuqoridagi rasmda ko‘rishingiz mumkin! Shu oliygoh talabalari bormi?

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
22.5K views09:51
Ochish/sharhlash
2023-11-08 16:05:07
Keyingi oʻquv yilidan avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlanadi

Yangi qarorga ko'ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

1) OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

2) Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
28.0K views13:05
Ochish/sharhlash
2023-11-08 15:58:53 Китоб ўқишга вақтингиз йўқми?

YouTube да янги канал очилган. Китоблар мазмунини 10 дақиқада анимацион тарзда етказиб беради.
Аллақачон 9 та китоб видеоси чиққан ва ҳар хафта битта китоб чиқади.

Янги видео Ёшлар ишлари агентлиги ташаббуси билан чиқарилган "Уйғониш" тўпламининг биринчи китоби - "Мусо ал-Хоразмий" рисоласи мазмуни ҳақида. Келгусида "Уйғониш"нинг барча китобларини ва "Жадидлар" тўпламини чиқариш ҳам режа қилинган.

Видео ҳаволаси:



Канал ҳаволаси: https://www.youtube.com/@10Daqiqa

Телеграм канал: http://t.me/ondaqiqa
18.5K viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2023-11-08 12:04:11
#milliy_reyting

Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Buxoro davlat tibbiyot instituti
Farg‘ona politexnika instituti
Namangan muhandislik-qurilish instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Toshkent moliya instituti

Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
Andijon davlat chet tillari instituti*

*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
19.8K views09:04
Ochish/sharhlash
2023-11-08 06:33:45
#tonggi_motivatsiya

Eng yaxshi vaqt — bugun!

“Biror narsani boshlashning eng yaxshi vaqti bugun. Bugunni o‘z hayotining eng yaxshi kuniga aylantirish uchun harakat qiling”.

“Biror narsaga erishish uchun sabrli va ishonchli bo'ling. Agar sizning xohishingiz kuchli bo‘lsa, siz unga erishishingiz ham kuchli bo‘ladi”.

“Muammolarni hal qilish uchun harakat qiling, ular sizni rivojlantirishga olib keladi”.

“Biror narsaga erishish uchun o‘zingizga ishoning. O‘zingizga ishonmasangiz, hech qachon kutganingizga erisholmaysiz”.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.8K views03:33
Ochish/sharhlash
2023-11-07 10:09:17
Magistraturaga qishki qabul bo'ladimi?

Bu yil magistratura uchun 20.054 nafar abituriyent hujjat topshirgandi. Ajratilgan kvota esa 17,1 ming edi.

Hujjat topshirgan deyarli teng yarim talabgorning arizasi talabga javob bermagani uchun qaytarilgan. 6,3 ming nafar talabgor magistraturaga qabul qilindi. 11 mingga yaqin kvota esa bo‘sh qolgan.

Endi nima bo‘ladi?

Kvotalar bo‘sh qolib ketadimi? Bu hozircha aniqmas. Lekin anig‘i yoz boshidayoq sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga faqat bir marta qabul bo‘ladi, qishkisi bo‘lmaydi deb aytgandi. Qoida bo‘yicha esa Qabul komissiyasi ruxsat bersa, to‘lmagan kvotalar uchun qishki qabul ham bo‘lishi kerak.

Katta ehtimol bilan vaziyat qishki qabul ham bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin hozircha bu haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmadi.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
31.3K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-11-07 05:59:16
#tonggi_motivatsiya

Muvaffaqiyat retsepti:

Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning!
Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang!
Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning!
Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling!

Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz!

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
33.1K views02:59
Ochish/sharhlash
2023-11-06 18:46:45
Talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

Nomdor stipendiyalar:

Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
28.4K views15:46
Ochish/sharhlash