Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-11-21 08:20:03
Talabalar uchun universal karta joriy etildi

O‘zbekistonda ayrim oliygohlar talabalariga talaba kartasi, bank kartasi, transport va kutubxona yo‘llanmasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan super karta beriladi.

TFI va TATU talabalari allaqachon kartadan tajriba sifatida foydalanishni boshlashgan. Kelajakda boshqa talabalarda ham shunday kartalar bo‘ladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
15.1K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-11-21 06:55:38 Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi: — Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.

2. Ustozlar duosi: — Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor: — O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu: — Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik: — Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi, Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt: — Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
15.7K views03:55
Ochish/sharhlash
2023-11-20 15:47:27
Andijonlik o‘qituvchi maoshidan a’lochi o‘quvchilariga stipendiya berdi

Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yorqinoy Mamatisaqova a’lochi o‘quvchilari uchun «Ustoz stipendiyasi»ni «joriy qildi».

Qayd qilinishicha, 30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan pedagog xorij tajribasini o‘rganib, undan o‘zi ta’lim beradigan 10-«B» sinfida foydalangan. Jumladan, 1-chorak yakuni bo‘yicha 4 nafar a’lochi o‘quvchini aniqlab, ularga sinf rahbarligi uchun to‘lanayotgan maoshidan «Ustoz stipendiyasi»ni bergan. Shuningdek, yana 12 nafar a’lochi o‘quvchilarni taqdirlagan.

Xabarda sinf rahbarligi uchun belgilangan maosh va «Ustoz stipendiyasi» miqdori qancha ekani haqida ma’lumot berilmagan.

Mana bunday tashabbuslar olqishlarga loyiq. O‘zi eng qiyin kasblardan biri bu ustozlik. Ayniqsa, maktabda dars berish muallimdan bilimdan tashqari, mustahkam asab, sabr talab qiladi. Ularga to‘lanayotgan oylik haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi (balki shuning uchundir, maktablarda erkak o‘qituvchilar kamayib ketgan).

P.S.: Xorij tajribasini o‘rganib, bo‘lar-bo‘lmas tashabbuslar o‘rniga mana shunaqa motivatsiya beruvchi yangiliklar qilsa bo‘lar ekan-ku. Men bo‘lganimda shu o‘qituvchini o‘zini ham rag‘batlantirardim. Nima dedingiz...?

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
16.5K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2023-11-20 09:11:48
Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylashi mumkin!

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarorida OTMlarda tashkilot jamoasi rektorlarni saylash tizimi joriy qilinadi.

Hozirgi tartib bo‘yicha esa rektorlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tayinlanadi.

Bu yangilikka fikringiz qanday?

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.9K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-11-19 18:18:54
Bilim | qisqa metrajli film

Bizning kichik yutuqlarimiz ota-onamiz uchun qanchalar ahamiyatli ekanligini his qilganmisiz? Ota-onangiz sizni katta qilguncha qilgan barcha mehnatlari, sizning kichik bir yutug'ingiz (deylik oddiygina maqtov yorligʻi) bilan yuvilib ketadi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.3K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2023-11-18 15:34:41
17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Talabalar tanlovi” g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Ildiz kitoblari do‘konida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida super o‘yin g‘oliblari, shuningdek, tanlov davomidagi eng omadli ID egalariga sovg‘alar topshirildi.

G‘oliblar ro‘yxatini ko‘rish

Taqdirlash marosimiga tashrif buyurgan tomoshabinlar o‘rtasida ham yutuqli o‘yin tashkil etildi. G‘oliblar va faol ishtirokchilarni do‘kon tomonidan hamda o‘zimni nomimdan kitoblar bilan taqdirladik.

Shu bilan yutuqli tanlovimiz rasman yakunlandi. Tez orada yangi kitobxonlik tanloviga start beramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.7K views12:34
Ochish/sharhlash
2023-11-18 05:16:07
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

TalabaYoshlar jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaydi! Oʻzbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlsin, bayrogʻimiz baland-balandlarda hilpirayversin!

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.6K viewsedited  02:16
Ochish/sharhlash
2023-11-17 21:22:12
Professor OLDIYEVdan bayram tabrigi

Talabalarga yuborib qo‘yamiz, bayram muborak bo‘lsin!

Shu talaba ukamizni ijodini hurmat qilaman, mavzularga kreativ yondashadi. O‘lmas Temur ijoddan to‘xtamang!

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
12.9K viewsedited  18:22
Ochish/sharhlash
2023-11-17 21:10:28
Talabalar uchun zo'r imkoniyat! Germaniyada Talabalar uchun ish!

Work and travel (Ferienjob) dasturi bo'yicha O'zbekistondagi barcha oliygoh talabalari uchun, yozgi ta'til davomida, Germaniyada oyiga 2000 dan 3000+ yevrogacha pul ishlash imkoniyati!

Viza: Shengen (Butun Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyati)
Til bilish talab etilmaydi va yosh chegarasi 29 yoshgacha

18-noyabr, soat 20:00 da bepul onlayn vebinarda ishtirok eting va ushbu dasturda qatnashish uchun kerakli barcha ma'lumotlarga ega bo'ling!

Vebinar manzili
Vebinar manzili

Faqatgina 1 kun, vebinarda siz quyidagi savollaringizga javob olishingiz mumkin:
ketish uchun qanaqa hujjatlar yig'ilishi
qaysi oliygoh talabalari qatnasha olishi
qananaqa ishlarda ishlash mumkinligi
xarajatlar haqida
Germaniyaga yetib borganda ko'pchilik yo'l qo'yadigan qaysi xatolarni takrorlamasik
viza uchun nima hujjatlar yig'ilishi
fima tanlayotganda nimalarga e'tibor berish kerak kabi o'zingizni boshqa ko'plab qiziqtirgan savollaringizga ham javob olishingiz mumkin.

Ushbu ajoyib imkoniyatni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq quyidagi havola orqali vebinarda o'z joyingizni band qiling:

https://bit.ly/40FR86J
Tel: +998712000340
13.0K viewsedited  18:10
Ochish/sharhlash
2023-11-17 18:48:29 SUPER O'YIN efir boshlandi, Instagramga o'tvolamiz! INSTAGRAM sahifaga ulanish
14.2K views15:48
Ochish/sharhlash