Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi Davlat | Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Davlat bayrog‘i va konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy yugurish musobaqalari sabab quyidagi vaqtlarda ayrim ko‘chalar yopiladi.

2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:
Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;

2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:
Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling