Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-11-24 18:02:03
1-dekabrdan ish haqi va pensiyalar oshiriladi, xo'sh kontrakt summasi-chi?

Batafsil videoda, talabalarga yuborib qo‘ying.

Aytgancha, biz Instagramda ham faoliyatimizni boshladik, obuna bo‘lishni tavsiya qilaman. Orada Instada yutuqli konkurslar ham qilib turamiz.

INSTAGRAM sahifaga ulanish

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.9K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-11-24 13:03:53
Talabalar uchun lifehack!

Kredit-modul tizimi bo‘yicha yakuniy imtihonni sizga dars o‘tmagan o‘qituvchi oladi. Ana shunday hollarda ushbu usul sizga qo‘l kelishi mumkin.

Ishlamagan, tishlidi, o‘rgan student...

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
16.3K views10:03
Ochish/sharhlash
2023-11-24 13:01:07
KOREYADA TA’LIM KO’RGAZMASI + BONUS

Ko'rgazmada qatnashish BEPUL! Koreya universitetiga bepul kontrakt yutib olish uchun
Ro'yxatdan o'ting

26-noyabr (yakshanba), faqat bir kun davomida sizda Koreya universitetlari vakillari bilan yuzma-yuz ko'rishib, chet elda o'qish imkoniyatlari haqida to'liq ma'lumot olish imkoniyati bo'ladi.

Ko'rgazmada barcha qatnashganlar uchun @realize_uz firma xizmatimizga 20% chegirma taqdim etiladi

Undan tashqari, sizda quyidagi sovg'alar yutib olish imkoniyati bo'ladi:
1-o'rin: Koreya universitetiga bepul kontrakt
2-o'rin: King Sejong bepul 1 oylik til kursi
3-o'rin: Bepul TOPIK imtihoni

Ko'rgazma rejasi
11:00 — 13:00: Universitetlarning prezentatsiyasi va dastur bilan bog'liq ish imkoniyatlari haqida tanishtiriladi
13:00 — 18:00: Har bir universitet bilan suhbat va konsultatsiya o'tish imkoniyati taqdim etiladi

Lokatsiya: Toshkent, Edu-Master, Novza metrosi
26.11.2023 (11:00 — 18:00)

+998901205559 @realize_info2
12.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-11-24 07:09:14
Insoniyat kelajagiga yana bir xavf

Sun’iy intellekt borgan sari barcha sohalarga kirib boryapti. Undan foydalanish orqali insonlarning hayoti ozmi-ko‘pmi yengillashmoqda.

Masalan, maktabda davomatni tahlil qiluvchi ekran, o‘yinchini zeriktirmaydigan shaxmat taxtasi, xuddi uy hayvonidek egasiga sodiq motosikl bir qarashda barchani hayron qoldiradi.

Lekin sun’iy intellekt ayrim sohalardagi xodimlar bajaradigan vazifalarni qila boshlagach, inson mehnatiga ehtiyoj qolmayotgandek. Turli savollarga javob berish va odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega ''ChatGPT'' (Generative Pre-trained Transformer) – maxsus chat bot AQSH da 4,8 million ish o‘rnini yo‘q qilishi kutilyapti. Xitoyda esa allaqachon 3,1 million nafar aholi ishsiz qoldi.

Xo‘sh, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Sun’iy intellekt – imkonmi yoki xavf?

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
15.1K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2023-11-23 11:30:09 O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan 3 kun dam olishadi!

Haftada 5 kun ishlaydigan fuqarolar 8-, 9-, 10-dekabr kunlari dam olishi ma’lum bo‘ldi.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar (o‘qiydiganlar) uchun esa 9-dekabr shanba ish (o‘qish kuni) kuni hisoblanadi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
16.9K views08:30
Ochish/sharhlash
2023-11-23 08:47:02
Hatto sun’iy intellekt ham o‘qituvchilar oyligi qachon 1 000$ bo‘lishini bilmaydi

ChatGPT O‘zbekistonda ishlay boshlagach, undan o‘qituvchilar maoshi qachon ming dollardan oshishi haqida so‘rab ko‘rishibdi.

Javobni o‘zingiz ko‘ring. U ham buni bilmaydi. Tegishli tashkilotdan so‘rashni tavsiya qilyapti.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
16.7K viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2023-11-23 07:00:55
Omad kaliti qanday ishlatiladi?

Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning;
Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang;
Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning;
Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling!

Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.9K views04:00
Ochish/sharhlash
2023-11-22 13:44:45
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi.

Futbolimiz rivojlanyapti! Bor gap. Turli yosh toifalaridagi futbolchilarimiz buni isbotlashmoqda. Hali bu holvasi. Yurtimizda tug’ma talantlar to’lib yotibdi. Tizimni yana-da shakllantirsak, dunyoda toplar qatoriga kiramiz. Men ishonaman.

Chorak finalda Fransiya yoki Senegal bilan o’ynaymiz. O’tgan o’yinda “Real”, “Barselona” kabi jamoa, bu safar APL top jamoalari futbolchilari bilan mardonavor jang qilgan ukalarimizga rahmat!

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.3K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-11-22 06:49:55
Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan tashqari, yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.

Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida o‘qishga bormasdan ishga bora olmaydi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
15.2K views03:49
Ochish/sharhlash
2023-11-21 18:18:14
Dunyodagi eng yosh va keksa talaba haqida eshitganmisiz?

6 yoshli talaba

Bu yoshda ko‘pchilik hali bog‘chada yurgan bo‘ladi. Ammo Joshua Bekford 3 yoshida ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan, 6 yoshida esa Oksford universitetiga qabul qilingan. Otasi bolasining favqulodda zehni borligi bois universitet ma’muriyatiga xat yozib, tekshirib ko‘rishlarini so‘raydi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan Joshua falsafa va tarix bo‘yicha a’lo baholarga o‘qimoqda.

102 yoshli talaba

Xitoyning Shandun provinsiyasi Jinan shahrida istiqomat qiluvchi Ma Syuian buvi umrini og‘ir mehnatda o‘tkazib, nihoyat, bir asr yashab qo‘ygan vaqtda oliy ta’limga hujjat topshirdi. Nihoyat, u 2022-yilda Weishan Road oliygohida o‘qishni boshladi. Beshikdan qabrgacha ilm izla degandek, buvijonga diplomni muvaffaqiyatli qo‘lga olishni tilab qolamiz.

O‘zingiz necha yoshda va nechanchi urinishda talaba bo‘lgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.3K views15:18
Ochish/sharhlash