Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-12-16 12:52:11 Madaniyat

Amerikada odamlar bir-biriga ko‘zi tushsa, begona bo‘lsa ham tabassum qilib qo‘yishadi. “Kechirasiz” va “Rahmat” – eng ko‘p ishlatadigan so‘zlari. Qorami, oqmi, boymi gadoymi –hammaga bir xil muomala qilishadi. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Hamma o‘z hayoti bilan yashaydi. “Odamlar nima deydi?”, degan stereotip yo‘q.

Eshikdan kirayotganda va chiqayotganingizda sizdan avvalgi odam eshikni ushlab turadi yoki ochib beradi. Hamma o‘zi uchun ochsin deb yuzingizga eshikni yopib ketavermaydi, chunki orqasidan kelayotgan odamga e’tiborli. Ular uchun kompliment qilish odatiy holga aylangan. Shunchaki yoningizdan o‘tib ketayotgan odam ham “kiyimlaringiz juda yarashibdi”, deb aytib o‘tadi. Juda yoqimli-a?

Yordam so‘rasangiz chin dildan yordam berishadi. Masalan, men darsim bo‘ladigan xonani topolmaganimda bitta talabadan so‘raganman, u “pastki qavatda bo‘lsa kerak. Siz shu yerda turib turing, men pastki qavatni qarab chiqaman”, deb yugurib pastdan men uchun xonani izlab kelgan, pastki qavatni qarang deb ketavermagan.

Pollarni yuvayotgan farrosh “hozir tozalagan joyimni kir qilma, boshqa joydan yur”, deyishiga o‘rganib qolganmiz, Amerikada esa “hozir yuvdim, ehtiyot bo‘lib o‘t. Sirpanib yiqilib tushma”, deb aytishadi.

Bu post biznikilarni yomonlab Amerikani ustun qo‘yish uchun yozilmadi. Biz ularning yaxshi taraflarini o‘rganib kelib, bu yerda tatbiq qilish vazifamiz bor. Shu yaxshi taraflarini ko‘rdim va bizda ham bo‘lishini istadim.

The University of Arizona talabasi Sabina Nabiyeva

TalabaYoshlar Talabalarga ulashing!
15.2K viewsedited  09:52
Ochish/sharhlash
2023-12-14 20:59:50
Yangi ruchka-skaner – talabalar joniga oro kiradi

Olimlar ixtiro qilgan aqlli ruchka istalgan matnni telefoningiz yoki kompyuteringizga onlayn ko‘chiradi. Qizig‘i, bu qalam matnni 40 ta tilga tarjima qilishi ham mumkin.

Bu matohning qulayliklarini talabalaramiz bilsa, sessiya payti ayamasdan mustaqil ishlar tayyorlashga ishlatadi shunday-mi? SIzga ishlatgan bo'larmidingiz?

TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
14.2K views17:59
Ochish/sharhlash
2023-12-13 22:04:16
Abduqodir Toshqulov TerDUda keng qamrovli “tozalash” ishlarini olib bormoqda

Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytgan Abduqodir Toshqulov universitet yuridik fakultetining dars jarayonlarida shaxsan ishtirok etib, ta’lim sifati ko‘rsatgichlari bilan tanishgan. Bu jarayonda o‘quv mashg‘ulotlari dars jadvaliga muvofiq o‘tilmayotgani ma’lum bo‘lgan.

Kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda esa fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari va kafedra mudirlari, shuningdek, ayrim o‘qituvchilar lavozimlaridan ozod etilgan. Ba’zi o‘qituvchilarga hayfsan hamda ogohlantirish intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

A.Toshqulovni haqiqatda halol va to‘g‘ri ishlaydigan, vijdonli insonlardan deb bilaman. Oliy ta'lim vaziri bo‘lgan davrlarida ko‘p uchrashardik, kibrga berilmagan, kerak bo‘lsa ko‘chadagi oddiy tozalovchini ham tinglaydigan inson. Shunday rahbarlar ko‘paysin...

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling!
14.6K views19:04
Ochish/sharhlash
2023-12-13 19:42:41
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling!
13.0K views16:42
Ochish/sharhlash
2023-12-12 21:42:36 Oʻquvchi, talaba yoshlar va ota-onalar nomidan murojaat

Bu yil qish fasli biz kutgandan ko'ra sovuq keldi. Shuning uchun sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchimiz. Bilamiz, koʻpchilikni shaxsiy mashinasi borlardan oʻquvchi va talabalar nomidan shuni iltimos qilmoqchimiz.

Hech boʻlmaganda ertalab va kechqurun maktabga, ishga, universitetga ketayotgan va qaytayotgan o'quvchi, talaba yoshlarni yoʻl-yoʻlakay olib ketsangiz. Hozirgi kunda ertalabki sovuq bilan kechki qorongʻudagi sovuqni bilasiz qandayligini. Mashinaga chiqib tushishlari, toʻxtab turishingizni hisoblasa hammasi boʻlib 10 daqiqa vaqtingiz ketishi mumkin. Lekin oʻsha 10 daqiqa oʻquvchi, talaba yoshlarning hayotida eng unutilmas lahza boʻlib qolishi mumkin. Bolalar sovuqda uyiga borsa, balki uyi ham issiq boʻlmasligi mumkin. Hech boʻlmaganda sizning issiq mashinangizda ozgina koʻngli yorishar deb o'ylaymiz. Shu bilan siz ham oʻzingizga ham oʻsha bolalarga yaxshilik qilgan boʻlasiz! Oʻylaymizki, siz qishning sovuq kunida olib ketgan oʻquvchi yoki talabalar bir kun kelib yurtimiz uchun siz va biz uchun kerakli mutaxassislar boʻlib yetishib chiqadi.

Ushbu murojaatni imkon qadar yaqinlaringizga va guruhlarga yuboring. Zero, yaxshilik qilguvchi yurtdoshlarimiz koʻpaysin.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling!
14.0K views18:42
Ochish/sharhlash
2023-12-12 07:53:09
Talabalarga 50% chegirmalar

Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga “O’zbekiston temir yo‘llari" AJ qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qildi!

Chegirmalar 25-dekabrdan 7-yanvarga qadar o‘natilgan tartibda barcha mahalliy yo’nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarning temir yo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma amal qiladi! SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun chegirma berilmaydi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 1005
Ishonch telefoni: +99871-2999450

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling!
14.4K views04:53
Ochish/sharhlash
2023-12-11 11:18:39
Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
13.6K views08:18
Ochish/sharhlash
2023-12-09 15:22:11
9-14-dekabr kunlari O‘zbekistonda -22° gacha bo‘lgan g‘ayritabiiy sovuqlar kutilmoqda: sovuq havo kunlari bo‘yicha foydali maslahatlar

Sovuqda 30 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan joyda turing;
Ovqatlanish. Issiq tutadigan taomlar iste’mol qilish
Ko‘proq harakat qiling va statik holatda bir soatdan ortiq turmang;
Qalinroq issiqroq tutadigan kiyimlar kiying, yaxshisi paxta, jun va h.k
Sovuqda ko‘chaga bosh kiyimsiz va sharfsiz chiqmang;
Lablaringizni yalamang va tashqarida teringizni namlamang.

Yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
12.8K viewsedited  12:22
Ochish/sharhlash
2023-12-09 09:22:13
#qulaylik

Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi

Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.
2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.

Shuningdek shartnoma to‘lovini
my.gov.uz portali orqali hamda
“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.7K viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash
2023-12-07 10:21:57
Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Prezident stipendiantlari ro'yxati

Navoiy stipendiyasi g'oliblari

Islom Karimov stipendiyasi g'oliblari

Beruniy stipendiyasi g'oliblari

Mirzo Ulug'bek, Ibn Sino va Imom al-Buxoriy stipendiyasi g'oliblari

I.Yusupov, T.Qaipbergenov, Bobur va Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi g'oliblari

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
15.5K viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash