Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-12-07 10:11:56
Ibroyim Yusupov, To'lepbergen Qaipbergenov, Bobur va Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo'lgan talabalar ro'yxati

Prezident stipendiantlari ro'yxati

Navoiy stipendiyasi g'oliblari

Islom Karimov stipendiyasi g'oliblari

Beruniy stipendiyasi g'oliblari

Mirzo Ulug'bek, Ibn Sino va Imom al-Buxoriy stipendiyasi g'oliblari

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
12.9K views07:11
Ochish/sharhlash
2023-12-03 17:54:36
Haqiqiy do‘st mana shunaqa bo‘ladi, agar u kursdoshingiz bo‘lsa, hech qachon sizni yolg‘iz qoldirmaydi.

Haqiqiy kursdosh-do‘stlarga yuborib qo‘yamiz.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.1K views14:54
Ochish/sharhlash
2023-12-02 17:42:04
Talabalarga ijara puli qanchadan to‘lab berilishi kerak?

Ijarada yashaydigan talabalarning ijara harajatlarining ma’lum summasi qoplab beriladi.

Bu miqdor 1-dekabrdan boshlab:

Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari — 340 ming so‘m;
Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 170 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
15.9K viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash
2023-12-02 14:12:41
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi departament rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovichga oliy ta’lim masalalariga qarab turish vazifasi yuklatilgan.

Aytilishicha, Odil Qalandarovich nomzodi oliy ta’limga vazir sifatida ko‘rsatilgan, biroq bu lavozimni rad etgan. Shu sababli munosib nomzod tayinlangunga qadar oliy ta’llim vazirligini vaqtincha “boshqarib” turishi aytilmoqda.

Eslatib o‘taman, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 25-oktabrdan beri vazirsiz qolgan. Vazir sifatida kim qo‘yilishi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q!

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.0K views11:12
Ochish/sharhlash
2023-12-01 16:09:33
Diqqat yaqinlaringizga tarqating!

Endi mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun chet tili sertifikati talab etilmaydi
.

Magistraturaga qishki qabul bo‘ladimi yo‘qmi bu haqida hali qaror e'lon qilingani yo‘q.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
14.3K views13:09
Ochish/sharhlash
2023-11-30 22:16:08
Qishning ilk kuni barchaga muborak bo'lsin

Mana ko'z ochib yumguncha 2023-yilning eng so'nggi oyini ham qarshiladik. Vaqt shiddat bilan o'tib bormoqda, 31 kunda so'ng barchamiz yana bir yoshga ulg'ayamiz, umr o'tmoqda.

Ertaga afsuslanmaslik uchun yoshlik davrlarimizni kelajagimiz uchun manfaatli bo'ladigan ishlar bilan, ya'ni ilm olish bilan o'tkazaylik. Chunki, yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
16.6K viewsedited  19:16
Ochish/sharhlash
2023-11-30 11:45:47
«Narxoz» va Moliya instituti poytaxt markazidan ko‘chirilishi kutilmoqda

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.0K views08:45
Ochish/sharhlash
2023-11-30 07:34:54
#milliy_reyting

Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi sarhisob qilindi!

Ijtimoiy-gumanitar sohalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari:
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Texnika, texnologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalari oliy ta’lim muassasalari:
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Farg‘ona politexnika instituti

Tibbiyot sohasi oliy ta’lim muassasalari:
Buxoro davlat tibbiyot instituti
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Toshkent davlat stomatologiya instituti

San’at-madaniyat sohalari oliy ta’lim muassasalari:
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Eng yaxshi OTM filiali:
TATU Samarqand filiali
O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali
O‘zDSMI Nukus filiali

Umumiy jadvallar yuqoridagi rasmlarda ko‘rsatilgan.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.4K views04:34
Ochish/sharhlash
2023-11-29 12:39:38
Prezident qaroriga koʻra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:

oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;

yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
16.4K views09:39
Ochish/sharhlash
2023-11-28 17:15:42
Talabalar nechanchi kursdan boshlab ishlashi mumkin?

Batafsil videoda, talabalarga yuborib qo‘ying.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.0K views14:15
Ochish/sharhlash