Get Mystery Box with random crypto!

Madaniyat Amerikada odamlar bir-biriga ko‘zi tushsa, begona | Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Madaniyat

Amerikada odamlar bir-biriga ko‘zi tushsa, begona bo‘lsa ham tabassum qilib qo‘yishadi. “Kechirasiz” va “Rahmat” – eng ko‘p ishlatadigan so‘zlari. Qorami, oqmi, boymi gadoymi –hammaga bir xil muomala qilishadi. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Hamma o‘z hayoti bilan yashaydi. “Odamlar nima deydi?”, degan stereotip yo‘q.

Eshikdan kirayotganda va chiqayotganingizda sizdan avvalgi odam eshikni ushlab turadi yoki ochib beradi. Hamma o‘zi uchun ochsin deb yuzingizga eshikni yopib ketavermaydi, chunki orqasidan kelayotgan odamga e’tiborli. Ular uchun kompliment qilish odatiy holga aylangan. Shunchaki yoningizdan o‘tib ketayotgan odam ham “kiyimlaringiz juda yarashibdi”, deb aytib o‘tadi. Juda yoqimli-a?

Yordam so‘rasangiz chin dildan yordam berishadi. Masalan, men darsim bo‘ladigan xonani topolmaganimda bitta talabadan so‘raganman, u “pastki qavatda bo‘lsa kerak. Siz shu yerda turib turing, men pastki qavatni qarab chiqaman”, deb yugurib pastdan men uchun xonani izlab kelgan, pastki qavatni qarang deb ketavermagan.

Pollarni yuvayotgan farrosh “hozir tozalagan joyimni kir qilma, boshqa joydan yur”, deyishiga o‘rganib qolganmiz, Amerikada esa “hozir yuvdim, ehtiyot bo‘lib o‘t. Sirpanib yiqilib tushma”, deb aytishadi.

Bu post biznikilarni yomonlab Amerikani ustun qo‘yish uchun yozilmadi. Biz ularning yaxshi taraflarini o‘rganib kelib, bu yerda tatbiq qilish vazifamiz bor. Shu yaxshi taraflarini ko‘rdim va bizda ham bo‘lishini istadim.

The University of Arizona talabasi Sabina Nabiyeva

TalabaYoshlar Talabalarga ulashing!