Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.88K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 155

2021-12-12 15:08:35
2021 yil O'ZBEKISTONDA 2 KURSGA PEREVOD QILISH SO'NGI IMKONIYATI

XORAZMda joylashgan UNIVERSITETda 1 yoki 2 kurs talabasi bo'ling

Yo'nalishlar:
O'zbek tili Filologiyasi
Ingliz tili Filologiyasi
Tarix
Boshlang'ich ta'lim
Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish
Mashinasozlik texnologiyasi


Ta'lim inspeksiyasidan litsenziyaga va akkreditatsiyaga ega
Jaxon tillar va Pedagogika institutiga teng diplom

Murojaat uchun:
Toshkent:
+998881704121
+998998024197
+998971174121
+998932546555
Surxondaryo
:
+998990316555
+998990416555
Samarqand
+998889354121
+998998829291
Farg'ona
+998950010095
+998939810110
Andijon
+998930000344
+998916133884

Bizning barcha xizmatlar sertifikatlangan va sizning xavfsiz talaba bo'lishingiz kafolatlangan!
7.2K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-12-12 13:33:19
Shavkat Mirziyoyev yangi Geologiya fanlari universtitetining professor va o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi, ularning takliflari bilan qiziqdi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.3K views10:33
Ochish/sharhlash
2021-12-12 09:29:24 Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, OTM talabalari uchun 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilanishi kutilmoqda.

Agar ta’til shu tartibda bo‘lsa, 2021 yil 25-dekabr oxirgi o‘qish kuni, 2022 yil 10 yanvar - o‘qishning birinchi kuni bo‘lar ekan.

Batafsil
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
16.1K views06:29
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:30:01
BILASIZMI SIZDEK BO‘LISHNI ORZU QILGANLAR BOR!

Qanchadan-qancha mahbuslar bor, siz esa erkinlikdasiz.

Qanchadan-qancha qorni ochlar bor, sizni esa qorningiz to‘q.

Qanchadan-qancha bemor kishilar bor, siz esa sog‘lomsiz.

Qanchadan-qancha uysiz insonlar bor, sizni esa uxlashga boshpanangiz bor.

Qanchadan-qancha qo‘rquvga tushib qolganlar bor, siz esa omonlikdasiz.

Qanchadan-qancha o‘qishni bilmaydiganlar bor, siz esa savodlisiz...

Qanchadir insonga bugungi tongni ko‘rish yoki tunni ko‘rish toza havodan nafas olish baxti nasib etmadi, siz esa yana bir yangi kunni qarshi olib, oilangiz davrasida shodon kayfiyatda birga oʻtiribsiz.

Sizda millionlab insonlar orzu qiladigan ne’matlar bor.

Do'stlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.6K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:01:43
@ITgaDoir kanal bilan IT olamingni kashf et!

O'qib chiqing:
——————————
O'z qiyofadoshingizni topishni isatysizmi?
——————————
Zaryadingiz 30 daqiqada 100% to'lishini?
——————————
Dunyo kameralari sizning smarfoningizda bo'lishini!
——————————
Daromad keltiradigan saytlar bilan ishlashnichi!
——————————
Ko'zingiz orqali telefoningizni boshqarishnichi?
——————————
Biz bilan telefonigiz qizish muammosini unutasiz!

Barchasi bizning kanalda va @ITgaDoir
6.9K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-11 10:31:19 Bugun meni juda chuqur ta’sirlantirgan bir hodisa haqida sizlarga so’zlab bermoqchiman. Chekka hududlardagi mahalla yoshlarining muammolarini o’rganib yurganimizdan xabaringiz bor.

Ayni damda Jizzax viloyatidamiz. Ertalab Zarbdor tumani, tushdan keyin Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahallasiga bordik. Yoshlar bilan muloqot qilib turganimizda Shahodat ismli opaga ko’zim tushib qoldi. Opaning ko’zlarida onalarcha mehr bor edi. Ulardan “farzandlaringiz nima bilan shug’ullanadi, deb so’radim?” Ular “4 nafar farzandim bor, ikki qiz, ikki oʻgʻil — hammasi o’qiydi”, deb javob berdilar. 3 nafari toʻlov-kontrakt, bir nafari grantda o’qirkan.

Xayron bo’ldim, qanday qilib bir vaqtning o’zida 3 ta kontrakt pulini to’lash va qo’shimchasiga talabalar xarajatlarni qoplash mumkin axir? Shahodat opa o’z vaqtida oliy ta’lim olish uchun imkoni bo’lmaganligini, lekin hozir hech bir farzandi oliy ta’lim olish imkoniyatidan voz kechmasligi kerakligini aytdilar. Hatto bu oila uchun og’ir moliyaviy qiyinchiliklar tug’dirsa ham.

Men o’zim uchun bugun yangi qahramonni kashf qildim. O’zi yemay-ichmay bolam deb, farzandlari ta’limi uchun borini beradigan mana shunday ota-onalar jamiyatimizning, zamonamizning haqiqiy qahramonlaridir! Rosti ichimdan nima o’tganini o’zim bilaman. Shahodat opadan ularning oilalariga qanday yordam bera olishimni so’radim, ular kamtarona “o’zimiz uddalaymiz” dedilar.

Taqdirni qarangki, “Talabaga madad” loyihasi orqali bir qizlarining kontrakt pulining yarmini to’lab bergan ekanmiz. Endi yana bir qizlarining kontrakt pullarini bir qismini to’lab beradigan bo’ldik. Ayniqsa, qizlari ta’limi uchun harakat qilayotgan Shahodat opaga hurmatim ikki karra oshdi.

O’g’il farzandlari Bunyodbek esa Toshkentda grant asosida o’qir ekan, uning bir yillik yotoqxona xarajatlarini qoplab beradigan, o’qishi uchun agentligimiz nomidan noutbuk sovg’a qiladigan bo’ldik. Shunaqa gaplar, do’stlar!

Alisher Sadullayev

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.4K views07:31
Ochish/sharhlash
2021-12-11 09:02:00
Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.2K views06:02
Ochish/sharhlash
2021-12-11 08:00:42 Institutga kirgan vaqtimizda ko'pchilikda bir xil niyat bo'lgan: "tezroq dasturlashni o'rganish."

Lekin eng qiyini - boshlash. "Qaysi dasturlash tilini o'rganay, qaysi texnologiyani, qayerda kurs arzonroq, qaysi kurs yaqinroq, o'zim ham o'rgana olarman" degan har xil muhim bo'lmagan savollarni javobini qidirib, oylab, ba'zilarda yillab vaqtlar o'tib ketadi. Maslahatim bunaqa narsalarni o'ylashga ko'p vaqt sarflamang!

Yo'nalish tanlashda adashsangiz ham unchalik katta muammo emas, ya'ni, qaysi texnologiyani o'rgansangiz ham muhimi o'rganish. Boshlagan bo'lsangiz o'zingizga mos yo'nalishga o'tish uchun ham qiynalmaysiz

Agar yo'nalishlarda juda ikkilanyapman desangiz, maslahatim Frontendni o'rganishni boshlayvering. Boshlang'ich bilimlarni olishingiz bilan natijalaringizni vizual ko'rib turasiz (nima ish qilingani ko'rinib tursa o'rganishga qiziqish ham ortadi).

Qayerda o'rganishga kelsak, biror joyda ishlagan loyihalarda qatnashgan dasturchilardan o'rganing. Ularda bilim ham, tajriba ham bo'ladi. Bilishimcha hozirda Idrok ta'limda Frontend bo'yicha EPAM kompaniyasini senior dasturchilari dars beradi. Agar o'rganmoqchi bo'lsangiz shu kursga yozilishni tavsiya qila olaman. Seniorlardan o'rganish sizni mutaxassis qilishga yordam beradi!

Hullas, boshlang bu semestr ham tugay deb qoldi siz hali ham boshlamabsiz, savollarni bas qilib boshlang!
7.4K viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2021-12-11 06:45:28 Ommaviy mushtlashuv bo'lmagan, janjal 2 kishi o'rtasida bo'lgan. TerDU rasmiy munosabat bildirdi.

Termiz davlat universiteti matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda” nomli videotasvir yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

9-dekabr kuni soat 12:50, tanaffus vaqtida Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti binosi oldida fakultetning matematika ta’lim yo‘nalishi (rus guruhi) 3-bosqich talabasi Abdullayev Dilshod shu yo‘nalish 1-bosqich talabasi Abdusalim Hamroyev bilan o‘zaro turtilib ketish natijasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Natijada o‘zaro gap talashishadi. Keyin A.Hamroyev hovli tomon qochadi. Abdullayev Dilshod uni quvib ketib, bir musht tushiradi. Videotasvirdagi holatda janjalni ko‘rib talabalar yig‘ilgani aks etgan bo‘lib, ommaviy mushtlashuv bo‘lmagan.

Voqea joyiga profilaktika inspektori Dilshod Yusupov, universitet rahbariyati, fakultet dekani va mas’ullar kelib, ular bilan voqea yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Talabalar o‘zaro yarashib olishgan. Fakultet miqyosida talabalar o‘rtasida holat muhokama qilinib, tegishli choralar ko‘rildi. Hozirda Termiz shahar 1-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.8K viewsedited  03:45
Ochish/sharhlash
2021-12-10 19:08:32 #biroz_tabassum

Haqiqiy og’riq 4 yosh ingliz bolacha, ingliz tilini sendan ko’ra yaxshiroq bilishi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.3K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash