Get Mystery Box with random crypto!

Ommaviy mushtlashuv bo'lmagan, janjal 2 kishi o'rtasida bo'lga | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Ommaviy mushtlashuv bo'lmagan, janjal 2 kishi o'rtasida bo'lgan. TerDU rasmiy munosabat bildirdi.

Termiz davlat universiteti matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda” nomli videotasvir yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

9-dekabr kuni soat 12:50, tanaffus vaqtida Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti binosi oldida fakultetning matematika ta’lim yo‘nalishi (rus guruhi) 3-bosqich talabasi Abdullayev Dilshod shu yo‘nalish 1-bosqich talabasi Abdusalim Hamroyev bilan o‘zaro turtilib ketish natijasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Natijada o‘zaro gap talashishadi. Keyin A.Hamroyev hovli tomon qochadi. Abdullayev Dilshod uni quvib ketib, bir musht tushiradi. Videotasvirdagi holatda janjalni ko‘rib talabalar yig‘ilgani aks etgan bo‘lib, ommaviy mushtlashuv bo‘lmagan.

Voqea joyiga profilaktika inspektori Dilshod Yusupov, universitet rahbariyati, fakultet dekani va mas’ullar kelib, ular bilan voqea yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Talabalar o‘zaro yarashib olishgan. Fakultet miqyosida talabalar o‘rtasida holat muhokama qilinib, tegishli choralar ko‘rildi. Hozirda Termiz shahar 1-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg