Get Mystery Box with random crypto!

Institutga kirgan vaqtimizda ko'pchilikda bir xil niyat bo'lga | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Institutga kirgan vaqtimizda ko'pchilikda bir xil niyat bo'lgan: "tezroq dasturlashni o'rganish."

Lekin eng qiyini - boshlash. "Qaysi dasturlash tilini o'rganay, qaysi texnologiyani, qayerda kurs arzonroq, qaysi kurs yaqinroq, o'zim ham o'rgana olarman" degan har xil muhim bo'lmagan savollarni javobini qidirib, oylab, ba'zilarda yillab vaqtlar o'tib ketadi. Maslahatim bunaqa narsalarni o'ylashga ko'p vaqt sarflamang!

Yo'nalish tanlashda adashsangiz ham unchalik katta muammo emas, ya'ni, qaysi texnologiyani o'rgansangiz ham muhimi o'rganish. Boshlagan bo'lsangiz o'zingizga mos yo'nalishga o'tish uchun ham qiynalmaysiz

Agar yo'nalishlarda juda ikkilanyapman desangiz, maslahatim Frontendni o'rganishni boshlayvering. Boshlang'ich bilimlarni olishingiz bilan natijalaringizni vizual ko'rib turasiz (nima ish qilingani ko'rinib tursa o'rganishga qiziqish ham ortadi).

Qayerda o'rganishga kelsak, biror joyda ishlagan loyihalarda qatnashgan dasturchilardan o'rganing. Ularda bilim ham, tajriba ham bo'ladi. Bilishimcha hozirda Idrok ta'limda Frontend bo'yicha EPAM kompaniyasini senior dasturchilari dars beradi. Agar o'rganmoqchi bo'lsangiz shu kursga yozilishni tavsiya qila olaman. Seniorlardan o'rganish sizni mutaxassis qilishga yordam beradi!

Hullas, boshlang bu semestr ham tugay deb qoldi siz hali ham boshlamabsiz, savollarni bas qilib boshlang!