Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.88K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 154

2021-12-14 16:34:27 Respublika maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, davlat tashkilotlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanishi, shuningdek, fuqarolarga bayramni oila davrasida tor doirada nishonlash tavsiya etilishi kutilmoqda.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views13:34
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:12:01 Navoiy politexnika universiteti tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga prezidentning “Navoiy politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Mazkur universitet Navoiy davlat konchilik instituti negizida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, universitet Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufida faoliyat yuritadi hamda Navoiy davlat konchilik institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Universitetga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Navoiy davlat konchilik institutida tahsil olayotgan talabalar esa universitetda o‘qishni davom ettiradi.

Shuningdek, universitetni transformatsiya qilishda nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda kompaniyalarini jalb qilish choralari ko‘riladi. Ta'lim maskani bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi hamda akademik mustaqillik beriladi. Qolaversa, hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan kelishuv asosida ta'lim jarayoniga ularning professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi va chet tillarida o‘qitiladigan fanlar bosqichma-bosqich kiritib boriladi.

Navoiy viloyati hokimligi universitetga yangi bino va inshootlarni qurish maqsadida 2022 yil may oyiga qadar yer maydoni ajratadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati esa oliygoh uchun yangidan qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish hamda tutash hududlarni rekonstruksiya qilish loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida belgilangan tartibda kiritilishini ta'minlaydi.

Qaror loyihasida universitetning huquqlari, asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.7K views07:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 08:59:46
Sizda ham bo’lib turadimi?

Kanalga ulanish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.4K viewsedited  05:59
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:32:09
RASMAN: Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda talaba ijarada turgani uchun daromad solig‘i to‘lashi kerakligi haqida xabar tarqaldi. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, talabaga bunday majburiyat yuklatilmaydi. Mol-mulk uchun daromad solig‘ini uyini ijaraga beruvchi to‘laydi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Buni avtomatik hisoblaydigan “Ijara.soliq.uz” elektron tizimi 1-yanvardan ishga tushadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.4K views08:32
Ochish/sharhlash
2021-12-13 10:08:03 Bir millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa bo‘lishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga o‘rgatishning o‘zi kifoya. Shunday qilinsa:

* Kasal aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qo‘lida o‘ladi.

* Uylar aldov bilan diplom olgan muhandis qo‘lida qulaydi.

* Moliya aldov bilan diplom olgan hisobchi qo‘lida inqirozga uchraydi.

* Insoniylik aldov bilan diplom olgan din shayxi qo‘lida halok bo‘ladi.

* Adolat aldov bilan diplom olgan sudya qo‘lida barham topadi.

* Farzandlar ongi aldov bilan diplom olgan o‘qituvchi qo‘lida xarob bo‘ladi.


TA’LIMNING QULASHI MILLATNING QULASHIDIR.

Kanalga ulanish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.3K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:59:22 yoshlarforumi.uz platformasida ta’lim muassasalarida majburiy formadan voz kechish taklifi e’lon qilindi.

Ushbu taklifni quyidagi havola orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04213095

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.9K views06:59
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:18:26 Dushanba og'ir kun. Dam olish kunidan keyin bo'lgani uchundir balkim.

Ushbu kunning kayfiyati qolgan kunlarga ham ta'sir o'tkazadi.

Shu kabi fikrlar koʻpchilikda aylanadi. Siz nima deb oʻylaysiz?

Do'stlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.7K views06:18
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:01:42
​​Uch yilcha oldin Facebook’da yozgan ekanman… ...Akam va katta opam shartnoma asosida o'qir edi. Kichkina opam esa abituriyent. Men esa shahar markazidagi litseyda o'qir edim. Bizning yolg'iz ta'minotchimiz dadam edilar. Yaxshi ishda ishlar edi-yu, aynan…
8.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 16:39:22
Esingizda bo'lsa, Milliy universitet yotoqxonasida olingan ishqiy sarguzashtning videosini kanalga joylashtirgandik.

Ma'sullar muommoga yechim topishib, ushbu derazalarni qog'oz bilan o'rab qo'yishibdi

Bu degani endi ........

Talaba.uz rasmiy kanali

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
9.0K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2021-12-12 15:38:01
Juda ko’plab insonlarni qalbidan jo’y olgan “Osmondagi bolalar” loyihasi asoschisi Temur aka Adhamov YOSHLARFORUMI.UZ’da sifatli va arzon internet ta'rifini ishlab chiqish haqida taklif bildiribdilar.

Bu taklifni barchamiz qo’llab quvvatlasak yaxshi bo’lar edi. Bu juda ko’p insonlar uchun yaxshi taklif bo’lgan. Ayniqsa 21-asrda…

link

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.4K viewsedited  12:38
Ochish/sharhlash