Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘ng‘iroq… Shanba kuni ishxonamdan chiqish oldidan uyga qo‘n | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Qo‘ng‘iroq…

Shanba kuni ishxonamdan chiqish oldidan uyga qo‘ng‘iroq qildim. Odatda, uyga ketayotib xotinimga qo‘ng‘iroq qilib qo‘yardim. Soat tungi o‘nni ko‘rsatar, ayolim doim meni uyg‘oq kutardi. Raqamlarni terdim va javob kutdim. Lekin hech kim ko‘tarmadi. Havotir oldim: rafiqam bu payt telefonning yonida, televizor ko‘rib o‘tirar va bittada qo‘ng‘irog‘imga javob berardi. Raqamlarni yana terdim. Tezda javob bo‘ldi:

– Allo...
– Yaxshimisan? Band edingmi, boya ko‘tarmading?
– Boya jiringlamagan edi. Qo‘ng‘iroq qilishingiz bilan go‘shakni oldim, doimgidek...
– Ha, mayli. Borayapman, azizam...


Uyga borib ayolimni o‘pib qo‘ydimda, uyquga yotdim. Hafta juda charchatgan edi. Yakshanba kuni to‘yib dam olib, dushanba yana ishga chiqdim. Odatiy hayot tarzi...

Ishga kirishishim bilan ish telefonim kuy taratdi. Go‘shakni ko‘tardim.

– Kechirasiz... Shanba kuni kechqurun shu raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan ekan, – dedi notanish kimsa.

Shanba kunni xotirladim... Lekin kechki payt ayolimdan boshqa odamga qo‘ng‘iroq qilmagan edim.

– Telefonim jiringladi, ammo men ko‘tarmadim. Ekranchada shu raqamlar saqlanib qolgan ekan... – davom etdi u.
– E, ha... – dedim barchasiga tushunib, – o‘sha kuni uyga qilaman, deb adashib sizga qo‘ng‘iroq qilgan ekanmanda! O‘zim ham hayron bo‘lgandim. Biror raqamni bilmay bosvorgandirman, uzr, birodar! Kechki payt bezovta qilgan bo‘lsam kerak. Angloshmovchilikda...

– Anglashmovchilik emas, do‘stim… Sizdan juda minnatdorman. O‘sha shanba kechasi men og‘ir gunohga qo‘l urmoqchi bo‘lib turgandim: o‘z jonimga qasd qilish niyatida. Nazarimda, Yaratgan men uchun faqat omadsiz kunlarni atagan, hayotimda maza yo‘q edi. Oxir oqibat bariga qo‘l siltab dor tayyorladim. Stulga chiqib endi mudhish ishga qo‘l urmoqchi bo‘larkanman, Yaratganga nola qildim:

“Ey, Xudo, agar chindan ham mavjud bo‘lsang, menga belgi ber! Yashashim uchun biror sabab bo‘lsa, bildir shuni!”

Shu onda telefonim jiringlab ketsa bormi! Yuragim qinidan chiqqudek bo‘lib telefon sari yurdim. Ammo ko‘tarishga jur’atim yetmadi. Nazarimda, Ko‘kdan menga qo‘ng‘iroq qilishayotgandek tuyuldi. Yig‘lab yubordim… Shu lahzalarda fikrimdan qaytib, tirikligim uchun shukrona keltirdim.


Uning so‘zlaridan ta’sirlanib, notanish birodarimga yaxshi tilaklar bildirdim.

Nodirabegim tarjimasi

* Unutmang hayotingizdagi hech bir ish o’z o’zidan yoki tasodif bo'lmaydi. Barchasini o'z sababi bor. “Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi”.

Doʻstlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg