#Talabaga_yengillik DIQQAT! MUHIM Toʻlov-kontrakt mablagʻ | Talaba.uz | Rasmiy kanal |
#Talabaga_yengillik
DIQQAT! MUHIM
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi. @eduuz
Talaba.uz rasmiy kanali https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal. ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari. Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!. Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz. Savol, ta...