Get Mystery Box with random crypto!

Izhor | Quvonch Bek

Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek I
Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek
Kanal manzili: @sukunatdan_keyin
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 169
Kanalning ta’rifi

She'rlar, iqtiboslar, hikoyalar va shaxsiy qarashlar...

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-01-18 06:20:27 #xayrli_kun

​O’rta asrlarda odamlar bir-biriga yomonlik qilishdan qo'rqishmagan. Chunki u paytda, yer dumaloq ekani hali ma'lum emasdi...

Albert Eynshtyen

@sukunatdan_keyin
59 views03:20
Ochish/sharhlash
2023-01-17 19:34:19 #shaxsiy_tavsiya

"Plata o plomo", "kumush yoki qo'rg'oshin". Bu kolumbiyalik narkobaron, mafia Pablo Escobarning shiori edi.

Uning hayotiga bag'ishlab suratga olingan filmlar ko'p. Sizga tavsiya etayotgan film ham aslo zeriktirmaydi.

Boylik baxt keltiradi...mi? Har kimning qarashlariga bog'liq. Filmni ko'rgandan so'ng o'ta go'zallikka hamda o'ta boylikka ega chiqish fikridan qaytdim .

Filmni ko'rgandan keyin bu borada xulosalaringizni o'rtoqlashing.

(18+)





@sukunatdan_keyin
68 views16:34
Ochish/sharhlash
2023-01-17 15:37:53 ***
Сен яшар кўчадан мастона юрдим,
Толига суяниб энтикдим-турдим.
Мен кўрган маконни кўнглимга солиб,
Энг ёруғ, энг тоза бир дунё кўрдим.

Сен яшар кўчанинг тошлари кўпдир,
Тошига тўкилган ёшлари кўпдир.
Ҳар битта тошидан сени сўрасам,
Бекинган дардингнинг фошлари кўпдир.

Сен яшар кўчада бир йил кун бўлди,
Сўнгра асрлардан узун тун бўлди.
Соғинчнинг ҳолидан бир бор ҳабар ол
Тун ичра ўксиниб, бағри хун бўлди.

Сен яшар кўчанинг бир эшиги берк,
Эшикни очолмас на гадо, на бек.
Кимга очилади, ўзи билади
Қулфини очиб қўй – эшикка бер эрк.

Сен яшар бу кўча энг севимли байт,
Ёдаки ўқийман – юрагимда қайд.
“мен билан юр” десам – сенсиз юрмайди,
Бу сенсиз кўчани нима қилай, айт?

Сен яшар кўчага бўлмайди тўйиб,
Уни олиб кетдим, елкамга қўйиб.
“Оҳ” урсам, эсимга тушган чоғларинг,
Йиғлай… Деворига бошимни қўйиб...

Усмон Азим
Қувонч Бек

@sukunatdan_keyin
76 views12:37
Ochish/sharhlash
2023-01-17 13:30:52 АСЛИДА

Майли, ишондим, де, ишонгандай бўл,
Омадлиман, зўрман, деса қайси кас.
Астарин кўтариб боқсанг аслига,
Ўзи айтганчалик бахтиёр эмас.

Ночор, бенавоман, омадсизман деб,
Нолиган кимсанинг қай гапи ростдир.
Сокин назар қилсанг яйдоқ умрига
У ҳам ачингулик бахтсиз эмасдир.

Одам табиати шундоқ ҳамиша,
Зерикиш удуми қадимдан қолган.
Қўшиб ёзиш деган ишимиз бор-ку,
У қўшиб айтишдан сўнг пайдо бўлган.

Шодмонқул САЛОМ

@sukunatdan_keyin
75 views10:30
Ochish/sharhlash
2023-01-16 18:54:08
УЙҒОН

Нигоҳларда ёнган ўт қани бу дам?
Қай хочларга тортдинг озод сўзларни?
Тилини чайнашга ўрганган одам,
Ҳақиқат келмоқда... очгин кўзларни.

Сенга ҳам осонмас...
жўжа бирдек жон,
Асло ёмон кундан келмасин хабар.
Ҳеч бўлмаса бепушт бўлмасин виждон,
Ҳар онинг шу сўз~ла ўтсин муқаррар.

"Аллоҳу акбар".

Қувонч Бек

@sukunatdan_keyin
49 views15:54
Ochish/sharhlash
2023-01-16 10:58:34
Mana nima uchun she'r yozaman!

Haqiqat mavzusida kaminadan she'r.

P.s. Siz tan olgan haqiqat qanday?

@sukunatdan_keyin
64 views07:58
Ochish/sharhlash
2023-01-15 18:20:49
#TARBIYA

Fizika-matematika fakultetining professori, talabalarga bir umr esda qoladigan dars bermoqchi bo‘ldi.

Professor doskaga 1 raqamini yozdi va talabalarga qarab, "Bu sizdagi insoniylik. Hayotdagi eng muhim sifat", dedi.

Keyin 1 raqamining yoniga 0 ni qo‘yib, "Bu sizning insoniylik bilan erishgan yutuqlaringiz. Sizni 10 barobar ko‘tardi".

Yana bir 0 - tajribalaringiz. Bu bilan siz "100" ga teng inson bo‘ldingiz...

"Yana bir 0 - ehtiyotkorlik, sevgi-muhabbat, muvaffaqiyat...", dedi.

Professor: "Har bir qo‘shilgan 0 odamning insoniylik sifatlarni, fazilatlarini 10 barobarga oshirdi", dedi-yu, shartta eng boshdagi 1 raqamini o‘chirib tashladi va qolgan barcha qo‘shilgan nollar o‘z ma'nosini yo‘qotdi.

So‘ngida u talabalarga yuzlanib:

"AGAR SIZDA INSONIYLIK BO‘LMASA, SIZNING BILIMINGIZ HECH NIMAGA ARZIMAYDI!" dedi.

@sukunatdan_keyin
74 views15:20
Ochish/sharhlash
2023-01-15 16:59:16
#tushungan_tushundi

Kionofobiya - qor, sovuq yoki muzdan qo'rqish xastaligi.

Yaxshilab sovuq yegandan keyin deyarli o'rganib qolarkan kishi )

Qalinroq kiyining, hali anomal sovuq izg'ib yuribdi!

@sukunatdan_keyin
70 views13:59
Ochish/sharhlash
2023-01-15 15:16:52 ***

Ҳар кеча
хотиринг юракка қайтар,
забт этар
лаҳзада
жону жисмимни.
Ташқари чиқаман —
кеча мунаввар...
Шунда
такрорлайман йиғлаб исмингни.

Аммо ўртамизда бепоён кеча —
юлдузлар ўртанган сокин бир хилқат.
Ёлғизим,
мабодо
овозим етса,
ишонма...
йиғлама...
унутма фақат.

Усмон Азим

@sukunatdan_keyin
77 views12:16
Ochish/sharhlash
2023-01-14 20:25:56 #joiz_3

2023-yilning ilk asarini yakunladim. Vali G'OFUROV "Vafodor".

Ehtimol orangizda ushbu asarni o'qiganlar bo'lishi mumkin. Asarning hajmi kitobxonga sabr-matonatni o'rgatadigan darajada. 500 varoqdan ko'proq ushbu asarni 4 kun mobaynida yakunladim. Gap hozir necha kunda tugallab uni sizlarga aytib maqtanishimda emas. Gap shundaki, kitobning "jodusi" shu qadar kuchliki, uni tezroq tugallab qo'yishni istaysiz.

CHIN muhabbatni necha yoshingizda his qilgansiz? Yoki uning hissi sizda qanday kechgan? Ehtimol, orangizda sevgi ta'mini totganlar bo'lishi mumkindir yoki umuman, hali bu "ko'ngil qasriga" qadam bosmaganlar ham bo'lishi tabiiy. "VAFODOR" shunday asarki, haqiqiy sevgining bor bo'yi-bastini chizib bergan. Yozuvchi tomonidan gavdalantirilgan har bitta juft personajlarning taqdiri sizni asarni boshidan-oxirgacha befarq qoldirmaydi. Ishoning, ular bilan birga yashaysiz. Ularni his qilasiz, ular bilan nafas olasiz. Aytish lozimki, ularga o'xshab sevib-sevilishni istab qolasiz.

Bugun ertalab choy ichib xandon kulishib o'tirgan odamingiz bilan yarim soatdan keyin nima bo'lishini bilasizmi? To'g'ri, buni hech kim bilmaydi va siz ham, men ham "basharotchi" emasmiz. Asarning yana o'ziga xos jihati shundaki, taqdirlar shu qadar chiroyli tizilganki, o'qib "nima bo'lsa ham tugab qolmasin" degan ichki ovoz jaranglab chiqaveradi.

O'LIM, AYRILIQ, HASAD, HUSUMAT, TUHMAT... Yashashishingiz mobaynida sizga zarba beradigan ushbu holat-u illatlarga hamisha tayyor turish kerakligini yana bir bor isbotladi.

MUHABBAT, VAFO, SADOQAT, HAQIQAT... Hayotda yashash uchun muhim tuyg'ularni sof saqlash lozim. Hissiz yashashdanda og'ir holat bo'lmasa kerak, nazarimda.

Rustam bilan Muhabbatning sevgisi, Fozil bilan Katyaning ahd-u paymonlari, Karomatning sadoqati, Anya bilan Svetaning umr yo'li hamon fikrimda tizginsiz aylanmoqda.

Asarni maslahat beraman. O'qishga kirishing. Ehtimol, siz mendanda tez asarni yakunlab, xulosalaringizni o'rtoqlasharsiz.

Ha, aytgancha asarning yakuni nimtabassum uyg'otadigan so'zlar bilan yakunlangan:

"XAYR, VAFODORIM, XAYR!"

@sukunatdan_keyin
104 views17:25
Ochish/sharhlash