Get Mystery Box with random crypto!

#TARBIYA Fizika-matematika fakultetining professori, talabala | Izhor | Quvonch Bek

#TARBIYA

Fizika-matematika fakultetining professori, talabalarga bir umr esda qoladigan dars bermoqchi bo‘ldi.

Professor doskaga 1 raqamini yozdi va talabalarga qarab, "Bu sizdagi insoniylik. Hayotdagi eng muhim sifat", dedi.

Keyin 1 raqamining yoniga 0 ni qo‘yib, "Bu sizning insoniylik bilan erishgan yutuqlaringiz. Sizni 10 barobar ko‘tardi".

Yana bir 0 - tajribalaringiz. Bu bilan siz "100" ga teng inson bo‘ldingiz...

"Yana bir 0 - ehtiyotkorlik, sevgi-muhabbat, muvaffaqiyat...", dedi.

Professor: "Har bir qo‘shilgan 0 odamning insoniylik sifatlarni, fazilatlarini 10 barobarga oshirdi", dedi-yu, shartta eng boshdagi 1 raqamini o‘chirib tashladi va qolgan barcha qo‘shilgan nollar o‘z ma'nosini yo‘qotdi.

So‘ngida u talabalarga yuzlanib:

"AGAR SIZDA INSONIYLIK BO‘LMASA, SIZNING BILIMINGIZ HECH NIMAGA ARZIMAYDI!" dedi.

@sukunatdan_keyin