2023-01-09 09:08:08
She'rni Quvonch Bek o'qidi
Soyasida mayli o‘tir,
Yaproq sandan ranjimasin.
Poklanib, so‘ng qabrga kir,
Tuproq sandan ranjimasin.
Bu yo‘l nozik sen omon bo‘l,
Nafsing uchun eng yomon bo‘l,
Ismoilcha yot qurbon bo‘l,
Pichoq sandan ranjimasin.
Havolanma qo‘risalar,
To‘g‘ri so‘zla so‘rasalar,
O‘lsang, kafan o‘rasalar,
Mato sandan ranjimasin.
Oshig‘ing kechgani mahal,
Dod desin ko‘chganing mahal,
Suvidan ichganing mahal,
Buloq sandan ranjimasin.
Mahbubiy har mudom tik tur,
Dushmanga qarshi tetik tur,
Faqat rukuda egik tur,
Halloq sandan ranjimasin.
Soyasida mayli o‘tir,
Yaproq sandan ranjimasin...
Mahbubiy
P.s. ilk marotaba Telegramning o'zining audiosida she'r o'qib joylashim. Hech qanday ovoz bezaklarisiz
@sukunatdan_keyin
116 views06:08