Get Mystery Box with random crypto!

Izhor | Quvonch Bek

Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek I
Telegram kanalining logotibi sukunatdan_keyin — Izhor | Quvonch Bek
Kanal manzili: @sukunatdan_keyin
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 169
Kanalning ta’rifi

She'rlar, iqtiboslar, hikoyalar va shaxsiy qarashlar...

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-01-30 07:02:40 #Qora_quyosh_dostonidan

O'lgan o'ldi-ketdi.
Hech kim qaytmaydi.
Nega?
Nima uchun?
Bu ham muammo.
Tarix saqov kampir,
Dardin aytmaydi,
Aytolmas,
Unutib ham bo'lmas ammo.

Mana,
Qodiriyni qilishar so'roq:
"O'tgan kunlar" degan she'r siznikimi?
— Xa.
Ammo u she'r emas...
— Jim bo'ling, ahir.
She'rmi yo boshqami, avtori siz-da.
Tamom.
Boshqa gapga qolmaydi hojat.
Tergovchi – payg'ambar,
Tergovchi – xudo.
Temir zotdan kelgan buyruq – ijozat,
O'zbek yana bitta o'g'lidan judo.

Aybi shuki...
Aybi...
Kim bilsin buni,
Balki, juda noyob iste'dodidir.
Otishdimikin yo osishdi uni?
Balki, hukm ijrochisi jodidir.

Jodi deganlarin bilishmas yoshlar,
Bilmagani ma'qul bundan keyin ham.
Jodi orasiga tushganda boshlar
Odam...

Ko'zimga yosh to'lar mana shu yerda.
Qo'ynimga tosh to'lar mana shu yerda.
Ko'zimga tor bo'lib qoladi olam,
Oh, oltin bobom-a, voh tilla bobom...
O'tgan kuning qursin, Abdulla bobom!

Muhammad Yusuf

@sukunatdan_keyin
77 views04:02
Ochish/sharhlash
2023-01-29 20:03:06
Таниш

Таниш йўллар... таниш бекатлар,
Таниш анҳор... таниш ўриндиқ.
Сирларимни сотмас кўчалар,
Уларга ҳам таниш кўриндик.

Узоқ нурдай порлар хотира,
Ҳиссиётлар тирилар бир зум.
"Ёт" ерларга кузатиб, сармаст
"Таниш"лар-ла қолдим бир ўзим.

Қувонч Бек
29.01.2023

@sukunatdan_keyin
74 views17:03
Ochish/sharhlash
2023-01-29 16:46:51 Vatanga chiroyli sevgi izhor bo'libdi

Sevishingni ayt, faqat tildamas,
Ishonch qolmayapti, lekin urinib ko'ray...


@sukunatdan_keyin
75 views13:46
Ochish/sharhlash
2023-01-29 11:17:12 #kayfiyat

Bola paytimdan onam bilan ko'z qarashlar bilan aloqani yo'lga qo'yganmiz. Ayniqsa, uyga mehmon kelganda yoki mehmonga borsak, bitta qarashlari bilan yolg'iz qolganimizda nima bo'lishini ifodalardi

@sukunatdan_keyin
80 views08:17
Ochish/sharhlash
2023-01-28 22:22:22 Nastalgi

@sukunatdan_keyin
83 views19:22
Ochish/sharhlash
2023-01-28 14:21:31 Yaxshi post bo'libdi. O'qishni tavsiya qilaman.

@sukunatdan_keyin
87 views11:21
Ochish/sharhlash
2023-01-28 06:04:45 #xayrli_tong

...Har kimning ham o'ziga xos nozik yeri, boshqacha qilib aytganda, shkafida o'z skeleti bor.

"Martin Iden" asari

@sukunatdan_keyin
93 views03:04
Ochish/sharhlash
2023-01-27 17:41:19
#nazm

Baxt nima?

Ming bo'lakka bo'lib dunyoni,
Tug'ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo'llaridan tutib ro'yoni
Atrofda baxt, ba'zan bilmaymiz!

Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog'insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!

Kimlarnidir sevib, sog'inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog'ing bilan,
Shu bir qultum suvni yutganing!

Hamma yerda baxtlaring sochiq,
Bahorlardan go'zallik yiqqan.
Baxt emasmi? Ko'zlaring ochiq
Osmonga boq, ko'kka oy chiqqan.

Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki baxt - yelib tolmoqlik.
Hammaga ham nasib etmaydi,
Tongda turib nafas olmoqlik!!!

Erkin Vohidov

P.s. "Baxt"ni qanday rasm bilan ifodalaysiz? Suratlarni izohlarda qoldiramiz.

@sukunatdan_keyin
93 viewsedited  14:41
Ochish/sharhlash
2023-01-27 14:02:46
#xulosa

Sherning o'lishi ham insonlarga ibratdek, ehtimol.

O'zi qazigan chohga o'zini dafn qilish. Tag'in barchadan holi...

@sukunatdan_keyin
85 views11:02
Ochish/sharhlash
2023-01-27 08:38:32 ...qayering og'risa, o'sha yering jon deyishadi xalqimiz.

@sukunatdan_keyin
85 views05:38
Ochish/sharhlash