Get Mystery Box with random crypto!

Sherzod Shermatov

Telegram kanalining logotibi shshermatov — Sherzod Shermatov S
Telegram kanalining logotibi shshermatov — Sherzod Shermatov
Kanal manzili: @shshermatov
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.51K
Kanalning ta’rifi

Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov
Instagram: https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov
Telefon: 998 71 2384107

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2021-06-20 21:57:39
Andijon viloyatida to’q qizil maktablar soni 7 barobarga kamayib, umumiy OTMga kirgan bitiruvchilar soni 2,4 barobarga ortishi natijasida, OTMga kirgan bitiruvchilar ulushi bo’yicha viloyat hududlar orasida 3 pog’ona yuqoriga ko’tarilgan.

OTMga kira olmagan 4 mingdan ortiq bitiruvchiga 41 mlrd so’m kreditlar berilishi natijasida ularning ham bandligi ta’minlangan.

Albatta, har bir hududda qilinishi kerak bo’lgan ishlar va yig’ilib qolgan muammolar juda ko’p, lekin ijobiy o’zgarish va natijalarni ham aytib o’tish lozim. Shundagina, ushbu hududdagi jamoa yanada yaxshiroq natijalar uchun ko’proq harakat qiladi.

Hali OTMlarga asosiy imtihon boshlanmasidan, 200dan ortiq bitiruvchilar turli xalqaro OTMlarga qabul qilinib bo’ldilar.

Bunday o’quvchilar bilan suhbatda ularning shijoati va g’ayrati to’lib turganiga guvoh bo’lish mumkin.

Eng qiyin savol esa qanday qilib boshqa yoshlarni ham bu kabi natijaga erishayotgan yoshlarga xasad emas, havas qildirishga o’rgatish…
80.1K views18:57
Ochish/sharhlash
2021-06-16 22:07:30 Bugungi selektorda ham Prezidentimiz ta'lim sifatini yaxshilash uchun asosiy urg'uni o'qituvchilarni oylik maoshini oshirish zarurligiga qaratganlari, kelgusi yillardagi Davlat Byudjetini tasdiqlovchi ba'zi deputatlarimizni ham to'g'ri xulosa qilishga undaydi deb umid qilamiz...
23.5K viewsedited  19:07
Ochish/sharhlash
2021-06-15 12:12:52
TESOL: Teaching English to Speakers of Other Languages. Ushbu sertifikatni TOEFL yoki IELTSdan asosiy farqi, u nafaqat ingliz tilini bilishni, balki boshqa tilda so'zlovchilar uchun Ingliz tilini o'rgata olishini bildiradi.

TESOL sertifikatiga ega o'qituvchilar xalqaro maktablarga bemalol ishga kira oladi. O'qituvchi ushbu sertifikatni o'zi harakat qilib olaman desa, kamida $2000 xarajat qilishiga to'g'ri kelar edi. Hozir ushbu xarajatlarning barchasi grant hisobiga qoplanmoqda.

"English Speaking Nation" loyihamiz doirasida yuzga yaqin oddiy maktab o'qituvchilarimiz yaqinda TESOL sertifikatlariga ega bo'ladilar, yil yakunigacha ularninig soni 400 nafarga yetadi deb umid qilamiz. Umuman olganda, 3 yil ichida ushbu loyiha 15 mingdan ortiq ingliz tili o'qituvchilarimizni malaka oshirishiga yordam beradi.

Chet tilini o'rgatish uchun birinchi navbatda chet tillari o'qituvchilarining o'zlari shu kabi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishga harakat qilishlari zarur, shundagina ularga qo'shimcha ustama ham bo'ladi
21.5K views09:12
Ochish/sharhlash
2021-06-13 08:09:22
Prezidentimiz tomonidan tashqi siyosatda eng ustuvor vazifa qo'shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash ekanligi belgilanib, chegaralar ochilgani va savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayayotgani ikki davlat aholisini juda xursand bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa, Tojikiston bilan chegaradosh hududlardagi aholi bilan samimiy suhbat davomida qanchalik bu ularning hayotida ijobiy o'zgarishlarga olib kelganiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

O'tgan yili biz Tojikistonda maktab ochgan edik, bu yil ular tomonidan qurib berilgan maktabni o'zimizda ochdik. Bu kabi loyihalar ikki davlat o'rtasidagi o'zaro do'stona aloqalarni uzoq muddatli bo'lishiga xizmat qilishi aniq. Bunday maktablarning har bir bitiruvchisi kelgusida ikki mamlakat orasidagi do'stlikni chin dildan targ'ib qiladigan insonlar bo'lib yetishadi deb umid qilamiz.

Videoni yuqori sifatda ko’rish uchun: https://bit.ly/35eKqIT
2.7K viewsedited  05:09
Ochish/sharhlash
2021-06-06 10:10:51
Bobotog‘da yillar davomida rus tili tayinli o‘tilmagan maktabda endi malakali rus tili o‘qituvchisi dars o‘tmoqda

Uzoq hududlardagi hamda taʼlim sifati past bo‘lgan maktablarda taʼlim sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida, boshqa hududdan oliy yoki birinchi toifali o‘qituvchilar kelishini rag‘batlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, yillar davomida rus tili tayinli o‘tilmagan maktablardagi oquvchilarga malakali o‘qituvchidan dars olishlariga imkoniyat yaratdi.

Andijonlik fidoiy o‘qituvchimiz Adilbek Ataboev Surxondaryoning bunday uzoq hududiga borib ishlayotganini eshitib, biz ham undan xabar olib qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun bordik. Haqiqatda juda uzoq hududligigan, yo‘lda ketayotganimizda juda chiroyli tog‘ manzaralarini tomosha qilib ketdik.

O‘qituvchimizga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni va noutbuk taqdim etilgani darslarni yanada samaraliroq o‘tkazishga yordam beradi deb umid qilamiz.

www.ustozfondi.uz
Batafsil: https://bit.ly/334t14J
70.3K views07:10
Ochish/sharhlash
2021-05-30 21:23:52
Yozda vaqtlarini behuda o'tkazmay o'z halol mehnati bilan oila ro'zg'origa ko'maklashayotgan yuqori sinf o'quvchilaridan tengdoshlari o'rnak olishi zarur

Urgutga borganimizda qator maktab o'quvchilari bilan yoz vaqtida qo'shimcha daromad topishlari haqida suhbatlashdik. Ularni orasida nafaqat o'zi mehnat qilib 5-10 mln so'm oyiga topayotganlari, balki o'zidan tashqari qo'shimcha 30-40 ishchilarni ham oylik bilan ta'minlab, o'zi oyiga 15-20 mlndan ortiq daromad topayotgan tadbirkorlari ham bor ekanligini ko'rib juda xursand bo'ldim.

O'tgan yilgi ma'lumotlarimiz faqat oliy ta'limga kirish bo'yicha bo'lganiga Urgut tumani ko'rsatkichi ancha past edi, kelgusi yildan esa maktab faoliyati natijalari nafaqat bitiruvchilarini OTMga kirgani, balki umuman bitirganidan keyingi bandligi bilan baholanadigan bo'lishini inobatga olib, maktablarimiz OTMga qiziqishi yo'q bo'lgan o'quvchilarni mehnat bozoriga to'g'ri yo'naltirish bo'yicha sektor rahbarlari bilan hamkorlikda harakat qilishi kerak.
71.6K views18:23
Ochish/sharhlash
2021-05-28 10:52:38
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarixda birinchi bor bitiruvchilarga yuborilgan tabrikni maktablarga borib shaxsan yetkazgan barcha hudud rahbarlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz

Bu yil ilk marotaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maktab bitiruvchilariga tabrik yuborildi va uni barcha hududlardagi rahbarlar shaxsan maktablardagi  “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga borib bitiruvchilarimizga yetkazishdi. Shuningdek, o'zlarining ham hayotiy tajribalari bilan bo'lishishdi.

Bu esa bitiruvchilarimizga kelgusi hayotlarida muvaffaqiyatga erishishlariga qo'shimcha juda katta motivatsiya berishi bilan birga, joylarda maktablarga yordam berish haqiqiy umummilliy harakatga aylanayotganiga yorqin misol bo'ldi.
28.8K views07:52
Ochish/sharhlash
2021-05-24 18:05:16
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление всем выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
13.6K views15:05
Ochish/sharhlash
2021-05-21 22:51:58
22 may soat 14:00da bo‘ladigan 5 tashabbus harakati doirasidagi uchrashuvda yoshlarga 3 ta noutbuk ham beriladi

5 tashabbus harakati tashkilotchilari “To‘y to‘ydek bo‘lsin!” deb aytishgan ekan, endi “To‘yga to‘yona bilan borish kerak!” deb ertangi “Vazir va yoshlar” uchrashuvida 5 tashabbus harakatini maktablarga kengroq yoyish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya bergan yoshlarga 3 ta noutbuk taqdim qilmoqchimiz. Noutbuk faqatgina g‘oya beradigan emas, balki o‘zi shu g‘oyani amalga oshira oladigan yoshlarga nasib qiladi deb umid qilamiz!

Marhamat, g‘oyalaringizni tayyorlab, ertangi uchrashuvga keling. Tadbirda qatnashish uchun www.toshkent21.uz sayti orqali online ro‘yxatdan o’ting.
51.5K viewsedited  19:51
Ochish/sharhlash
2021-05-16 20:22:27
Barcha maktab direktorlari bu kabi ijobiy tajribani ommalashtirishga va hamkorlikda yoshlarimizni sportga qiziqtirishga harakat qilishlari zarur

Chilonzordagi 182-maktabga kirganimda juda yaxshi holatning guvohi bo'ldim. Eski ishlatilmaydigan ustaxona binosini Taekvondo bo'yicha chempionga to'garak o'tkazish uchun berishgan ekan, u o'z hisobidan u yerni ta'mirlab, jihozlab, qator chempionlarni yetishtirib chiqaradigan dargohga aylantirishga erishibdi. Maktab direktori va to'garak rahbari Timur Nuraliev suhbat davomida ushbu to’garakninig nafaqat bolalar sog'lig'i va tarbiyasiga, balki ularninig yaxshiroq o'qishlari uchun ham ijobiy ta'siri bo'layotganini batafsil aytib berishdi. Umuman olganda, maktab binosi eski bo'lsada, jamoasining o'z ishiga fidoiy yondashishi yaqqol ko'rinib turganini maktabga borib darrov sezish mumkin. Batafsil: https://bit.ly/3uU3Bmn
107.7K views17:22
Ochish/sharhlash