Get Mystery Box with random crypto!

Sherzod Shermatov

Telegram kanalining logotibi shshermatov — Sherzod Shermatov S
Telegram kanalining logotibi shshermatov — Sherzod Shermatov
Kanal manzili: @shshermatov
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.51K
Kanalning ta’rifi

Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov
Instagram: https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov
Telefon: 998 71 2384107

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2021-05-10 14:04:45
O'zbek tili bilan birga yana 2 ta chet tilini o'rganib chiqqan maktab bitiruvchisining dunyoqarashi hamda kelajakda daromad topish imkoniyatlari yanada kengayadi

Yoshlarimizni chet tillarini o'rganishga undashimiz zarur! Hozir internet orqali ham mustaqil o'rganish imkoniyatlari juda ko’p, masalan duolingo.com yoki youtubedagi chet tillarini o'rganish kanallaridan foydalanib, yoshlarimiz vaqtlarini behuda o'tkazish o'rniga o'z bilim va ko'nikmalarini oshirib borishlari mumkin. Internet bo'lmasa, bepul Online-maktab televizion kanallarimizda xorijlik mutaxassislar tomonidan chet tili darslari o'tilmoqda.

Chet tilini yaxshi bilib, dars beradigan o'qituvchilar uchun ham qo'shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ushbu yo'nalishda bo'layotgan o'zgarishlar bilan batafsil quyidagi lavhada tanishishingiz mumkin.

Facebookda yuqori sifatli videoni ko‘rish uchun: https://bit.ly/3bcT6TG
#English_speaking_nation #IT_nation
29.5K views11:04
Ochish/sharhlash
2021-05-04 15:16:45
Ramazon oyida, fursatdan foydalanib, yoshlarimizni yana bir bor ilm olishga undashga harakat qildik. Videoni to’liq ko’rib chiqishni tavsiya qilamiz.

Facebookda yuqori sifatda ko’rish uchun: https://bit.ly/3ehbFaZ
25.5K views12:16
Ochish/sharhlash
2021-05-02 21:33:51
137 views18:33
Ochish/sharhlash
2021-04-29 22:58:52
Qo‘shnilarimizdagi bugungi xavotirli xabarlar hammamizni ogohlikka chorlaydi. Tinchlikni qadriga yetib, har qanday kelishmovchiliklarni qurol bilan emas, o‘zaro muhokamalar orqali hal etish juda muhim ekanligini barchamiz tushunib yetishimiz kerak. Aks holda, bu kabi holatlar o‘zi shundoq ham ko‘p bo‘lmagan moliyaviy resurslarni insoniyatni rivojlantirish uchun emas, qirishga safarbar etilishiga sabab bo‘lishi mumkin…

Prezidentimiz tashqi siyosatdagi eng ustuvor yo‘nalishi sifatida yaqin qo‘shnilar bilan aloqalarni yaxshilashga qaratganlari va birinchi rasmiy tashriflarni ham aynan qo‘shni davlatlardan boshlaganlarida juda chuqur ma’no bor.

Insoniyat umumiy ko‘rinmas dushman bilan kurashib turgan vaqtda mablag‘larni bir-birini qirishga emas, balki rivojlantirishga sarf etilsa yaxshiroq natija bo‘lar edi.

Tinchligimizni asraylik!
57.0K viewsedited  19:58
Ochish/sharhlash
2021-04-25 22:49:27
Maktablarni qo‘shimcha daromadini oshirib, o‘quvchilarga ham daromad topishni o‘rgatayotgan pedagoglarimizning ijobiy tajribalarini ommalashtirish zarur

Samarqand shahridan Paxtachi tumaniga ketayotganda yo‘lda maktab ko‘ringanida, bir to‘xtab ko‘raylikchi qanday ekan deb kirib juda yaxshi holatning guvohi bo‘ldik. Maktab direktori maktabning yerlaridan unumli foydalanib, turli xil ekinlar, issiqxonalar tashkil qilgani bilan birga fidoyi tasviriy san’at o‘qituvchisining mahsulotlarini ko‘rsatdi. O‘qituvchi bolalar bilan birga ko‘pgina yo‘nalishda ijod namunalarini yasab, erkin savdoga ham berib yuborar ekan.

Natijada o‘ziga, maktabga va o‘quvchilarga qo‘shimcha daromad topibgina qolmay, balki bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishiga o‘ziga xos poydevor yaratayapti. Samarqandda turizm imkoniyatlari keng bo‘lgani tufayli har bir sayyoh o’zi bilan esdalik uchun nimadir olib ketgisi keladi. Batafsil: https://bit.ly/2R0IKyE
110.8K views19:49
Ochish/sharhlash
2021-04-23 21:37:56
350 ta grant imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha motivatsiya

1 may
kunigacha hujjatlarni http://admission.eyuf.uz/ orqali topshirishga kechikmang! “EL-YURT UMIDI” jamg‘armasi orqali chet elda bakalavr, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratilgan 350 ta grant o‘rinlariga hujjatlarni topshirish bo‘yicha Jamg‘arma vakillari bilan birga ochiq muloqot qilib barcha savollarga javob berilgan edi. (Qaytadan ko‘rish uchun: https://bit.ly/32F1eY7 )

Shundan so‘ng ijodkor yoshlarimiz ba’zi chet elda o‘qib qaytgan Xalq ta’limi vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlarimiz bilan qisqacha suhbat uyushtirishib videorolik tayyorlashgan ekan. Tomosha qilishni tavsiya etaman. O‘qishga harakat qilishga ikkilanayotganlarga qo‘shimcha motivatsiya bo‘lar degan umiddaman.

Ushbu insonlar kabi bizning jamoaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar, marhamat, ARGOS orqali hujjat topshiring: https://bit.ly/3rIYTp6

#MOPE_team #BestPlaceToWork
181.3K views18:37
Ochish/sharhlash
2021-04-22 08:54:18
Ҳурматли ўқитувчилар, Мустақиллигимизнинг 30 йиллиги муносабати билан 30 миллион сўм мукофотга эга бўлинг!

Ўқитувчиларга бундай қўшимча имконият учун Касаба уюшмалари Федерациясига миннатдорчилик билдирамиз ва бошқа ташкилотларни ҳам ўқитувчилар учун шу каби танловлар ва қўшимча рағбатлантиришлар ташкил этишда ҳамкорликка чақирамиз!

ТАНЛОВ ҲАҚИДА МАЪЛУМОТ: https://bit.ly/2RJJEQz
126.1K viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2021-04-19 23:23:12
1,5 stavka dars soati olgan, oliy yoki birinchi toifali CEFRga ega ingliz tili o’qituvchisi olis hududdagi qizil maktabda ta’lim bersa oyligi 10 millionga yetishi bilan birga, yillar davomida ingliz tili o’qituvchisi bo’lmagan shunday maktablardagi o’quvchilarning kelajagiga juda katta yordam bo’lishi aniq.

Nurobod tumanining olis hududida yillar davomida ingliz tili darsi o’tilmagan qizil maktabga buxorolik er-xotin ingliz tili o’qituvchilari kelgani ushbu maktab o’quvchilari uchun ta’lim sifatini oshirishga ko’mak berishni boshlaganini guvohi bo’lib, ularga minnatdorchilik sifatida “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishonini topshirib keldik. Shunday fidoiy o’qituvchilarimiz ko’paysa, albatta, ta’lim sifati past maktablarda ham ijobiy o’zgarishlar tezroq bo’ladi.

Shuningdek, Nurobod tumanining olis hududlariga borib ishlayotgan boshqa qator, asosan yosh o’qituvchilar bilan ham uchrashdik. Ular ham o’zlari tug’ilib o’sgan mahallalarini tashlab kelib dars o’tishmoqda. Batafsil: https://bit.ly/32vnG5W
97.5K views20:23
Ochish/sharhlash
2021-04-18 21:03:03
Samarqand viloyatidagi qator yoshlarimiz maktabni bitirmasdanoq dunyoning nufuzli universitetlari (Columbia va Duke ham bor orasida) ning talabalari bo’lishganiga guvoh bo’ldik. Bu esa harakat qiladigan yoshlar uchun hozir imkoniyatlar ko’pligidan dalolat beradi.

Yoshroq o’quvchilarimiz bilan uchrashuvda ularning dasturlash bo’yicha loyihalarini berilib tushuntirishlarini ko’rib, bu farzandlarimiz harakati ularni kelajakda yanada yuqoriroq marralarga erishishiga yordam beradi deb umid qilamiz. Ularning orasida telegram kanallari orqali dizayn uchun buyurtma olib, hozirning o’zida oyiga 3-5 mln so’m topayotgani ham bor ekan.

Yana bir bor, yoshlarimiz vaqtini behuda o’tkazmay, kimdir nimadir qilib berishi kerakligini kutib o’tirmay, internetdan imkoni boricha unumli foydalanib, kelajaklari uchun imkoniyatlarini kengaytirib borishlari kerak.

#Yoshlar_kelajagimiz #IT_nation #English_speaking_nation
49.9K views18:03
Ochish/sharhlash
2021-04-17 23:15:29
Jizzah viloyatida homiy tadbirkor tomonidan qurib topshirilgan yangi davlat maktabini eskisidan farqi. O'quv jarayoni uzilmasligi uchun eski maktab yonida qurildi. Tadbirkor eski maktab o'rnida esa nodavlat maktab tashkil etadigan bo'ldi. Natijada shu hududda 2 ta yangi maktab bo'ladi.

Ochilish marosimidan jonli efir: https://bit.ly/3uUXNc7
3.5K views20:15
Ochish/sharhlash