Get Mystery Box with random crypto!

Prezidentimiz tomonidan tashqi siyosatda eng ustuvor vazifa qo | Sherzod Shermatov

Prezidentimiz tomonidan tashqi siyosatda eng ustuvor vazifa qo'shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash ekanligi belgilanib, chegaralar ochilgani va savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayayotgani ikki davlat aholisini juda xursand bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa, Tojikiston bilan chegaradosh hududlardagi aholi bilan samimiy suhbat davomida qanchalik bu ularning hayotida ijobiy o'zgarishlarga olib kelganiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

O'tgan yili biz Tojikistonda maktab ochgan edik, bu yil ular tomonidan qurib berilgan maktabni o'zimizda ochdik. Bu kabi loyihalar ikki davlat o'rtasidagi o'zaro do'stona aloqalarni uzoq muddatli bo'lishiga xizmat qilishi aniq. Bunday maktablarning har bir bitiruvchisi kelgusida ikki mamlakat orasidagi do'stlikni chin dildan targ'ib qiladigan insonlar bo'lib yetishadi deb umid qilamiz.

Videoni yuqori sifatda ko’rish uchun: https://bit.ly/35eKqIT