Get Mystery Box with random crypto!

Bobotog‘da yillar davomida rus tili tayinli o‘tilmagan maktabd | Sherzod Shermatov

Bobotog‘da yillar davomida rus tili tayinli o‘tilmagan maktabda endi malakali rus tili o‘qituvchisi dars o‘tmoqda

Uzoq hududlardagi hamda taʼlim sifati past bo‘lgan maktablarda taʼlim sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida, boshqa hududdan oliy yoki birinchi toifali o‘qituvchilar kelishini rag‘batlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, yillar davomida rus tili tayinli o‘tilmagan maktablardagi oquvchilarga malakali o‘qituvchidan dars olishlariga imkoniyat yaratdi.

Andijonlik fidoiy o‘qituvchimiz Adilbek Ataboev Surxondaryoning bunday uzoq hududiga borib ishlayotganini eshitib, biz ham undan xabar olib qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun bordik. Haqiqatda juda uzoq hududligigan, yo‘lda ketayotganimizda juda chiroyli tog‘ manzaralarini tomosha qilib ketdik.

O‘qituvchimizga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni va noutbuk taqdim etilgani darslarni yanada samaraliroq o‘tkazishga yordam beradi deb umid qilamiz.

www.ustozfondi.uz
Batafsil: https://bit.ly/334t14J