Get Mystery Box with random crypto!

SIZ MENGA YOQASIZ, ANCHADAN BERI. Siz menga yoqasiz, anchadan | Sevgi She'rlari

SIZ MENGA YOQASIZ, ANCHADAN BERI.

Siz menga yoqasiz, anchadan beri
Jurʼatim yetmaydi dilim ochmoqqa
Labimni juftlayman “aytayinmi?” deb
Koʻp bora urindim sizga yoqmoqqa

Siz menga yoqasiz, yillarmi boʻldi
Jilmayib oshiqdim sizni koʻrgali
Gullardan chambarak yasadim oʻzim
Yoʻlingiz kutaman sizga ilgali.

Siz menga yoqasiz, sizni sevaman
Sizdan yuz burolmam, uzolmam koʻzim
Oynaga goh-goho boqib qoʻyaman
Bunchalar sevaman oʻzimni oʻzim)
.

Yaqinlaringizga ulashing

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj