Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqidi: Erkin Rasulov Muallif: Baxtiyor Ikromov Berkinmach | Sevgi She'rlari

Oʻqidi: Erkin Rasulov
Muallif: Baxtiyor Ikromov

Berkinmachoq.

Zo'r o'yin berkinmachoq,
Qidir deysan,top deysan.
Ko'rib olding hisobmas,
Ko'zlaringni yop deysan.

Berkinasan gohida,
Tut daraxti tomonga.
Gohi devor ortiyu,
Ba'zan eski ayvonga.

Darrov izlab topsamchi,
Arazlaysan bo'lib jim.
Axir seni topmasam,
Topolmasdi biron kim.

Yillar o'tdi quvlashib,
Qismat o'yin o'ynadi.
Seni izlab topmoqqa,
Sira-sira qo'ymadi.

Berkindingku sen gulim.
O'zga ko'ngil bog'iga.
Topolmasman seni xech,
Ko'nib yurak dog'iga...


BAXTIYOR .....MIRZO.

"DÒRMON IJODKORLAR KLUBI" a'zosi...


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj