Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-03 02:45:37 Mohirdevdagi quyidagi kurslar uchun mentorlar kerak. Ish tajribasi bo'lishi ma'qullanadi. Asosiy ish yoki o'qish joyiga qo'shimcha подработка sifatida ishlashga mos.

Vazifalar:
- kurslar uchun test va amaliy vazifa tuzish
- o'quvchilar savollariga guruhda javob berish
- topshirilgan amaliy vazifalarni tekshirish (esimdan chiqqan ekan)

.NET dasturlash
English for IT
Full Stack Java
iOS & Swift dasturlash
PHP & Yii dasturlash
SMM dizayn
UX/UI dizayn

@Muhammadjavohirbek ga yozishingiz mumkin.
5.1K views23:45
Ochish/sharhlash
2023-04-02 08:21:49
Nega universitetda oʻqish kerakligini yaxshi tushuntiribdi brat .

@sariqdev
2.5K viewsedited  05:21
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:18:42 Vakansiyalardagi hamma talablarga javob berish shartmi?

Bugun Mohirdevdagi studentlar bilan gaplashganimda shunday savol berishdi. O’quvchilardan biri vakansiyaga ko’zi tushib qolibdi. U vakansiyada juda ko’p texnologiyalar eslatib o’tilgan ekan talablar orasida. Tahminan HTML, CSS, JavaScript, PHP, Yii, MySQL, Docker, AWS va yana bir qancha texnologiyalar. Tajriba esa 2 yil so’ralgan holos.

Men quyidagicha javob berdim.

Hammasini bilishingiz shart emas. Bu texnologiyalar listining ma’nosi o’zi asli quyidagicha: “Biz ishda shu texnoligiyalarni ishlatamiz“. Sizdan ishga kirayotganingizda bularning har birini bilish talab qilinmaydi. Komaniyalar ham bunday ideal kandidat qidiradigan bo’lishsa ko’p qidirishadi. Sizdan shularning eng asosiylarini bilishingiz va qolganini o’rganib keta olishingiz talab qilinadi.

Ba’zida birortasini ham bilishingiz shart emas. Yo’nalishingiz bir xil bo’lsa bo’ldi. Masalan siz shu paytgacha Python, Django va GCP bilan ishlagan bo’lsangiz ham tepadagi vakansiyaga topshirangiz bo’laveradi. Chunki yo’nalish bir xil: Backend va Cloud.

Bunday katta talablarni ko’rib tushkunlikka tushib topshirishdan uyalmang. Topshiravering. Sizdan nima ketdi? Kamida intervyu qilish mahoratingiz oshadi. Ha, bu ham alohida mahorat.

@jakhonrakhmonov
4.0K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-03-27 17:13:21
Mohirdevda iftor
5.9K views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-27 12:49:51 @mohirdev da Python vakansiya:

https://oneapp.ly/en/jobs/middle-python-django-dasturchi
6.8K views09:49
Ochish/sharhlash
2023-03-25 15:02:54 Suhbat boshlandi https://www.youtube.com/live/UHIwp_NAJBE
2.5K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-03-25 08:56:58 Mohirdevda ish bormi deganlarga maxsus: https://oneapp.ly/uz/jobs/middle-senior-node-js-dasturchi
4.6K views05:56
Ochish/sharhlash
2023-03-25 07:23:03 Agar siz tez-tez ish va topshiriqlar sizga kelishini kutib yashayotgan bo’lsangiz, siz yaxshi dasturchi emassiz

Yaqinda Amazondagi bir Senior dasturchi bilan gaplashganimda shu fikrni aytdi. Men haqimda emas albatta Uning aytishi bo’yicha u shu paytgacha ishlagan har bir jamoada bir kishi uchun deyarli har doim deyarli cheksiz miqdorda ish bo’lgan. Yaxshi dasturchilar bundan foydalanib qolgan va uning “impact” ya’ni tasir doirasi katta bo’lgan. Yaxshi bo’lmaganlar esa kutib vaqtini o’tqazgan. Tasir doirasi katta bo’lgan mutahasislar esa eng ko’p qadrlanadi.

Masalan siz har doim kodning yomon yozilgan qismlarini yaxshilashingiz mumkin. Siz har doim yangi testlar yozishingiz mumkin. Siz har doim testlarni tezlashtirishingiz mumkin. Siz har doim “build time” larni tezlashtirishingiz mumkin. Siz har doim CI/CD pipelinelarni tezlashtirishingiz mumkin. Siz har doim ko’p esdan chiqib qoladigan narsalar uchun “pre-commit hook“ lar qo’shishingiz mumkin. Siz har doim backlogda anchadan beri turgan kichik buglarni olib to’g’irlashingiz mumkin. Siz har doim ishlatilmayotgan kodni o’chirib tashlashingiz mumkin. Siz har doim “duplicate” kodlarni kamaytirishingiz mumkin. Siz har doim dokumentatsiya yozishingiz yoki borini yaxshilashingiz mumkin.

Qilish kerak bo’lgan muhim ishlar har doim juda ko’p bo’ladi. Agar siz vazifalar sizga o’zi PM yoki team-lead tomonidan kelishi kerak deb hisoblasangiz, siz yaxshi dasturchi emassiz va siz zo’r “impact” qilish imkoniyatlarini boy beryapsiz.

@jakhonrakhmonov
3.7K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-03-24 18:35:57
Dasturlash uchun 3 ta eng yomon til:
1. Bunday til yoʻq. Har bir tilning oʻziga yarasha afzalliklari bor va maʼlum bir vazifalarni boshqalaridan yaxshiroq bajaradi.
2. PHP

@Sardoroga_blog tomorqasiga
3.7K views15:35
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:42:34
#bugun soat 15:00 da | "Fikrat" tahliliy dasturi

Mavzu: Sun'iy intellektni qanday javobgarlikka tortish mumkin?

Ekspertlarimiz:
professor Said Saidahrarovich Gulyamov, dotsent Bozarov Sardor Sohibjonovich, "Mohirdev" onlayn platformasi bosh direktori Anvar Narzulloh

Havola https://youtube.com/live/jDUxesVx2YM

AzonTV
4.8K views09:42
Ochish/sharhlash