Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-03-20 08:24:32
Mohirdev jamoasi PlugAndPlay kompaniyasining O’zbekistondagi ilk aksseliratsiya dasturiga saralangan startuplar qatoridan joy oldi.

Jami 120 ta startupdan 16 tasi 3 oylik aksseliratsiya dasturida qatnashish imkonini qo’lga kiritdi.

Dastur davomida startuplar xalqaro darajadi mentrolar rahbarligi ostida o’z loyihalarini yanada rivojlantirish ustida ishlaydilar.

Dastur yakunida esa istiqbolli startuplar $500K gachada investitsiya ham olishlari mumkin bo’ladi.
3.4K views05:24
Ochish/sharhlash
2023-03-18 04:57:53
Xushxabar: Mart oyi oxirigacha Data science va Sunʼiy intellekt yoki Fullstack Python praktikumlaridan birini harid qilganlarga Mukammal telegram bot kursi bepul beriladi.
7.1K views01:57
Ochish/sharhlash
2023-03-16 21:07:46
Kechagi postdan keyin baʼzilar "Sunʼiy intellektdan foydalanish nima degani?" deb soʻradi.

Shunchaki videoni koʻring. Microsoft kompaniyasining Copilot dasturi avval faqat kod yozgan boʻlsa, endi copilot barcha Microsoft dasturlariga integrasiya boʻlar ekan.

Imkoniyatlari cheksiz desam mubolagʻa boʻlmaydi.
6.6K views18:07
Ochish/sharhlash
2023-03-16 17:45:56
Dasturchilik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan, Amazon web Services kompaniyasida Software Engineer bo’lib ishlayotgan hamyurtimiz Jakhongir Rakhmonov bilan ovozli suhbatga taklif qilamiz.

Suhbat mavzusi: “Building a career as a Python developer”

Vaqti: 17-mart, Juma kuni, 16:00 da

Suhbat davomida qanday qilib Python dasturchisi sifatida muvaffaqiyatli karyera qurish bo’yicha tavsiyalar ham bo’ladi.
Ovozli suhbat oxirida o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo’ladi.

Suhbat @djangodarslari kanalida bo’lib o'tadi.

Jakhongir Rakhmonov ga savollaringniz bo'lsa, shu post ostiga yozib qoldiring.
5.6K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-03-16 16:01:36
Toshkent Davlat Yuridik Universitetida "Sunʼiy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik" nomli doktorlik ishi himoyasida qatnashdim.

Bizda ham sunʼiy intellektning huquqiy tomonlari oʻrganib boshlabgani bu yaxshi yangilik. Muammolar juda koʻp, elementar mualliflik huquqidan boshlab, SI tomonidan berilgan yoki SI yordamida olingan xulosa uchun javobgarlik masalasi koʻp davlatlarda ochiq qolmoqda.

Masalan, oʻzi yurar avtomobil taksi odam urib ketsa, kim aybdor? Avtomobil ishlab chiqaruvchimi, dasturchimi, yoʻlovchimi yoki taksi kompaniya?

SI yordamida xato diagnoz qoʻygan shifokor javobgarlikni qisman dasturga yuklay oladimi?

Kelajakda SI alohida subyekt boʻlishi mumkinmi (jismoniy shaxs va yuridik shaxs qatorida, sunʼiy shaxs masalan)?

Bunday ochiq savollar SI rivojiga ham salbiy taʼsir qiladi, sababi, huquqiy javobgarlik mavhum boʻlib turganda SI xatolari uchun masʼuliyatni hech kim oʻz boʻyniga olgisi kelmaydi.

Xullas, hali huquqiy tomondan ham qilinadigan ishlar koʻp ekan.

Sizni fikringiz qanday, SI xatolari uchun kim javobgar?
6.5K views13:01
Ochish/sharhlash
2023-03-15 12:41:55 GPT-4 ni GPT-3.5 dan qanday farqlari bor?

1. GPT-4 tasvirlarni koʻrishi va tushunishi mumkin

GPT-3 matn bilan cheklangan edi, ular oʻqish va yozish imkoniyatiga boʻlgan holos.
GPT-4 esa tasvirlarni ham tushinadi.
Yani rasmga qarab unga biror fikr bildira oladi, yoki rasmga qarab kod yozib berishi ham mumkin.

2. GPT-4'ni aldash qiyinroq
Chatbotlar toʻgʻri ishlayotganiga qaramay, ularni osongina alday olishgan.
misol: "yomon AI" nima qilishi yoki "yomon gaplarni" oʻrgatish.
GPT-4 juda koʻp zararli maslahatlar boʻyicha oʻqitilgan.

3. GPT-4 kattaroq xotiraga ega
GPT-3 da katta matnlar bilan ishlagan vaqtda chegara 4096 "token" boʻlgan.
u taxminan 8000 soʻz yoki kitobning taxminan 4-5 sahifasini tashkil qiladi.
GPT-4 tokenlarining maksimal soni 32 768 ni tashkil qiladi.
Bu taxminan 64 000 soʻz yoki 50 sahifali matnni tarjima qiladi.

4. GPT-4 koʻp tillik.
oldinlari ChatBotlar bilan gaplashishda ingliz tilida asosiy boʻlib kelgan.
GPT-4 esa yana 26 ta tilda katta ma'lumotlarini oʻrgatishni boshladi.
bu ingliz tilini bilmaydiganlar uchun ancha doʻstona boʻlishi mumkin.

5. GPT-4 turli xil "hissiyotga" ega
masalan: hamdard tinglovchi rolini oʻz zimmasiga olish yoki xavfli tinglovchi boʻlishi mumkin.

@botirziyatov
5.5K views09:41
Ochish/sharhlash
2023-03-15 06:10:35 1900-1990: Oʻqish-yozishni bilmagan odam savodsiz
1990-2000: Kompyuterda ishlashni bilmagan odam savodsiz
2000-2020: Internetdan foydalanishni bilmagam odam savodsiz
2025+ : Sunʼiy intellektdan foydalanishni bilmagan odam savodsiz

SI oʻzlarshtirib olishga 2 yil vaqtingiz bor

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
13.2K views03:10
Ochish/sharhlash
2023-03-15 05:53:27
Sunʼiy intellekt revolyutsiyasi men oʻylagandan ancha oldin boshlanib ketdi.
6.8K views02:53
Ochish/sharhlash
2023-03-14 15:48:23
YouTubeʻning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin

Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va administratsiya sho’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilingan. Shuningdek, koʻplab blogerlarning YouTube monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olingan.

@alisher_sadullaev
6.3K views12:48
Ochish/sharhlash
2023-03-14 06:26:53 Day 46 90.0 1200 17034 #loser
3.6K views03:26
Ochish/sharhlash