Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-03-14 06:25:47 Day 46
90.0
1200
17034
#loser
3.6K views03:25
Ochish/sharhlash
2023-03-13 19:43:21 Yondirishda davom etamiz. Hasadchilarni esa ichi kuysin
5.5K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2023-03-13 19:42:34
mohirai dasturining tez kunlarda ommaga taqdim qilinadigan imkoniyatlaridan biri bu - Oʻzbek tilidagi videolarni bir zumda Ingliz yoki Rus (va boshqa chet) tillariga dublyaj qilish funksiyasi.

mohirai jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan yuqori aniqlikdagi STT modeli O’zbek tilidagi audioni matnga o’tkazadi. Chet tilidagi matnlarni oʻqish uchun esa Google TTS xizmatidan foydalanildi.

Tez kunlarda esa mohirai TTS yordamida Ingliz tilidagi videolarni ham bemalol Oʻzbek tilida tinglash imkoni qoʻshiladi.

Bizni kuzatib boring.

Web | Telegram | YouTube
5.0K views16:42
Ochish/sharhlash
2023-03-13 13:23:02
Mohirdev tomonidan dasturlash sohasini o'rganayotganlar uchun ajoyib yangilik.

"Dasturlash bo'yicha savol-javob kodeksi"

Bu qo'llanma dasturlashni endi o'rganmoqchi bo'lganlar, sohaga yangi kirganlar va umuman dasturlash bilan shug'ullanuvchi bo'lgan hammaga qiziqarli va foydali bo'ladi, deb o'ylaymiz.

Qo'llanma foydali bo'lsa, yaqinlarga ulashasiz degan umiddamiz.

Yuklab olish
2.3K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-03-12 14:29:44 MohirAI-ning eng muhim xususiyati bu yuqori aniqlikdagi Speech-to-Text (STT) modeli. Bu model oʻzbek tilidagi auido nutqni matnga oʻtkazib beradi. Loyihaning eng qiyin va qimmat qismi ham shu modelni yaratish boʻldi.

STT modelining imkoniyatlarini koʻrsatish uchun uni ChatGPT ga uladik. Maqsad STT modellarning kelajagini ommaga koʻrsatish edi.

Omma uchun STT mutlaqo ahamiyatga ega emas. Siz bu model uchun minglab soat audioni eshitib, tozalab chiqqaningiz, audioga mos matnlarni tozalash uchun oʻnlab insonlarni jalb qilganingiz ommaga muhim emas.

Yaʼni, agar mohirai saytiga quruq STT modelni qoʻyganimizda, buni hech kimga qizigʻi yoʻq edi. Shuning uchun model ChatGPT ga ulandi.

Oʻzbek tilida shu paytgacha mavjud STT model bu hukumat tomonidan (yaʼni men va sizning soliqlaringizdan) moliyalashtirilgan Muxlisa modeli edi.

Tabiiyki biz mohirai ni muxlisa bilan solishtirdik va kutilmaganda muxlisa ustida ishlagan dasturchilardan oʻta qoʻpol soʻkish koʻrinishidagi javob oldik. Agar Uzinfocom dasturchilari odamga oʻxshab mirojaat qilganida biz muloqotga ochiq edik, lekin "fu@%ing", "mraz" degan reaksiyadan keyin, bular muloqotga arzimaydigan odamlar ekanini tushundim.

Kamiga, odamlarni chalgʻitish uchun "Bular tayyor narsani oʻziniki qilib koʻrsatgan" deb gap ham tarqatib yurishibdi. STT qismi haqida miq etmadan, ChatGPT ulaganimizni aybdek koʻrsatayapti. Vaholanki oʻzlari na uni na buni eplagan.

Qayoqdagi chuttak dasturchisi esa menga GitHubi bilan maqtanib oʻtiribdi. Bilmaydiki, men birinchi dasturimni yozganimda GitHub tugul, Google ham ixtiro qilinmagan edi. Men birinchi dasturimni sotganimda hali Oʻzbekistonda internet ham yoʻq edi.

Xullas, nima ham derdim, it xuradi, karvon oʻtadi. Men 20 yillik mutaxassisman, qilgan ishimga javob beraman, qayoqdagi chuttakka esa hech narsa isbotlashim shart emas. Arzimaydi.
4.4K viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash
2023-03-12 12:31:26 MohirAI haqida kun.uz ga interview berdik.



5.4K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-03-12 12:04:49
Obunachilar "guruhdagi hamma izohlarga oʻzingiz javob berasizmi yoki adminlarmi?" deb soʻrashaypti.
4.7K views09:04
Ochish/sharhlash
2023-03-12 08:44:32
Mohirdevda Project management meetup.
5.1K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-03-11 15:01:54 Sunʼiy intellektdan koʻr-koʻrona foydalanmaslik kerak. Ayniqsa eʼtiqod masalasida juda ehtiyot boʻlish kerak.



3.9K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-03-11 04:48:53 Day 43
90.8
1400
13766
#loser
2.6K views01:48
Ochish/sharhlash