Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-10 07:50:39
#bugun soat 11:00 da | "Fikrat" tahliliy dasturi

Mavzu: Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?

Ekspertimiz:
Malayziya Sains Islom universiteti Fan va texnologiya fakulteti katta ilmiy xodimi, "Mohirdev" onlayn platformasi bosh direktori Anvar Narzulloh

Havola https://youtube.com/live/XE2p02O7BCU?feature=share

AzonTV
2.9K views04:50
Ochish/sharhlash
2023-03-09 16:57:31
@mohirdev mohirai va boshqa loyihalar rivoji uchun Google kompaniyasidan $100K oldi. Albatta, naqd emas, bulutli xizmatlar koʻrinishida. Hozirgacha eng katta harajatimiz aynan GPU serverlar edi (soatiga 3$ dan 24$ gacha), endi bularning hammasi Google tomonidan bepul beriladi.

Endiyam yondirmasak boʻlmaydi
3.2K views13:57
Ochish/sharhlash
2023-03-08 17:10:51 Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
14.1K viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash
2023-03-08 10:47:27
ChatGPT internetdagi ochiq manbaalar asosida yaratilgan. Pythonda dasturlashga oid javoblar orasida oʻzimning kodimni koʻrib, hursand boʻldim.

Buyam tarixda qolishning bir yoʻlida endi
5.6K views07:47
Ochish/sharhlash
2023-03-08 07:16:37 Day 41
91.3
1200
7142
#loser
5.9K views04:16
Ochish/sharhlash
2023-03-07 16:07:51 Sifatli kontent yaratuvchi mualliflarni ro’yxatini shakllantirishni rejalashtirdik.

Bunda sizning yordamingiz kerak!

Siz hurmat qiladigan va kuzatadigan blog va sahifalar mualliflarini kategoriyalar bo’yicha so’rovnomada ko’rsatib o’ting. Imkoni bo’lsa havola bilan.

Oldindan rahmat!

https://forms.gle/GMkEJHrCeps5wL9x7

Планируем создать список авторов, создающих качественный контент.

Для этого нужна ваша помощь!

Перечислите авторов блогов и страниц, на которые вы подписаны в соответствии с категориями в опросе. Если можно со ссылкой.

Заранее спасибо!
4.5K views13:07
Ochish/sharhlash
2023-03-07 16:07:51 Qani, @sariqdev kanalini qoʻshamizmi?
5.8K viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2023-03-07 15:12:00 Oxirgi paytlar ko’p suhbatga bordim, lekin aynan shu podcastda mazza qildim. Erkin suhbat bo’ldi.

Ulug’bek va jamoasiga katta rahmat.



6.0K views12:12
Ochish/sharhlash
2023-03-07 08:50:20
Loyiha boshqaruviga qiziqadiganlar uchun maxsus uchrashuv

"Project Management Meetup"
deb nomlangan tadbir davomida sohada ko'p yillik mahalliy va xorijiy tajribaga ega mutaxassislar o'zlarining bilimlari bilan ulashishadi.

Scrum loyiha boshqarish uslubi bilan tanishuv, Notion dasturining sun'iy intellekt funksiyasidan foydalanib jamoani boshqarish, mahsulotni rejalash va rivojlantirish va ma'lumotlarga asoslanib qaror qabul qilish kabi mavzular bo'yicha foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin

Speakerlar ro'yxati:

- Temur Ibrohimov (Product Owner, HamkorLab)

- Yusuf Khudayberganov (Project Manager, Epam Systems)

- Malika Rakhimova (Project Manager, Unicon Soft)

- Abdulla Khaydarov (Lead Product Manager, Applied Labs)

Tadbir 12-mart, soat 10:00 da Mohirdev ofisida bo'lib o'tadi

Ro'yxatdan o'tish

Uchrashuv o'zbek tilida bo'lib o'tadi. Ro'yxatdan o'tib, joyingizni band qiling
4.6K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-03-06 09:31:49
Sun’iy intellekt kundan-kunga qo’rqinchli bo’lib borayapti.

Yaponiyalik olimlar odamlarning fikrini o’qiydigan SI yaratishmoqda. Tadqiqodchilar odamlarga biror sur’atni ko’rsatgan va shu sur’atni hayolida saqlashni so’rashgan. SI esa odamlarning hayoliodagi tasvirni rasmga aylantirgan.

Ko’rib turganingizdek, SI odamlarning miyasidan olgan tasvir (pastda) original tasvirga (yuqorida) juda yaqin chiqqan.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
4.2K viewsedited  06:31
Ochish/sharhlash