Get Mystery Box with random crypto!

Agar siz tez-tez ish va topshiriqlar sizga kelishini kutib yas | Sariq Dev

Agar siz tez-tez ish va topshiriqlar sizga kelishini kutib yashayotgan bo’lsangiz, siz yaxshi dasturchi emassiz

Yaqinda Amazondagi bir Senior dasturchi bilan gaplashganimda shu fikrni aytdi. Men haqimda emas albatta Uning aytishi bo’yicha u shu paytgacha ishlagan har bir jamoada bir kishi uchun deyarli har doim deyarli cheksiz miqdorda ish bo’lgan. Yaxshi dasturchilar bundan foydalanib qolgan va uning “impact” ya’ni tasir doirasi katta bo’lgan. Yaxshi bo’lmaganlar esa kutib vaqtini o’tqazgan. Tasir doirasi katta bo’lgan mutahasislar esa eng ko’p qadrlanadi.

Masalan siz har doim kodning yomon yozilgan qismlarini yaxshilashingiz mumkin. Siz har doim yangi testlar yozishingiz mumkin. Siz har doim testlarni tezlashtirishingiz mumkin. Siz har doim “build time” larni tezlashtirishingiz mumkin. Siz har doim CI/CD pipelinelarni tezlashtirishingiz mumkin. Siz har doim ko’p esdan chiqib qoladigan narsalar uchun “pre-commit hook“ lar qo’shishingiz mumkin. Siz har doim backlogda anchadan beri turgan kichik buglarni olib to’g’irlashingiz mumkin. Siz har doim ishlatilmayotgan kodni o’chirib tashlashingiz mumkin. Siz har doim “duplicate” kodlarni kamaytirishingiz mumkin. Siz har doim dokumentatsiya yozishingiz yoki borini yaxshilashingiz mumkin.

Qilish kerak bo’lgan muhim ishlar har doim juda ko’p bo’ladi. Agar siz vazifalar sizga o’zi PM yoki team-lead tomonidan kelishi kerak deb hisoblasangiz, siz yaxshi dasturchi emassiz va siz zo’r “impact” qilish imkoniyatlarini boy beryapsiz.

@jakhonrakhmonov