Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 28

2022-08-12 17:22:30
Bugun dronim bilan xayrlashdim. "Seni Oʻzbekistonga kirgazishmaydi" deb erkin parvozga qoʻyib yubordim
8.7K viewsedited  14:22
Ochish/sharhlash
2022-08-11 03:13:48
Kun.uz ga Milliy ijtimoiy tarmoqlar haqida bildirgan fikrim.

Batafsil: https://kun.uz/09090536
11.1K views00:13
Ochish/sharhlash
2022-08-10 12:07:59
Toshkentga qaytayapman. Bosib qoʻygan zahirani ochdim. Yetmay qolsa dollaram maydalavoramaney
10.4K views09:07
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:21:54
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
8.2K views09:21
Ochish/sharhlash
2022-08-03 17:55:59
Ishga kirish bo'yicha yana bir vebinar

Kursni endigini bitirgan o'quvchilar ishga topshirayotgan payt odatda bir xil xatolarga yo'l qo'yishadi

Shu xatolarga yechim berish maqsadida Muhammadjavohir Sur'atov bilan "Ishga topshirayotganda ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar" mavzusida vebinar tashkil qilinmoqda.

Vebinar ertaga, soat 20:30 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi.

@mohirdev bilan kasbiy xotirjamlikka erishing

Telegram | Instagram | Youtube
10.0K views14:55
Ochish/sharhlash
2022-08-01 08:10:22
Videoda Google Assistent restoranga qoʻngʻiroq qilib, joy band qilayapti.
Ayol kishi restoran menejeri, erkak ovozi esa robotniki.

Ovozni tabiiyligini qarang. Gap orasida "hmm" deb qoʻshib ham qoʻyadi tabiiy chiqishi uchun. Uncha-muncha odam robot bilan gaplashganini bilmasa kerak.

Qizigʻi, bu kelajak emas, hozirda Google Pixel telefonlarida mavjud funksiya.

@sariqdev
16.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-07-31 14:04:55
Mohirdev foydali suhbat va vebinarlar tashkil qilishda davom etadi.

Bu gal "Google kompaniyasida IT mutaxassisi sifatida ishlash" mavzusida gaplashamiz.

Suhbatda Frontend Praktikum o'qituvchisi, "Mayoq" loyihasi muallifi Muhammadjavohir Sur'atov va Google kompaniyasida Senior Strategy Analyst sifatida ishlab kelayotgan Saidakbar Pardayev qatnashishadi.

Jonli efir bugun, soat 20:00 da Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi.

Gigant kompaniyalarda ishlashga qiziqqan va u haqida ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lgan barchani taklif qilib qolamiz.

LINK:



@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
7.3K views11:04
Ochish/sharhlash
2022-07-26 18:48:00 @mohirdev asoschilaridan biri Ulugʻbek Samigjonov yozayapti:

Hozirgacha juda ko'p intern'larni intervyu qildim. Backend'dan ko'ra ko'proq frontend bo'yicha suhbat o'tkazdim. Asosiy talab HTML, CSS, CSS pre-processor, Javascript, Typescript va ReactJS'ni bilishi bo'ldi. Albatta, loyihaga qarab talab ham o'zgaradi.

HTML'ni o'zidan savol berish ozgina qiyin, chunki so'raydigan narsa ham ko'p emas, qiyin joyi ham yo'q. Lekin shunda ham deyarli hammadan ikki savol so'radim:

1. block, inline-block va inline element'larni bir-biridan farqi
2. HTML'da semantics nima va nima uchun kerak?

Qiziq tomoni ko'p hollarda shu savollarga javob bera olisholmadi. Sizchi, shu savollarga javob bera olarmidingiz?
11.6K views15:48
Ochish/sharhlash
2022-07-24 03:52:50
Sun'iy ong (AI)

U haqida nimalar bilamiz ?
Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ?
Dasturchilarni hammi ?
O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ?

Azizlar, kamtarona taklifimizni qabul qilgan holda, Mohirdev platformasida CEO va Co-Founder Anvar Narzullayev kanalimizda ovozli suhbat qilishga rozi bo'ldilar.

Mavzu: Sun'iy ongning umumiy va dasturlashdagi o'rni.
Sana va vaqti: 25-iyul, 18:30 (Toshkent vaqti bilan)
Manzil: @JoshDeveloper kanali.

Shuningdek, Anvar akadan yosh dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar ham olamiz.
InshaaAlloh.

Savollaringizni post ostiga qoldiring
.

Ulashing .

@JoshDeveloper
11.3K views00:52
Ochish/sharhlash
2022-07-22 07:37:37 Junior bo’lib ishga kirish uchun portfolio va CV ning o’zi yetarli emas. Boshqalardan ajralib ham turish kerak.

Menga ham ko’pchilik ish so’rab yozadi, portfoliosiga qarasam 99% odam shablon loyihalar qilgan bo’ladi. O’zidan birorta yangilik qo’shmaydi. Ba’zilar xatto “Lorem ipsum…” shablon matnni ham o’zgartirmaydi.

Bitta narsani tushuning, har kuni minglab o’quv markazlarini minglab talabalar yakunlayapti. Hammasi ish izlayapti. Agar shu bir xil kulrang massa orasida ajralib turmasangiz, ish topishingiz juda-juda qiyin.

Bu postni yozishimga yangi, Ulug'bek ismli stajyorimiz sabab bo’ldi. 3 kun oldin ish so’rab yozgan ekan. Dasturlashni avval o’quv markazida keyin mohirdevda o’qigan.

E’tiborimizni tortgani mohirdev.uz saytining klonini yaratibdi: https://mohirdev-clone.netlify.app/ (va yozgan xatida aynan shunga urg’u berib, linkini ham alohida yuborgan).

Protfoliosini ochib qaradik, barcha loyihalariga mehr bilan yondoshgan. Quruq shablon emas, saytlarni ma’lumot bilan to’ldirgan.

Aslida hozirda ishchi olmayotgan bo’lsak ham, suhbatga chaqirdik va boshlanishiga stajyorlik taklif qildik.

Ozgina tajriba orttirsa ishga olib qolamiz. Sababi, ramkadan tashqari firklaydigan, o’z hunarini ko’rsata oladigan hodimlar doimo kerak.

Sizlarga ham maslahatim, ish qidirganda avvalo ajralib turing. Ikkinchidan esa, ishga topshirayotgan kompaniyani o’rganing. Yuqorida aytganimdek, bizni e’tiborimizni tortgani aynan mohirdev kloni bo’ldi. Bu yaxshi taktika. Agar boshqa saytni yuborganda balki rad javob berar edik.
19.1K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash