Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.68K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-04-07 21:57:18
Sardor ogʻagayam osonmas. PHP ni yolgʻiz oʻzi yelkalab turibdi .

Toʻliq video @mohirdev kanalida
1.8K viewsedited  18:57
Ochish/sharhlash
2023-04-07 16:32:49 Ovozlarimizga baho bering
4.2K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-04-07 08:41:29 mohir.ai sun’iy intellektimizni ommaga e’lon qilganimizga 1 oy bo’ldi, keling 1 oylik statistika bilan tanishamiz:

@MohirAIChatBot foydalanuvchilari soni 21000 ga yetdi.

Kundalik foydalanuvchilar soni 2500 dan oshdi.

Foydalanuvchilar Mohira bilan 85000 marta muloqot qilishdi va 600ming ta xabar almashishdi.

Bot orqali 15 milliondan ortiq so’zlar yuborildi, bu tahminan 60ming betlik kitob degani

Bugun esa yana bir super yangilik, TTS ya’ni matnni ovozga o’tkazib beruvchi modelimiz ham tayyor bo’ldi. Natijasi bilan kechroq yana ulashamiz.

Bizni kuzatib boring @MohirAIChat
5.4K views05:41
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:15:38 «Islom to'g'ri o'rganilsa, hamma zamonga mos keladi» — 13 yoshida qori bo'lgan olim bilan suhbat!

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni xalqaro va O'zbekiston Qur'on musobaqalarining bir necha bor g'olibi, Islom akademiyasi doktoranti, «Oltin silsila» tarjimonlaridan biri, ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid bo'ldilar.

Ushbu sonda ilm olish va uning targ'iboti, ota-onalar farzand tarbiyasida nimalarga e'tibor berishi, jamiyatimizda axloqning o'rni, turli xil qarashlarga musulmon kishining fikri qanday bo'lishi kerakligi haqida foydali ma'lumotlar olishingizga umid qilamiz.

Premyerani hoziroq tomosha qiling.

Havola:

269 views09:15
Ochish/sharhlash
2023-04-06 11:00:25 Siz dasturlashni noto’g’ri o’rganyapsiz

Yaqinda bir nechta bo’lajak dasturchilar bilan gaplashganimda o’rganish rejalari haqida so’radim. Ular tahminan quyidagicha javob berishdi:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Intermediate kitob/kurs tugataman.
3. Advanced kitob/kurs tugataman.
4. Biror loyiha qilaman yoki ishga kiraman.

Muammo shundaki, siz ming advanced kitob o’qiganingiz bilan darajangiz advanced bo’lib qolmaydi. Huddi kachok bratlarning zalda trenirovka qilayotganini tamosha qilish orqali o’zingiz kachok bo’la olmaganingiz kabi.

O’zingiz amaliyot qilmagingizgacha o’zgarish juda juda sekin bo’ladi.

Reja tahminan quyidagicha bo’lishi kerak:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Kichik loyiha qilaman.
3. Intermediate kitob/kurs tugataman.
4. Kattaroq loyiha qilaman.
5. Qiyinroq loyiha qilaman.
6. Yanada qiyinroq loyiha qilaman.
7. Undanda qiyinroq loyiha qilaman.
8. Va hokazo.

Advanced levelga faqat shunday qilib chiqasiz.

@jakhonrakhmonov
1.9K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-04-05 07:26:02
Bu xatolarni takrorlamang

Ushbu videoda rezyume yozish jarayonida e'tibor berish kerak bo'lgan ba'zi jihatlarga to'xtatildik

Ishga topish va suhbatga tayyorlanish bo'yicha ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, quyidagi videolarni tomosha qiling:

- Ishga topshirishda ko'pchilik qiladigan xatolar

- Suhbatga qanday tayyorlanish kerak?

- Ish topish, linkedinni to'g'ri to'ldirish va to'g'ri rezyume yozish
3.0K views04:26
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:49:34 Eski strim ekan. Mavzu ham umuman boshqa, Youtubedan qidirgan edim, 1 yil avvalgi crypto haqidagi suhbat ekan
4.4K views10:49
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:44:47
Manetta dunyoning eng boy va eng ilgʻor IT kompaniyalari rahbarlari jonli suhbat qilayapti. 3200 kishi koʻrayati xolos. Men boʻlsam mohirdev jonli efiriga 1000 kishi kirmaganiga hafa boʻlib oʻtiribman.
4.5K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-04-04 09:17:03
Mana kechagi gapimni isboti .
6.1K views06:17
Ochish/sharhlash
2023-04-03 03:48:03
Yoʻq, GPT-4 hozirgi koʻrinishida dasturchilarni ishsiz qoldirmaydi. Oddiy bir script yozishni soʻradim, bergan kodini toʻgʻrilashga 2 kun vaqtim ketdi (toʻgʻrilash ham ChatGPT oʻzida boʻldi). Xit boʻlib ketdim, oxirida oʻzim qayta yozib qoʻya qoldim.

Xullas, hozircha tupikka kirganda bir narsalarni soʻrab olish yoki biror siz ishlatib koʻrmagan kutubxonadan foydalanish, soddaroq funksiya yozib berish, yangi APIga ulanish, code review, comment va testlar yozish va hokazolarni soʻrash mumkin. Lekin oz boʻlsa ham jiddiy dastur yozishga "aqli" yetmayapti.

Lekin bor imkoniyatlari bilan ham ancha samaradorlikni oshirish mumkin. Ha yana bir narsa, prompt engineering ya'ni ChatGPTga toʻgʻri savol bera olish juda muhim. Bu uchun hatto alohida kurslar ochilayapti.

Baʼzida ramkaga solish baʼzida esa aksincha, umumiy savol berish ham siz kutgandan yaxshiroq natija beradi.

Masalan, kecha bir muammoni Pythonda, xususan pandasda yechishni soʻradim, keyin esa hech qanday cheklov bermasdan yechim soʻradim. Google sheetsda bergan yechimi Pythonda bergan yechimdan tezroq va samaraliroq boʻlib chiqdi.

Xullas, yana oʻsha gap, hozircha AI raqobatchi emas, yordamchi.

@sariqdev
7.4K views00:48
Ochish/sharhlash