Get Mystery Box with random crypto!

Vakansiyalardagi hamma talablarga javob berish shartmi? Bugun | Sariq Dev

Vakansiyalardagi hamma talablarga javob berish shartmi?

Bugun Mohirdevdagi studentlar bilan gaplashganimda shunday savol berishdi. O’quvchilardan biri vakansiyaga ko’zi tushib qolibdi. U vakansiyada juda ko’p texnologiyalar eslatib o’tilgan ekan talablar orasida. Tahminan HTML, CSS, JavaScript, PHP, Yii, MySQL, Docker, AWS va yana bir qancha texnologiyalar. Tajriba esa 2 yil so’ralgan holos.

Men quyidagicha javob berdim.

Hammasini bilishingiz shart emas. Bu texnologiyalar listining ma’nosi o’zi asli quyidagicha: “Biz ishda shu texnoligiyalarni ishlatamiz“. Sizdan ishga kirayotganingizda bularning har birini bilish talab qilinmaydi. Komaniyalar ham bunday ideal kandidat qidiradigan bo’lishsa ko’p qidirishadi. Sizdan shularning eng asosiylarini bilishingiz va qolganini o’rganib keta olishingiz talab qilinadi.

Ba’zida birortasini ham bilishingiz shart emas. Yo’nalishingiz bir xil bo’lsa bo’ldi. Masalan siz shu paytgacha Python, Django va GCP bilan ishlagan bo’lsangiz ham tepadagi vakansiyaga topshirangiz bo’laveradi. Chunki yo’nalish bir xil: Backend va Cloud.

Bunday katta talablarni ko’rib tushkunlikka tushib topshirishdan uyalmang. Topshiravering. Sizdan nima ketdi? Kamida intervyu qilish mahoratingiz oshadi. Ha, bu ham alohida mahorat.

@jakhonrakhmonov