Get Mystery Box with random crypto!

​​Bitta shoir kamaysa nima, Charx yaratar boshqa nusxasin. Cho | 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

​​Bitta shoir kamaysa nima,
Charx yaratar boshqa nusxasin.
Choʻkib ketsa toʻfonda kema,
Pishiqrogʻin yasar ustasi.

Toʻfonlardan seskanma, qalbim,
Qayiqlardek suzma qirgʻoqlab.
Kemaman deb ummonga talpin,
Yuz baloga oʻzingni chogʻlab.

Qayiqlarda — ilinj va xohish,
Kemalarda — orzu va maqsad.
Bugun senda bir olam tashvish,
Gal kelganda oʻzingni koʻrsat.

YO tilib oʻt dovulning koʻksin,
YO kemadek gʻarq boʻl izzatda.
Unutmagil — qayiqlar choʻksa,
Olinmaydi hatto roʻyxatga. . .

Toʻfonlardan seskanma, qalbim!

Anvar Obidjon, Oʻzbekiston xalq shoiri