Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIYA

Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA P
Kanaldagi mavzular:
Monolog
Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA
Kanaldagi mavzular:
Monolog
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.53K
Kanalning ta’rifi

• Ushbu kanal sizning shaxsiy rivojlanishingizga yordam beradi @psxologiya
• Asosiy mavzu psixologik maslahatlar psixologik testlar va psixologik faktlar
Murojat: ....

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-09-06 05:01:15
#PSIXOLOGIK_FAKT

Tabassum ajoyib dori:

Uni do'stingizga bersangiz xursand bo'ladi.

Dushmaningizga bersangiz pushaymon bo'ladi.

Onangizga bersangiz umri uzayadi.

Farzandingizga bersangiz mehri oshadi.

Tanimagan kishingizga bersangiz siz uchun sadaqa ajri bo'ladi.

Sevgan juftingizga  bersangiz sevgisi ortadi.

Bu dorining zararli asoratlari yo'q va u hech qaerda sotilmaydi, balki uni Alloh taolo yuzingizga joylab qo'ygan.

Salgina tabassum qilsangiz bo'ldi, ajoyib bepul dori tayyor.

Bir biringizga tabassum ulashing azizlar!


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.2K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-09-03 18:30:50
#PSIXOLOGIK_FAKT

Psixologiya nuqtai nazaridan sevib qolish uchun atigi 4 daqiqa vaqt ketishi isbotlangan.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.6K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-09-03 18:30:50
#PSIXOLOGIK_FAKT

Inson miyasi bir kunda o'rgangan narsalarining 80 foizini unutadi. Katta ehtimol bilan ertaga uni unutasiz.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.0K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-08-31 04:41:18
- AYOL ZOTI QANDAY ZOT O'ZI...?

O'ylab, dedi - Donishmand sekin: -

- AYOL asli qalbning gavhari,
Usiz ishning yo'qdir samari.


AYOL shunday zotdir ojiza,
AYOL bizga ЕTTI MO'JIZA.

Oyog'ining ostida JANNAT,
Qo'li guldir ajoyib SAN'AT.

Tishlari dur tovlanib turar,
Ko'zlarida mehr mavj urar.


Pichirlaydi lablari faqat,
AYOL uchun berilgan toqat.

Sochlarida qor, qirov nomi,
Tillarida Baxtning kalomi.


Quloqlari tinglar yaxshi so'z,
Kipriklari misli bir tovus.


Qoshlarida kamonning aksi,
Hech
ZOT yo'qdir AYOLDЕK yaxshi.

O'zi emas bolam esin der,
Shirin bolam
ONAM desin der.

Ko'nikadi shart qo'ysa TAQDIR,
Bunday ZOT kim, AYOLDIR axir.

Erkaksizmi AYOLNI dersiz,
AYOL mening bir yorim dersiz.

Onam AYOL, Ayolim AYOL,
Opa -singil, jigarim AYOL.

O'zbek ayoli ibolari bor,
Boshda ro'mol, Zebolari bor.


So'zim bisyor AYOL vasliga,
So'zim ojiz, AYOL nasliga.

Dedi, shunday so'zlar DONISHMAND!
Qishloq ahlin qamradi HAYRAT!!!

Nahot Ayol, shunday ULUG' ZOT,
AYOLLARNING bori o'zi BAXT...!!!
17.2K views01:41
Ochish/sharhlash
2023-08-30 05:01:10 Agar siz №1 yordam bersangiz

Siz o'tmish an'analariga mos keladigan juda yuksak axloqli insonsiz. Hayotda siz har doim har bir qarorni diqqat bilan ko'rib chiqadigan ratsionalistsiz. Siz juda bilimlisiz, shuning uchun hayotda tez-tez uchrab turadigan adolatsizlikka chidash sizga ba'zan qiyin.

Agar yordam bersangiz №2

Siz bolalar har doim birinchi o'rinda ekanligiga chinakam ishonadigan juda mehribon insonsiz. Siz ular intrigalarga aralashib, bir-birlariga xiyonat qilishga moyil bo'lgan kattalardan ko'ra chindan ham samimiy va ojiz ekaniga ishonasiz. Hayot siz uchun oson emas, chunki ba'zida siz pushti rangli ko'zoynak taqasiz va ularni umuman yechishni xohlamaysiz.

№3 yordam bersangiz

Siz jiddiy va mas'uliyatli odamsiz. Siz mehnatkashlikka moyilsiz, shuning uchun haqiqatan ham muammoga duch kelgan boshqa odamga yordam berish siz uchun qiyin emas. Sizning do'stlaringiz ko'p, chunki siz odamlarni ilhomlantirasiz. Siz yaxshi rahbar bo'lishingiz mumkin!

Agar yordam bersangiz # 4

Siz boshqalarga yordam berishdan zavqlanadigan odamsiz. Siz o'zingizni kerakli his qilishni yoqtirasiz. Bu sizga tiriklik tuyg'usini beradi. Siz e'tiborni yaxshi ko'rasiz, shuning uchun o'zingizni butun ulug'vorligingiz bilan ko'rsatish imkoniyatini qo'ldan boy bermaysiz!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
12.6K viewsedited  02:01
Ochish/sharhlash
2023-08-29 05:21:12 #IBRAT


​​ Biz shunday zamonda yashayapmizki, hurmatga sazovor insonning muhtaram emasligini isbotlash uchun xato qilishini kutamiz.

Baʼzi insonlar qalbaki atirga oʻxshaydilar.
Hidi shirin.
Lekin, bir pasta ifori ketadi.

Baʼzi insonlar Vatanga oʻxshaydilar. Firoqlari - gʻurbat.

Baʼzi insonlar ruhlar misoli. Firoqlari - oʻlim.

● Baʼzi insonlar kasallik kabilar.
Firoqlari - rohatli hayot.

Apelsinni har qancha siqmang, undan faqat sharbati chiqadi!
Yaxshi odam har qancha qiynalmasin, sabri oshadi.

Bagʻrikeng insonlar koʻp narsani sezmaslikka oladilar.
Koʻp aziyatlarni kechiradilar, lekin KETSALAR QAYTIB KELMAYDILAR

Sizni bir marta chaqqan chayondan ehtiyot boʻling!
Vaqt oʻtsa ham, u oppoq kabutarga aynalib qolmaydi.

Kecha - ibrat. Bugun - tajriba. Erta - xatolarni toʻgʻirlashga imkoniyat demak.


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
12.8K views02:21
Ochish/sharhlash
2023-08-27 19:00:07
#MOTIVATSIYA

​​​​​Har kuni sizga 86400$ pul berishsa va bu pulni erta xuddi shu paytgacha har bir sentigacha ishlatib bo‘lish sharti berilsa, siz qanday harakat qilgan bo‘lardingiz?

- Pulni bosib yotarmidingiz?
- 8 soatdan ko‘p uxlarmidingiz?
- Televizor qarshisida soatlab o‘tirarmidingiz?

Yo‘q siz bu pulni so‘nggi sentigacha qanday qilib bo‘lsa ham ishlatish payiga tushardingiz va buni qilar edingiz ham!

Vaqtni ham xuddi shunday so‘nggi soniyasiga qadar unumnli ishlatish payida bo‘ling! Uni jamlolmaysiz, yig‘olmaysiz, sekinlatolmaysiz. Xullas, uni hozir ishlatish kerak. Undan unumli foydalaning
.

Har kun 86400 soniya!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.3K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-08-26 19:27:11 ​#Mulohaza

​​ • ZAMON O‘ZGARDIMI, BIZMI? •

O‘tgan kunlarda mehmonga:
- Har doim siz uchun eshigimiz ochiq, qachon xohlasangiz tashrif buyuring, marhabo! -, derdik.

Bu kunlarda esa:
- Kelishingizdan oldin ogohlantirib qo‘ysangiz bo‘lmasmidi! -, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Hovli olma, qo‘shni ol! -, derdik.

Bu kunlarda esa:
- Sen menga tegma, men senga tegmayman!-, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda qarindoshlarni:
- Yelkadoshlar! -, deyilardi…

Bu kunlarda esa:
- Qarindoshlar qorindosh -, deyilmoqda…

O‘tgan kunlarda kunlik yig‘ilishimiz bo‘lar, oramizda yo‘qlarni so‘rab-surishtirardik…

Bu kunlarda esa yo bayramlarda va yo ta'ziyalardagina ko‘rishmoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Men bugun nima yaxshilik qildim?! -, deb o‘zimizni taftish qilardik…

Bu kunlarda esa:
- Nimaga hech kim yaxshilik qilmayapti?! -, deb o‘zgalarni titkilamoqdamiz…

O‘tgan kunlarda dushman kimligini yaxshi bilardik..
Bu kunlarda esa do‘st kim ekanini ham bilmay qoldik..

Dunyo o‘zgargani yo‘q, aslida…
Balki qalblar o‘zgarib ketdi…

Eh, o‘tgan kunlarga…
Voy, bu kunlarga…


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.9K views16:27
Ochish/sharhlash
2023-08-24 07:09:02 #JAVOBLAR

27-32 ballgacha:
Sevgi, muhabbat toʻygʻulariga ishonasiz. Ammo oʻzingiz qattiq sevib qolishdan qo'rqasiz. Sizningcha chin oshiqlik kishini har qanday holga tushirib qoʻyishi mumkin. Undan koʻra sevmasdan oila qoʻrish muhim degan fikrdan ham yiroq emassiz.

19-27 ballgacha:
Sizning bunday tuygʻularga munosabatingiz oʻrtacha. Albatta hayotda kerakli deb hisoblaysiz. Sevgi va muhabbatga oid har qanday mavzu siz uchun muhim va qiziqarli. Oʻzingiz ham sevib oila qurishni xohlaysiz.

19 ballgacha:
Siz bunday munosabatlarga jiddiy eʼtibor bermaysiz. Har bir narsa aql bilan hisoblashishi kerak deb uylaysiz. Chunki sevgi, muhabbat siz uchun umuman qiziqarli emasligi, sizningcha bunday narsalarga ishonuvchi kishilar ruhshunoslar bilan aloqada boʻlib turishi kerak deb uylaysiz.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.2K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-08-24 05:23:05 #PSIXOLOGIK_TEST

SEVGI MUHABBATGA MUNOSABATINGIZ?

1.Bir koʻrinishda sevib qolish holatiga munosabatingiz?
A)Shunchaki bo'rtirish soʻzlari- 4 ball
B)Ishonaman-2 ball
C)Bunday boʻlishi mumkin emas-1 ball

2.Romantika orqali muhabbatni mustahkamlash mumkin degan fikrga qanday qaraysiz?
A)Albatta, bu natija beradi-3 ball
B)Buni nimasi yomon, bu shunchaki ikki sevishgani bir-biriga eʼtibori-4 ball
C)Romantikadan koʻra hayotga jiddiy qarash muhim-2 ball

3. Sevgi sizningcha-...
A)Ikki sevishganning bir-biriga oʻzaro munosabi-3 ball
B)Bunday toʻygʻular aldamchi-1 ball
C)Sevishganlarning bir-birisiz hayotini tasavvur eta olmasligi-4 ball

4.Yaqin doʻstingiz bilan sevgi, muhabbat haqida suhbat boʻlsa?
A)Faqat uni tinglab, goʻyoki menga qiziqdek tutaman-2 ball
B)Undan mavzuni oʻzgartirishini soʻrayman-1 ball
C)Bu haqida oʻqigan kitoblarimdan namuna keltiraman-4 ball

5. Siz tanlagan inson juda romantik boʻlsa?
A) Bunday romantikalar kinolarda boʻlishini tushuntiraman-3 ball
B)Uning qiziqishlarini oʻrganib, unga munosib javob qaytaraman-4 ball
C)Yaxshisi hayotga jiddiy qarashga undayman-2 ball

6.Sevgi, muhabbat yoʻq deyishsa?
A)Bunga noroziligimni bildiraman-3 ball
B)Aytgan fikrni qoʻllab— quvvatlayman-4 ball
C)Ahamiyatsiz qoldiraman -2 ball

7.Sevgi, muhabbatga oid sheʼrlarga munosabatingiz?
A)Doimiy ularning taʼsirchanligiga eʼtibor beraman-2 ball
B)Iloji boricha belgilab, yodlab olaman-4 ball
C)Meni qiziqtirmaydi-1 ball

8.Oila qurgandan keyin sevgi, muhabbat yanada mustahkamlanadi degan gaplarga qanday qaraysiz?
A)Sevgidan koʻra turmush sharoitini mustahkamlash muhim-3 ball
B)Oilaviy tashvishlar boshlanganda, bu tuygʻular ahamiyatsiz-2 ball
C)Oʻzaro boʻlgan sevgi oilani mustahkamlaydi-4 ball

9.Muhabbati yoʻlida har qanday ishga rozi boʻlganlar haqida nima deb o'ylaysiz?
A)Chin oshiq-3 ball
B)Shunchaki oʻzini koʻrsatmoqchi-1 ball
C)Badiiy tuqimalarda boʻladi-2 ball

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
12.6K views02:23
Ochish/sharhlash