Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIYA

Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA P
Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.86K
Kanalning ta’rifi

• Ushbu kanal sizning shaxsiy rivojlanishingizga yordam beradi @psxologiya
• Asosiy mavzu psixologik maslahatlar psixologik testlar va psixologik faktlar
Murojat: ....

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-10-14 05:01:10
BAXTLI YASHASH SIRI

Arab donishmandlaridan biri shunday degan ekan:

• Oila a'zolaringga nisbatan qahr va muloyimlik o'rtasida muomala qilib yashagin!

• Odamlar bilan goh ularga aralashib, gohida ulardan uzlatga chekinib yashagin!

• Birodarlaring bilan jiddiylik va hazil orasida yashagin!

• SHogirdlaring bilan viqor va oddiylik orasida yashagin!

• Farzandlaring bilan qattiqqo'llik va mehribonlik orasida yashagin!

• Solih hokimlar bilan ular huzuriga qatnash va ulardan uzoq bo'lish orasida yashagin!

• Qorning borasida to'yish va ochlik orasida muomala qilib yashagin!

• Jisming bilan charchatish va dam oldirish orasida yashagin!

• O'z nafsing bilan bermaslik va berish orasida yashagin!

• Robbing bilan qo'rquv va umid orasida yashagin! SHunda sen baxtli yashaysan!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.2K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-10-12 05:00:39
#FAKT

Qisqa satrlarda

Kutilgan baxt - kutilmagan vaqtda keladi;

Baʼzan taqdirga tan berishni ham oʻrganish kerak, qalb xotirjamlikka erishsa taqdirdagi muammolar ham sizga tan beradi;

Insonga oʻzi haqida gapirish va eshitish hamisha yoqimli va qiziqarlidir. Oʻzingiz haqingizdagi fikrlar qiziqarlimi? Unda avval oʻzgalarni tinglashni biling;

Odatda atrofdagilar haqida koʻp narsa bilaman, deb oʻylaymiz, lekin aslida oʻzimiz haqimizda deyarli hech narsa bilmaymiz;

Oʻz hayotingizni oʻzgalarnikiga solishtirmang, chunki u oʻz hayotingizdir;

Agarda tun zulmati boʻlmaganida oy va yulduzlar bu qadar goʻzal koʻrinmas edi;

Koʻz oldingizda botqoqdan nilufar unib tursa-yu, musibatʼʼlaringizdan hikmat axtara olmaysizmi?

Sukut - shovqin-suronning siyratidir;

Siz kimni mukammal deya olasiz? Oy yuzida dogʻlari bor yagona jism emas, quyoshning yuzida ham dogʻlari bor;
Yer shari dumaloq. Yakuniga yetgan manzillar aslida siz uchun boshlanishi boʻlishi mumkin
!...

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-10-11 03:59:02
SEVGINING SHAKLI

Sevgini geometirik shaklda ifodalash mumkin boʻlganda, men uni doirasimon qilib chizgan boʻlardim. Chunki doira ichidagi borliq aylanadi, aylanadi, oqibatda markazga kelib qolinaveradi. Sevgida ham shunday! Baʼzan inson Sevgi “doirasining” girdida aylanadi, baʼzan quyirogʻida... Ammo aylanib, aylanib baribir markazga – Birinchi muhabbatga qaytib kelaveradi.

Bayram ALI, “Koʻngil siniqlari” turkumidan.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.6K views00:59
Ochish/sharhlash
2023-10-07 09:12:23
#Kulgu

Oxirigacha o'qing!
Bir guruh turistlar timsoh fermasini ko'rgani borishibdi. Suvni o'rtasida qayiqda turganda ferma egasi "kim suvga sakrab, qirg'oqqacha tirik etib olsa, bir million dollar beraman", debdi. Hamma jim turganmish.

Shu payt bir yigit "shalop" etib suvga tushib, shosha-pisha qirg'oqqa suza boshlabdi. Timsohlar ortidan boribdi, ammo omadi kelib, yigit sog'-salomat qirg'oqqa chiqib olibdi.

Fermer majbur bo'lib, va'da qilingan bir million dollarni beribdi.
Yigit xotini bilan mehmonxonaga qaytgach, xotiniga "yaxshi bo'ldi-yu, ammo men suvga o'zim sakramadim. Kimdir suvga turtib yubordi..", desa, xotini "o'sha men edim", deyarmish

Qissadan hissa shulkim, har bir omadli erkakni ortida katta ishlarga birinchi turtki beradigan ayoli turar emish.


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.8K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-10-04 17:16:14
#PSIXOLOGIK_USUL

Baxtli insonlarning 7 ta maxfiy siri!

1️. Atrofdagilar siz haqingizda nima deb o‘ylashlari haqida bosh qotirmang

2️. Bizning har qanday fikru xayolimiz, albatta, hayotga ko‘chadi

3️. O‘zingizni boringizcha qabul qiling va yaxshi ko‘ring

4️. O‘zingizni ham, boshqalarni ham tanqid qilavermang

5️. Mehr-muhabbat hadya eting va sevgan insoningizni o‘zgartirishga urinmang.

6️. Avvalo berishni, saxiylikni, keyin esa olishni, qabul qilishni o‘rganing

7️. Kamroq o‘ylang, ko‘proq sevib, shodliklardan bahra oling.


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.4K views14:16
Ochish/sharhlash
2023-10-03 16:55:47
#Mulohaza

Hayot bu muallim! ( 1-qism)

• Qiyinchilik ortidan – sabr va kenglikni tuydim.

• Jahl chiqib, aql ketdi – xatolar qildim. Endi jahl chiqqanda sukut qilib, Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun deyishni oʻrgandim.

• Doʻstimning ham doʻsti bor. Sirimni aytsam vaqtlar kelib oʻzimga yetib kelishi mumkinligini bildim.

• Shoshib birovni ustidan xulosa chiqarib dil xiralandi, bir dam oʻylashni lozim koʻrdim.

• Oldindan hukm chiqarmay suhbatlashishni ixtiyor etdim.

• Ruhiy kechinmalarimni Allohgagina aytishni oʻrgandim.

• Ixtiyor menga berilmaganligi gʻam emas. Aql bilan ish tutishim kerakligini bildim. Kuchli istak va iroda boʻlsa, albatta, niyatim ijobat boʻlishiga inondim.

Davomi bor...

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.9K views13:55
Ochish/sharhlash
2023-10-03 05:19:29 #RUHIYAT

Hayotiy energiyani ko'paytirishning Ekspress-metodi

(TEZ o'zingizga kelishingizga yordam beradi)

Salom qadrli do'stlarim bu metodlar rostdan ham ishlaydi, hoziroq boshlashingiz mumkin!

Energiyani ko'paytirishning ikki xil yo'li bor:

Birinchisi, uni TEJASH va ikkinchisi ISHLAB CHIQARISH(ko'paytirish)

TEJASH USULLARIDAN boshlayman:
Og'ir energetik axvoldan chiqib ketishga yordam beradi, 1-3 kun amalga oshirishingiz mumkin. Xattoki 2 soatgina qilsangiz ham effekt bo'ladi.

1. JIMJITLIK PRAKTIKASI:
Iloji boricha Gapirmaslik. (Telefon, telegramda yoki jonli.) Aynan og'zimiz orqali ko'p energiya chiqib ketadi. G'iybat yoki boshqa bekorchi gaplarga ko'p energiya ketadi. Bir kun umuman gapirmang, energiyangiz shunaqangi ko'payadi.

2. MA'LUMOT-DIETASI:
Bir ikki kun umuman hech qanday yozuv, rasm va sonlarga qaramaslik. Xattoki ko'chadagi reklamaga ham ko'zingiz tushmasin, televizor ekranigayam. Bu degani telefon va internetni ham o'chirib qo'yish. E'tibor - ichimizda. E'tibor qayerga ketsa - o'sha yerga energiya ketadi. E'tiborimiz tanamizda bo'lsa, tana go'zallashadi. Qalbimizda bo'lsa, energiyaga to'lamiz. Hamma internetdagi va ko'chadagi ma'lumotlarga ketadigan energiyangiz - o'zingizga qaytib, to'ldirishni boshlaydi. Shunaqangi mazza qilasiz, sinab ko'ring.

3. SUV BILAN BUTUN TANANI TO'YINTIRISH:
Har yarim soat yarim stakan suv ichish. Yoningizga grafinda suv tayyorlab qo'ying. Organizmni 1-2 kun suv bilan to'yintiring, xuddi so'ligan gul o'ziga kelgandek, siz ham tetik bo'lganingizga hayron qolasiz.

4. YENGIL OVQATLANISH:
Go'sht va og'ir ovqatlarni hazm qilishga ham energiya sarflaymiz. 1-3 kun yengil foydali ovqatlar yeng, yengillashib kayfiyatingiz yaxshi bo'layotganini sezasiz. Tez tez ammo foydali sabzavot va mevalar.

5. NEGATIV HAYOLLARNI HARAKAT BILAN ALMASHTIRING:
Sizga yordam beraman, eng zo'ri, uyingizni ortiqcha hamma narsadan xalos qilish ishlari bilan band bo'ling. Palienko fikricha hayotni eski va foydalanilmayotgan narsalarda xalos qilish, katta energiya bilan to'ldiradi!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
12.8K views02:19
Ochish/sharhlash
2023-10-01 18:29:02 Qiziq jumboq
Rasmga qarab maqollarni toping

1.
2.
3.
4.
5.
6. .
7.
8.
9.
10.
11.
12. ‍
13.
14.
15.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
22.
23.
24.
25. 40
26. 40
27.
28.
29. .
30.
31.

Do'stlaringizga ham yuboring, bir boshlarini qotirishsin.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
12.8K viewsedited  15:29
Ochish/sharhlash
2023-09-29 05:02:24 Ikki kishi

Bunday qarash faol ijtimoiy hayotning dalilidir. Bunday odam uchun jamiyat juda muhim, uning hayotini egallaydi. Bu uning yuqori darajadagi ijtimoiy aloqaga ega ekanligini anglatadi.

Ikki raqam

Agar o'yinda ishtirok etgan 2 ta raqam ko'rinsa, demak, bu inson hayotda doimo kimdir bilan raqobatlashayotganini anglatadi. U doimo etakchi o'rinni egallash, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun raqobatlashadi.

An'anaviy odamlar odatda 2 erkakni ko'rishadi. Qolganlari esa noaniq jinsi bo'lgan ayollar yoki odamlarga e'tibor berishadi. Ammo bu jinsiy orientatsiyani belgilaydi deb o'ylamaslik kerak. Psixologlarning bu boradagi fikrlari turlicha.


Qo'llarini yuvayotgan odamlar

Bunday tasavvur insonning haqiqiy hayotda himoyalanmaganligini ko'rsatadi. Va bu uni juda xavotirga soladi. Boshqa ko'rish paranoid tendentsiyalarning mavjudligini ko'rsatishi mumkin.

Oynaga qarash

Bunday odam faqat o'zini sezadi, shuning uchun u odamlarni tushunolmaydi. Odatda u birovning fikrini tinglamaydi, faqat uning Egosi u uchun muhim.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.2K views02:02
Ochish/sharhlash
2023-09-29 05:02:24
#PSIXOLOGIK_TEST

E'tiboringizni ajoyib testga qaratmoqchimiz. Ushbu test deyarli 98 foiz kishilarda to'g'ri chiqadi. Siz ham albatta sinab ko'ring

Rasmda ilk bor nimani ko'rdingiz?

Ikki kishi
Ikki raqam
Qo'llarini yuvayotgan odam
Oynaga qarash


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.1K views02:02
Ochish/sharhlash