Get Mystery Box with random crypto!

​#Mulohaza ​​ • ZAMON O‘ZGARDIMI, BIZMI? • O‘tgan kunlar | PSIXOLOGIYA

​#Mulohaza

​​ • ZAMON O‘ZGARDIMI, BIZMI? •

O‘tgan kunlarda mehmonga:
- Har doim siz uchun eshigimiz ochiq, qachon xohlasangiz tashrif buyuring, marhabo! -, derdik.

Bu kunlarda esa:
- Kelishingizdan oldin ogohlantirib qo‘ysangiz bo‘lmasmidi! -, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Hovli olma, qo‘shni ol! -, derdik.

Bu kunlarda esa:
- Sen menga tegma, men senga tegmayman!-, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda qarindoshlarni:
- Yelkadoshlar! -, deyilardi…

Bu kunlarda esa:
- Qarindoshlar qorindosh -, deyilmoqda…

O‘tgan kunlarda kunlik yig‘ilishimiz bo‘lar, oramizda yo‘qlarni so‘rab-surishtirardik…

Bu kunlarda esa yo bayramlarda va yo ta'ziyalardagina ko‘rishmoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Men bugun nima yaxshilik qildim?! -, deb o‘zimizni taftish qilardik…

Bu kunlarda esa:
- Nimaga hech kim yaxshilik qilmayapti?! -, deb o‘zgalarni titkilamoqdamiz…

O‘tgan kunlarda dushman kimligini yaxshi bilardik..
Bu kunlarda esa do‘st kim ekanini ham bilmay qoldik..

Dunyo o‘zgargani yo‘q, aslida…
Balki qalblar o‘zgarib ketdi…

Eh, o‘tgan kunlarga…
Voy, bu kunlarga…


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!