Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIYA

Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA P
Kanaldagi mavzular:
Monolog
Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA
Kanaldagi mavzular:
Monolog
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.53K
Kanalning ta’rifi

• Ushbu kanal sizning shaxsiy rivojlanishingizga yordam beradi @psxologiya
• Asosiy mavzu psixologik maslahatlar psixologik testlar va psixologik faktlar
Murojat: ....

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-02-08 19:00:49
#FAKT

Miyamiz ikki qismdan iborat: chap va o'ng.

CHap qism asosan mantiqqa o'ng qismi emotsiyalarga javob beradi.

CHap qism matnli xotira hisoblanadi: turli xil so'zlar, matnlar, raqamlar, faktlar, analizlar va h.k.

O'ng qism emosional xotira hisoblanadi: beshta his-tuyg'u – ko'rish, eshitish, hid sezish, ta'm bilish va taktil xotira.

CHap qism 10% eslab qolish potensialiga ega. O'ng qism 90% ma'lumot saqlab qolishga ega.

CHunki, bir o'ylab ko'ring, siz tasavvurlar orqali o'ylaysizmi yoki miyangizda matnlar paydo bo'ladimi. Albatta tasavvurlar yordamida.

Tasavvur 80% eslab qolish kuchiga ega. Qolgan his-tuyg'ular 90% bo'lishib oladi
.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.7K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-02-08 16:48:02 #HIKOYA

Masal.

Keksa mushuk maysaning ustida dam olib yotardi. SHunda uning oldiga yoshgina bir mushuk kelib, chirpirak bo'lib aylana boshladi.
⸺Nima qilayapsan?⸺so'radi undan keksa mushuk.
⸺Dumimni tutishga harakat qilayapman!
⸺Bu senga nimaga kerak?
⸺Agar uni ushlasam, baxtli bo'lishimni aytishdi.
Keksa mushuk jilmaydi.
⸺Nega jilmaydingiz? ⸺endi uning o'zini savolga tutdi yosh mushuk.
⸺Jilmayganimni sababi, menga ham yoshligimda dumimni tutsam baxtli bo'lishimni aytishgan edi. Keyin men uni kun bo'yi quvladim. Ovqat yemay, suv ichmay kuni bo'yi dumimni quvaverganimdan, oxiri holdan toyib, yiqilib qoldim. Dumimni tutishdan ortiq umidimni uzib, bir chekkada xafa bo'lib yotar ekanman, bilasanmi nimani tushunib qoldim?
⸺Nimani?
⸺Qaerga bormay, dumim o'zim bilan ekan
!

Baxtni quvmang Baxt o'zingiz bilan!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.5K views13:48
Ochish/sharhlash
2024-02-07 05:12:28
Er xiylasi!

Er ayoli bilan kattik, aytishib arazlashib koldi.

Ayol arazladi - yu eri bilan gaplashmay kuydi.

Oradan biroz vakt utib kek ginasini unutgan er ayoliga suz otdi.

Ayoli tushmagur kattik arazlagan ekanmi umr yuldoshining suzlariga sukut ila javob berdi.

Har qancha urinmasin u ayolini dilgir kayfiyatdan chiqara olmadi.

Axiyri bir xiyla uylab topdi...

U javon va kutilarni xuddi bir narsa izlayotganday titkilab tashladi.

Bu qidiruv bir muddat davom etgach ayol chidolmadi:

Xoy dadasi, xamma joyni tintib nima izlayapsiz uzi?

Xudoga shukur topdimey, - deb ayyorona kulimsiradi u.

Xalitdan beri seni ovozingni izlayotuvdim onasi!

Topdim topdim.

Ayol xam teskari karab jilmaydi...


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.0K views02:12
Ochish/sharhlash
2024-02-06 04:57:55 #JAVOBLAR

Ilon

Siz qat'iyatli insonsiz.Siz tavakkal qilishni afzal ko'rasiz va kutib o'tirmaysiz.

Oqqush

Siz o'zingizning printsiplaringizni talab qilmaslikka o'rgangansiz.
Doim va'da qilingan narsa bajarilmay qolishi mumkin ekanligini tushunasiz. Siz odamlar va dunyodagi o'zgarishlarni qabul qila olasiz.


Qarg'a

Siz faqat dalillarga ishonishni o'rgangansiz. Siz aniq qarorlarni qabul qilishni afzal ko'rasiz.
Siz ko'r-ko'rona omadga ishonmaysiz.


Bo'ri

Odamning gapi va ishiga ehtiyot bo'lishni o'rgangansiz. Sabr bilan kutishni va keraksiz xatarlarsiz ish yuritishni bilasiz. Siz notanish odamlarga ishonmaysiz va suv oqimiga qarshi suzmaysiz.

Mushuk

Bor narsangizni qadrlashni o'rgangansiz. Siz jarayonni to'xtatib qo'yishdan ko'ra ishni, munosabatlarni moslashtirishni afzal ko'rasiz.Odatda oqilona murosaga kelasiz.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
15.5K views01:57
Ochish/sharhlash
2024-02-06 04:57:55
#PSIXOLOGIK_TEST

Suratda birinchi bo'lib nimani ko'rdingiz ? Marhamat tanlang va xarakteringiznin yangi xususiyatlari haqida bilib oling

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.5K views01:57
Ochish/sharhlash
2024-01-25 07:30:04 #Mulohaza

Ayol kishi farzand dunyoga keltirishdan boshqa yana nima qila oladi?

1. Farovonlik uchun magnit boʻling

Tashqi ko'rinish, aql, yosh, ijtimoiy mavqe, xarakter xususiyatlari - bularning barchasi, aslida ayol uchun ikkinchi darajali hisoblanadi.

Haqiqiy ayol birinchi navbatda erkakni ichki holati bilan o'ziga tortadi.

Erkakni o'ziga tortadigan holat - bu ayolning o'zidan va hayotidan zavqlanishi.

O'zingizdan zavqlanish oson san'at emas, lekin uni o'zlashtirgan ayol kuchli magnitga aylanadi.

Doimiy zavqlanadigan ayol o'z hayotiga tegishli voqealarni, odamlarni, sharoitlarni jalb qila oladi.

Doimiy shikoyat qiladigan va azob chekadigan ayol qayg'uli voqealarni, odamlarni va vaziyatlarni hayotiga tortib oladi.

2. Erkak kishi moddiyatga javobgar.

Erkak ayolni o'zini emas, balki uning ichki holatini sevadi.

Haqiqiy Ayol erkakga mexr-muhabbat berish uchun o'zida ayollikni rivojlantiradi. Haqiqiy Ayol erkakka aql, go'zallik, tana, muvaffaqiyat emas, balki ichki xotirjamlikni beradi.

"Uning yonida o'zimni tarixdagi eng yaxshi odamdek his qilaman" - Haqiqiy ayolni yonidagi erkak ushbu gaplarni ayta oladi.

3. Dunyoga sevgi taratuvchi ayol hisoblanadi.

Ayolning sevgi uchun saxiyligi unga javob tarzida muhabbatni tortadi. Agar ayol sevilmoqchi bo'lsa, u bilan aloqada bo'lgan hamma narsani sevgi bilan to'ldirishni o'rganishi lozim. Sevgini bering, zavqlaning. Sevgi nafas olish va nafas chiqarishingizda namoyon bo'lishi kerak.

Sevgi bizning dunyomizga haqiqiy ayollar orqali kiradi. Baxtli bolalar, go'zal ijodiy narsalar, serobgar erkaklar haqiqiy ayollar orqali shakllanadi.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.3K views04:30
Ochish/sharhlash
2024-01-23 05:00:40 #MONOLOG

Ayolga pul bering

Ayolga pul bering, shunday pullarki,
Erkaklar yashirib yurgan pullardan.
Ayolga pul bering, shunday pullarki,
Choyxonani kutib turgan pullardan.

Ayolga pul bering, o'ziga emas,
Ro'mol olmoqchidir qaynonasiga.
O'g‘liga planshet, qiziga kitob,
Nosvoy olmoqchidir qaynotasiga.

Ayol pul so'rasa bo'lmang darg‘azab,
Busiz ham qaltirab turadi yurak.
Uyga mehmon kelar pista-yu bodom,
Dasturxonga banan, apelsin kerak.
Ayol pul so'rasa bo'ling Hotamtoy,

Sizlarga yor bo'lsin xush kayfiyatlar.
Ey siz baraka boshi, ey boy otalar.
Muhtaram erkaklar, valine’matlar.

Erkak uchun pul – qo'l kiri emish,
To'kilar restoran, mayxonalarda.
Erkak qo'lin yuvar ikki kunda bir,
Bir-biridan go'zal choyxonalarda.

Erkak pul sarflasa ko'cha ko'ylarda,
Cho'ntakda shamollar sayr etib yurar.
Pullari ko'chada qolgan uylarda,
Sichqonlar hassaga suyanib turar.
Erkak pul sarflashga ustasi farang,
Chorlar sinfdoshlar, bir kun jo'ralar.
Bir kuni kasbdoshlar, do'stlar, ulfatlar,
To'planar kursdoshlar ,mardlar, to'ralar.

Ayol-chi? Ayol bir so'm topsa tugar o'n joydan,
Borini oshirar eplar, uch-uchlar.
Eri tashlab ketgan yirtiq pulni ham,
Ko'ziga surtadi, yamar, sukochlar.
Ayolga pul bering, so'raganida,

Ayolga pul bering, bo'lmasdan baxil,
Ayolga pul bersangiz uch-to'rt kun o'tmay,
Sizga Xudo berar, mana men kafil.

Zulfiya Mӯminova.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2024-01-19 05:01:49 #IBRAT

BILL GEYTSNING YOSHLARGA 11 MASLAHATI

O‘qimishli bo‘lish miyani bilimga to‘ldirib tashlash yoki ko‘p bilish degani emas. Bu – nimani bilishing va nimani bilmasligingni ajrata olish degani. Bill Geyts dunyoning muvaffaqiyatli kishisi sifatida faxriy mehmon bo‘lib juda ko‘p ta'lim muassasalarida ishtirok etadi, yuqoridagi kabi fikrlar bilan yoshlarning ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

1-qoida:
Hayot ko‘rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo‘ladi. Siz ham hayotingizni qo‘lga oling-da, uni ishga soling.

2-qoida:
Dunyo sen o‘zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o‘zingni hurmat qilishingdan oldin biror ishni qoyillatib qo‘yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga munosib ekaningizni isbot qiling.

3-qoida:
Maktabni tamomlamasdan turib na o‘zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham imkoni yo‘q. Shuning uchun hozir bilim oling.

4-qoida:
Agar bugun o‘qituvchi talabchan ekanidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo‘liga tushganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko‘ring.

5-qoida:
Ehtimol, siz o‘zingizni eng quyi ishga munosib ko‘rmassiz. Ammo sizning ota-bobongiz bu ishni boshqacha, «imkoniyat» deb nomlagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo‘lmang.

6-qoida:
Hayotda nimadadir xato qilsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo‘q, ularni qiynamang. Xatolaringiz uchun dod-faryod solishni emas, xulosa chiqarishni o‘rganing.

7-qoida:
Sizning tug‘ilishingiz ota-onangiz uchun faqat bayram emas, katta mas'uliyat bo‘lgan. Ularni asrang va qadrlang. Bu kelajakda o‘zingiz qadr topishingiz uchun kerak bo‘ladi.

8-qoida:
Maktabni a'lochilar ham, past o‘zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o‘qiydiganlarga to‘g‘ri javobni topgunlariga qadar qulay sharoit yaratib beriladi. Ammo hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun sanoqli imkon va ishonch beriladi. Shuni unutmang.

9-qoida:
Hayotda choraklik, yillik imtihon, so‘rov yoki hisobot degan tushunchalar yo‘q. Hayot imtihonini ham, hisobotini ham barcha bir marta – umr so‘ngida o‘z-o‘ziga topshiradi. Eng muhimi, mana shu imtihonga tayyor bo‘ling.

10-qoida:
Televizor, bu – hayot degani emas. Aks holda, undagi qahramonlar vaqtlarining asosiy qismini mehnat qilishga sarflagan bo‘lar edilar. O‘zingizni samarali va maqsadli mehnatga tayyorlang.

11-qoida:
Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak bo‘ladi. Bu esa vaqt hamda mashaqqatli mehnat degani.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.0K views02:01
Ochish/sharhlash
2024-01-15 13:18:16
#MULOHAZA

O'zingizni tashqi ko'rinishda ham, xarakterda ham to'liq qabul qilishni o'rganing.

Agar kerak bo'lsa, o'zingizni xatti-harakatingizni o'zgartiring, lekin o'zingizga individual bo'lishga imkon bering.

O'z hayotingiz va o'zingizni ifoda etishingiz uchun javobgarlikni o'z zimmangizga oling.

O'zingizga yordam bering. O'zingizni erkalashni, maqtashni va sovg'alar berishni o'rganing. O'zingiz va atrofingizdagilar haqida faqat ijobiy fikrlarni shakllantirishni o'rganing.

O'zingizni yoki boshqalarni hukm qilmang. Yodingizda bo'lsin, har qanday kamchilik faqat taqqoslashda kamchilikdir.

Atrofingizdagi odamlarning fikrlaridan mustaqil bo'ling. Ularni tinglayotganda, o'zingizni tinglang. Ularning fikri bilan rozi bo'lishning hojati yo'q, shunchaki buni hisobga olish kerak.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.2K views10:18
Ochish/sharhlash
2024-01-13 09:50:04
#MOTIVATSIYA

Qiyin vaqtlarda o’zizga nima deyishingiz kerak?

1. Sani qutqara oladigan yagona inson bu - sansan.

2. Hayollar - bu shunchaki hayollar , lekn san ularga kuch berishin mumkin.

3.Agar hech narsa o’zgarmasa, boshqa yo’lni tanla maqsadni emas.

4.Hayotda ko’p narsalar yuz beradi, lekn hammasiniyam yechomisan.

5. Sanga xozirdagi san yoqadimi yoki bo’lmoqchi bo’lganimi?

6. O’zindaka holatda do’stinga nimani maslaxat berardin?

7. San boshqa odamlarni harakatini o’zgartiromisan. Lekn ulani boshqarishga ta’sir ko’rsatolisan.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.9K views06:50
Ochish/sharhlash