Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIYA

Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA P
Telegram kanalining logotibi psixologik_testlar_oyinlar — PSIXOLOGIYA
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.86K
Kanalning ta’rifi

• Ushbu kanal sizning shaxsiy rivojlanishingizga yordam beradi @psxologiya
• Asosiy mavzu psixologik maslahatlar psixologik testlar va psixologik faktlar
Murojat: ....

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-09-27 18:30:02 #RUHIYAT

PSIXOLOGIK AYYORLIKLAR
(hohishingizga erishishga yordam beradi)


Gavdangiz holatiga e'tiborli bo'ling:
Kim bilandir gaplashayotgan paytingizda, undan nusxa ko'chirishga yani uning hat-xarakatlari, gavdasining holatiga muttanosib xarakat qilishga urinib ko'ring. Shunday qilishingiz bilan, u odam o'zi anglamagan holda sizga hamfikr bo'lishni boshlaydi. Bu taktika ayniqsa biror yordam so'rashda juda qo'l keladi.

Savol berishdan oldin tanaffus qiling:
Bu eski tryuk, lekin majlislarda yaxshi natija beradi. Agar kim bilandir suxbat o'tkazayotgan bo'lsangiz, savol berishdan oldin uzun (juda uzoq) tanaffuslar qiling. Bu odamlarni rost gapirishga majbur qiluvchi omadli usul.

Bosh silking:
Do'stlaringiz ko'pchilik qarshisida hayajonli chiqish qilayotgan paytda unga bosh silkib turishingiz katta yordam beradi. Ayniqsa har bir jumla so'ngida bajarish, yaxshi natija beradi. Sababi aniqlanmagan, lekin ommaviy chiqishlarda adashib va chalkashib ketmaslikga yordam beradi. Bu usul 10 tadan 9 tasida ish beradi.

Hohishingizga erishish uchun turli variantlarni qo'llab ko'ring:
Biz ko'pincha mavjud turli variantlardan birini tanlashimizga to'g'ri keladi. Ulardan faqat ikkitasini tanlab oling va ishontirishga urinayotgan insoningizga ularni alternativ sifatida taklif qilib ko'ring. Va ko'p hollarda, tanlov aynan sizning takliflaringizdan biri bo'lib chiqadi.

Rostgo'y bo'ling:
Keyingi safar, biror hayrli bo'lmagan xarakatni (qonun doirasida) amalga oshirishga urinishingizdan oldin, rostgo'y bo'lishga xarakat qiling. O'zingizni shu yerda bo'lishga majbur va yuklatilgan vazifani bajarayotgan odamdek tuting. Buni ish berganidan hayratda qolasiz! AMMO: bundan yovuz maqsadlarda foydalanmang.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.3K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-09-27 05:01:39 ​#MOTIVATSIYA

BU SENING HAYOTING

Sen yaxshi korgan ishni qil
va uni toxtatma. Agar senga nimadir yoqmasa- uni ozgartir. Agar senga ishing yoqmasa, undan ket. Agar senga vaqt yetmasa - televizor korishni
bas qil. Agar sen bir umrlik sevgingni izlayotgan bolsang,
bas qil.

U sen sevgan ish bilan shugullanayotganingda ozi seni topadi. Xayotni analiz qilishni bas qil. Xayotni analiz qilib bolmaydi. Xayot - bu oddiylikda. Barcha hislar ajoyib. Yangilik uchun oʼz qalbingni, qolingni va boshingni och. Odamlar uchun ozingni och. Unutma, bizni oramizdagi farq birlashtiradi. Soʼrashdan va javob berishdan qoʼrqma.

Sayohat qil. Sen yoqolgan joyingdan oʼzingni topishing mumkin. Koʼp imkoniyatlar faqat bir martta beriladi. Ularni maxkam tut. Xayot - bu sening atrofingdagi odamlar va ular bilan birga
ixtiro qilgan narsalaring.
Ixtiro qilishdan aslo to`xtama.


HAYOT - BU JUDA TEZ.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
15.5K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-09-25 05:48:37
#MOTIVATION

Umringizni yaxshi odamlarni qidirishga emas, balki yaxshi odam bo‘lishga sarflang, shunda yaxshi odamlarni o‘zlari sizni topib keladi.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
15.4K views02:48
Ochish/sharhlash
2023-09-23 05:14:23 Choynak №1

Sizda qiyin xarakter bor. Qat'iyatsizlik va shubhalilik sizga xosdir. Har doim o'zingizdan va atrofingizdagilardan shubhalanasiz. O'zingizning ishonchsizligingizni takabbur xatti-harakatlar bilan qoplaysiz. Odamlar bilan qo'pol muomala qilasiz. Lekin siz sevgan va siz uchun aziz bo'lganlarga nisbatan mas'uliyatli va g'amxo'rsiz. Siz halol va to'g'ridan-to'g'risiz.

Choynak № 2

Siz qiziqarli suhbatdosh va yaxshi do'stsiz. Boshqalarga mehribon, tushunish bilan muomala qilasiz. Siz odamlarni xatolari uchun kechirishni bilasiz. Biroz beparvo va ishonuvchan. Sevgi tuyg'usisiz hayot hech qanday ma'noga ega bo'lmagan mehribon tabiat. Odamlarda ichki dunyoni qadrlang, ularning tashqi ko'rinishi siz uchun unchalik muhim emas.

Choynak №3

Siz uchun hayot o'yin, siz tavakkal qilishni yaxshi ko'rasiz. Xavflar sizni o'ziga jalb qiladi, siz hayajonli sarguzashtlar ishtirokchisi bo'lish vasvasasiga qarshi tura olmaysiz. Siz qiyinchiliklarga osongina dosh berasiz, har qanday yangi narsaga qanday moslashishni bilasiz, qiyinchiliklardan qo'rqmaysiz va har doim taqdirning zarbasini olishga tayyorsiz, chunki har qanday muammolarni engishingizga ishonchingiz komil.

Choynak № 4

Siz qat'iy qoidalarga ega odamsiz, siz uchun ideallaringizga mos kelish muhimdir. O'zingizning odamingizga e'tiborni yoqtirmaysiz, siz ko'proq yolg'iz vaqt o'tkazishni afzal ko'rasiz. Siz boshqalardan juda ko'p narsani talab qilasiz, shuning uchun siz odamlarga yaqinlashishingiz juda qiyin. Ular siz bilan ochiq va halol bo'lishlarini xohlaysiz, lekin o'zingiz ochiqchasiga gapirishga qodir emassiz.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.9K views02:14
Ochish/sharhlash
2023-09-16 19:00:19 #Qiziqarli_malumot

​​BU ALLOH TAOLONING SAN'ATIDIR!

Inson miyasi haqida


Inson miyasining sathini ko'rib turibsiz. Olimlar miyani "Borliqdagi kashf etilgan narsalarning murakkabrog'i" deb sifatlaydilar.

Miyamiz asosan suvdan iborat. Miyamizda oz miqdorda go'sht va to'qima mavjud. Qolgan 80 foizi suvdan iboratdir.

Miyamizda taxminan 100 milliard asab hujayralari bor.

Tush ko'rayotganimizda, xayol surayotganimizda, kulayotganimizda, o'ylayotganimizda, biror narsani ko'rayotganimizda, harakat qilayotganimizda miyamizda kimyoviy va elektrik signallar sodir bo'lib, ular asab hujayralari orasida katta tezlik bilan tarqaladi.

Asab impulslari shunchalik tezki, tashqi ta'sirlardan keladigan signallar miyaga soatiga o'rtacha 402 kilometr tezlikda keladi.

Miyamizdagi bunday faollik to'xtovsiz davom etadi.

Miyamizda soniyasiga millionlab signallar tarqaladi. Ushbu signallarning miqdori dunyodagi barcha uyali telefonlar miqdoridan ko'pdir.

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: “Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning san'atidir” (Naml surasi, 88-oyat)

Alloh taolo barchamizni O'zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin!


Internet ma'lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.7K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-09-15 05:43:00 ​ #Mulohaza

Gʻalabaga eltuvchi 6 ta sifat

Juda koʻpchilik, natijaga erishish uchun nima qilish kerak deb soʻraydi? Natijaning 99%i mexnat 1%i omad. Manashu 99% foizni toʻldirish uchun ushbu 6 ta sifat kerak boʻladi

1. Mexnat (mexnat deganda koʻpchilik ogʻir va tinimisiz ishni tushunadi, aslida unday emas. Tinimsiz mexnat bu kam ishlasangiz xam aql va mexr bilan ishlash. Xatto ishlayapganingizda xam shu ishni oʻylash)

2. Sabr (Sabr natija eshigini ochuvchi soʻngi kalit)

3. Toʻlov (Xar bir narsaning toʻlovi bor. Qancha koʻp toʻlasangiz shuncha koʻproq natija olasiz. Toʻlov faqat pulda emas. Toʻlov: vaqt, mexnat, sabr…)

4. Davomiylik (Xech bir ishda muvafaqqiyatga erishish uchun kamida 10000 soat shu ish bilan shugʻullanishingiz kerak)

5. Intizom (motivatsiya sizni ruxlantiradi lekin bitta ishni bajarib qoʻymaydi. Ishni faqat intizom qiladi. Intizom ikki xil boʻladi: ichki va tashqi)

6. Oʻziga ishonch va yaxshilikga umid (Bu barcha natijalarning poydevori. Xar qanday natijaga erishgan insondan soʻrasangiz, -bir kun shu kunlar kelishiga ishonardim, deydi)

Bu postni kimga yuborishni bilasiz. Unga xozir sizning ruxiy dalda berishingiz kerak

Azizaxon Tashxodjayeva

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
15.7K views02:43
Ochish/sharhlash
2023-09-14 05:00:56 #Kulgu

Antiqa Test

Tug'ilgan oyingiz

Yanvar - Samalyotda
Fevral - Hammomda
Mart - Ko'chada
Aprel - Oshxonada
May - Diskotekada
Iyun - Tualetda
Iyul - Magazinda
Avgust - Moshinada
Sentabr - Dalada
Oktyabr - Zapravkada
Noyabr - Podvolda
Dekabr - Hokimiyatda

Tug'ilgan kuningiz

1.Toshbaqa 17.Televizor
2.Qovun 18.Olma
3.Tarakan 19.Moylov
4.Sabzi 20.Shortik
5.Quyon 21.Mashina
6.Maska 22.Latta
7.Etik 23.Tapichka
8.Zaryadnik 24.Gugurt
9.Kalish 25.Sumka
10.Paqir 26.Kalyan
11.Sigaret 27.Choynak
12.Nos 28.Banan
13.Semichka 29.Jirafa
14.Baliq 30.Sovun
15.Ko'ylak 31.Soat
16.Shashlik

Telefon nomeringizni oxirgi soni

1.Yasadim
2.Yedim
3.Chaqdim
4.Sotdim
5.Pishirdim
6.Hidladim
7.Ko'mdim
8.So'radim
9.Tishladim
0. Ichdim

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.6K viewsedited  02:00
Ochish/sharhlash
2023-09-12 06:00:07Ideal og'irlik. O'zingizni tekshirib ko'ring.

Qizlar uchun:


135 sm - 33 kg
140 sm - 41 kg
142 sm - 44 kg
148 sm - 46 kg
152 sm - 48 kg
156 sm - 50 kg
160 sm - 52 kg
164 sm - 55 kg
168 sm - 58 kg
172 sm - 61 kg
176 sm - 64 kg
180 sm - 67 kg
184 sm - 70 kg
188 sm - 74 kg
192 sm - 78 kg
196 sm - 82 kg
200 sm - 86 kg

O'g'il bolalar uchun

135 sm - 35 kg
140 sm - 43 kg
142 sm - 47 kg
148 sm - 50 kg
152 sm - 53 kg
156 sm - 54 kg
160 sm - 57 kg
164 sm - 60 kg
168 sm - 63 kg
172 sm - 64 kg
176 sm - 67 kg
180 sm - 70 kg
184 sm - 74 kg
188 sm - 77 kg
192 sm - 81 kg
196 sm - 86 kg
200 sm - 91 kg

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.0K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-09-09 04:02:07 1 - Panja

Sizga sherdek do'stlar kerak. Tabiatan liderlar. Qat'iy odamlar. Istalgan natijaga qanday erishishni biladiganlar.

2 - Panja

Shubhasiz, sizning atrofingizdagi do'stlar - itlardek bo'lishi kerak. Ya'ni hissiyotli, so'zsiz sodiqdirlar. Sizning munosabatingizni qadrlaydigan, xatolaringizni kechiradigan va siz bilan vaqt o'tkazishdan zavqlanadiganlar. O'zlari uchun qadrli bo'lgan narsalarni tajovuzdan qanday himoya qilishni biladigan insonlar kerak.

3 - Panja

Sizning do'stlaringiz - quyonlardek bo'lishikerak. Ehtiyotkor va maftunkor odamlar. Xatarlarni yoqtirmaydigan va nizolardan qochadiganlar. Ular tashqi va ichki fazilatlari uchun ko'pchilikka yoqadi. Yaxshi tinch odamlar.

4 - Panja

Do'stlaringiz - mushuklar hayotingizga foydali ta'sir ko'rsatishi kerak. To'g'ridan-to'g'ri, ko'pincha o'jar, deyarli har doim mustaqil odamlar. Sizga to'g'ri yo'l ko'rsata oladigan va g'amxorlik qiladigan insonlar sizning do'stlaringizdir.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
13.5K views01:02
Ochish/sharhlash
2023-09-06 05:01:15
#PSIXOLOGIK_FAKT

Tabassum ajoyib dori:

Uni do'stingizga bersangiz xursand bo'ladi.

Dushmaningizga bersangiz pushaymon bo'ladi.

Onangizga bersangiz umri uzayadi.

Farzandingizga bersangiz mehri oshadi.

Tanimagan kishingizga bersangiz siz uchun sadaqa ajri bo'ladi.

Sevgan juftingizga  bersangiz sevgisi ortadi.

Bu dorining zararli asoratlari yo'q va u hech qaerda sotilmaydi, balki uni Alloh taolo yuzingizga joylab qo'ygan.

Salgina tabassum qilsangiz bo'ldi, ajoyib bepul dori tayyor.

Bir biringizga tabassum ulashing azizlar!


@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
14.2K views02:01
Ochish/sharhlash