Get Mystery Box with random crypto!

#Qiziqarli_malumot ​​BU ALLOH TAOLONING SAN'ATIDIR! Inson | PSIXOLOGIYA

#Qiziqarli_malumot

​​BU ALLOH TAOLONING SAN'ATIDIR!

Inson miyasi haqida


Inson miyasining sathini ko'rib turibsiz. Olimlar miyani "Borliqdagi kashf etilgan narsalarning murakkabrog'i" deb sifatlaydilar.

Miyamiz asosan suvdan iborat. Miyamizda oz miqdorda go'sht va to'qima mavjud. Qolgan 80 foizi suvdan iboratdir.

Miyamizda taxminan 100 milliard asab hujayralari bor.

Tush ko'rayotganimizda, xayol surayotganimizda, kulayotganimizda, o'ylayotganimizda, biror narsani ko'rayotganimizda, harakat qilayotganimizda miyamizda kimyoviy va elektrik signallar sodir bo'lib, ular asab hujayralari orasida katta tezlik bilan tarqaladi.

Asab impulslari shunchalik tezki, tashqi ta'sirlardan keladigan signallar miyaga soatiga o'rtacha 402 kilometr tezlikda keladi.

Miyamizdagi bunday faollik to'xtovsiz davom etadi.

Miyamizda soniyasiga millionlab signallar tarqaladi. Ushbu signallarning miqdori dunyodagi barcha uyali telefonlar miqdoridan ko'pdir.

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: “Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning san'atidir” (Naml surasi, 88-oyat)

Alloh taolo barchamizni O'zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin!


Internet ma'lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!