Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT PSIXOLOGIK AYYORLIKLAR (hohishingizga erishishga y | PSIXOLOGIYA

#RUHIYAT

PSIXOLOGIK AYYORLIKLAR
(hohishingizga erishishga yordam beradi)


Gavdangiz holatiga e'tiborli bo'ling:
Kim bilandir gaplashayotgan paytingizda, undan nusxa ko'chirishga yani uning hat-xarakatlari, gavdasining holatiga muttanosib xarakat qilishga urinib ko'ring. Shunday qilishingiz bilan, u odam o'zi anglamagan holda sizga hamfikr bo'lishni boshlaydi. Bu taktika ayniqsa biror yordam so'rashda juda qo'l keladi.

Savol berishdan oldin tanaffus qiling:
Bu eski tryuk, lekin majlislarda yaxshi natija beradi. Agar kim bilandir suxbat o'tkazayotgan bo'lsangiz, savol berishdan oldin uzun (juda uzoq) tanaffuslar qiling. Bu odamlarni rost gapirishga majbur qiluvchi omadli usul.

Bosh silking:
Do'stlaringiz ko'pchilik qarshisida hayajonli chiqish qilayotgan paytda unga bosh silkib turishingiz katta yordam beradi. Ayniqsa har bir jumla so'ngida bajarish, yaxshi natija beradi. Sababi aniqlanmagan, lekin ommaviy chiqishlarda adashib va chalkashib ketmaslikga yordam beradi. Bu usul 10 tadan 9 tasida ish beradi.

Hohishingizga erishish uchun turli variantlarni qo'llab ko'ring:
Biz ko'pincha mavjud turli variantlardan birini tanlashimizga to'g'ri keladi. Ulardan faqat ikkitasini tanlab oling va ishontirishga urinayotgan insoningizga ularni alternativ sifatida taklif qilib ko'ring. Va ko'p hollarda, tanlov aynan sizning takliflaringizdan biri bo'lib chiqadi.

Rostgo'y bo'ling:
Keyingi safar, biror hayrli bo'lmagan xarakatni (qonun doirasida) amalga oshirishga urinishingizdan oldin, rostgo'y bo'lishga xarakat qiling. O'zingizni shu yerda bo'lishga majbur va yuklatilgan vazifani bajarayotgan odamdek tuting. Buni ish berganidan hayratda qolasiz! AMMO: bundan yovuz maqsadlarda foydalanmang.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!