Get Mystery Box with random crypto!

#HIKOYA Masal. Keksa mushuk maysaning ustida dam olib yota | PSIXOLOGIYA

#HIKOYA

Masal.

Keksa mushuk maysaning ustida dam olib yotardi. SHunda uning oldiga yoshgina bir mushuk kelib, chirpirak bo'lib aylana boshladi.
⸺Nima qilayapsan?⸺so'radi undan keksa mushuk.
⸺Dumimni tutishga harakat qilayapman!
⸺Bu senga nimaga kerak?
⸺Agar uni ushlasam, baxtli bo'lishimni aytishdi.
Keksa mushuk jilmaydi.
⸺Nega jilmaydingiz? ⸺endi uning o'zini savolga tutdi yosh mushuk.
⸺Jilmayganimni sababi, menga ham yoshligimda dumimni tutsam baxtli bo'lishimni aytishgan edi. Keyin men uni kun bo'yi quvladim. Ovqat yemay, suv ichmay kuni bo'yi dumimni quvaverganimdan, oxiri holdan toyib, yiqilib qoldim. Dumimni tutishdan ortiq umidimni uzib, bir chekkada xafa bo'lib yotar ekanman, bilasanmi nimani tushunib qoldim?
⸺Nimani?
⸺Qaerga bormay, dumim o'zim bilan ekan
!

Baxtni quvmang Baxt o'zingiz bilan!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!