Get Mystery Box with random crypto!

#MONOLOG Ayolga pul bering Ayolga pul bering, shunday p | PSIXOLOGIYA

#MONOLOG

Ayolga pul bering

Ayolga pul bering, shunday pullarki,
Erkaklar yashirib yurgan pullardan.
Ayolga pul bering, shunday pullarki,
Choyxonani kutib turgan pullardan.

Ayolga pul bering, o'ziga emas,
Ro'mol olmoqchidir qaynonasiga.
O'g‘liga planshet, qiziga kitob,
Nosvoy olmoqchidir qaynotasiga.

Ayol pul so'rasa bo'lmang darg‘azab,
Busiz ham qaltirab turadi yurak.
Uyga mehmon kelar pista-yu bodom,
Dasturxonga banan, apelsin kerak.
Ayol pul so'rasa bo'ling Hotamtoy,

Sizlarga yor bo'lsin xush kayfiyatlar.
Ey siz baraka boshi, ey boy otalar.
Muhtaram erkaklar, valine’matlar.

Erkak uchun pul – qo'l kiri emish,
To'kilar restoran, mayxonalarda.
Erkak qo'lin yuvar ikki kunda bir,
Bir-biridan go'zal choyxonalarda.

Erkak pul sarflasa ko'cha ko'ylarda,
Cho'ntakda shamollar sayr etib yurar.
Pullari ko'chada qolgan uylarda,
Sichqonlar hassaga suyanib turar.
Erkak pul sarflashga ustasi farang,
Chorlar sinfdoshlar, bir kun jo'ralar.
Bir kuni kasbdoshlar, do'stlar, ulfatlar,
To'planar kursdoshlar ,mardlar, to'ralar.

Ayol-chi? Ayol bir so'm topsa tugar o'n joydan,
Borini oshirar eplar, uch-uchlar.
Eri tashlab ketgan yirtiq pulni ham,
Ko'ziga surtadi, yamar, sukochlar.
Ayolga pul bering, so'raganida,

Ayolga pul bering, bo'lmasdan baxil,
Ayolga pul bersangiz uch-to'rt kun o'tmay,
Sizga Xudo berar, mana men kafil.

Zulfiya Mӯminova.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!