Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza ​ Ayol kishi farzand dunyoga keltirishdan boshqa y | PSIXOLOGIYA

#Mulohaza

Ayol kishi farzand dunyoga keltirishdan boshqa yana nima qila oladi?

1. Farovonlik uchun magnit boʻling

Tashqi ko'rinish, aql, yosh, ijtimoiy mavqe, xarakter xususiyatlari - bularning barchasi, aslida ayol uchun ikkinchi darajali hisoblanadi.

Haqiqiy ayol birinchi navbatda erkakni ichki holati bilan o'ziga tortadi.

Erkakni o'ziga tortadigan holat - bu ayolning o'zidan va hayotidan zavqlanishi.

O'zingizdan zavqlanish oson san'at emas, lekin uni o'zlashtirgan ayol kuchli magnitga aylanadi.

Doimiy zavqlanadigan ayol o'z hayotiga tegishli voqealarni, odamlarni, sharoitlarni jalb qila oladi.

Doimiy shikoyat qiladigan va azob chekadigan ayol qayg'uli voqealarni, odamlarni va vaziyatlarni hayotiga tortib oladi.

2. Erkak kishi moddiyatga javobgar.

Erkak ayolni o'zini emas, balki uning ichki holatini sevadi.

Haqiqiy Ayol erkakga mexr-muhabbat berish uchun o'zida ayollikni rivojlantiradi. Haqiqiy Ayol erkakka aql, go'zallik, tana, muvaffaqiyat emas, balki ichki xotirjamlikni beradi.

"Uning yonida o'zimni tarixdagi eng yaxshi odamdek his qilaman" - Haqiqiy ayolni yonidagi erkak ushbu gaplarni ayta oladi.

3. Dunyoga sevgi taratuvchi ayol hisoblanadi.

Ayolning sevgi uchun saxiyligi unga javob tarzida muhabbatni tortadi. Agar ayol sevilmoqchi bo'lsa, u bilan aloqada bo'lgan hamma narsani sevgi bilan to'ldirishni o'rganishi lozim. Sevgini bering, zavqlaning. Sevgi nafas olish va nafas chiqarishingizda namoyon bo'lishi kerak.

Sevgi bizning dunyomizga haqiqiy ayollar orqali kiradi. Baxtli bolalar, go'zal ijodiy narsalar, serobgar erkaklar haqiqiy ayollar orqali shakllanadi.

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!